Sankt-Peterburgda terrorchilarni moliyalashtirgan migrant ushlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest
Sotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquq-tartibot idoralari 24 yoshli Tojikiston fuqarosini terrorchilarga pul o‘tkazishda gumon qilib qo‘lga oldi.

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Sankt-Peterburgda Markaziy osiyolik migrant terrorchilik tashkilotini moliyalashtirishda gumon qilinib, hibsga olindi.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik Tojikiston xabar berdi.

Erkak ijaraga olingan kvartirasida ushlangan. U yerda yana uchta vatandoshi bilan istiqomat qilgan. Hibsga olish FSB va politsiya tomonidan Rossiya Gvardiyasining maxsus kuchlari yordamida amalga oshirildi.

Sotrudniki spespodrazdeleniya MVD Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda terrorchilik tashkiloti yollovchisi qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari 24 yoshli Tojikiston fuqarosini terrorchilarga pul o‘tkazishda gumon qilib qo‘lga oldi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda yigit “Jibhat-an-Nusra”* xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosi bo‘lgan akasining hisobiga 22 ming rubl o‘tkazgan. Terrorchi qidiruvda.

O‘tkazilgan pullar Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotining ehtiyojlariga sarflandi.

Tintuv paytida ushlangan shaxsdan ikkita uyali telefon va bitta odamga rasmiylashtirilgan uchta Rossiya banklarining yettita kartalari musodara qilindi.

* - Rossiya va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0