Toliblar "dunyo tomida": chegara oldi Darvozda nimalar bo‘lyapti

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishIslamskaya Respublika Afganistan
Islamskaya Respublika Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara yana notinch: toliblar Nusay tumanida mustahkam o‘rnashishga harakat qilmoqda, ularga politsiya kuchlari qarshi chiqmoqda va otishma ovozlari Tojikiston Darvozigacha yetib bormoqda.

TOShKENT, 11-mart - Sputnik, Faxriddin Xolbek. Rossiya va Tojikistonda taqiqlangan "Tolibon" harakati jangarilari Afg‘oniston shimoli-sharqida, Badaxshon provinsiyasi Nusay tumanida - Tojikiston Darvozining ro‘parasida kuchaymoqdalar.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Nega Afg‘oniston AQSh uchun qopqonga aylandi?

Bir guruh jangarilar Nusay tumanidagi Nusay qishlog‘idan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan Xugaz qishlog‘ida pozitsiyalarni egallab olishgan. Chegara oldi hududida yuzga yaqin toliblarlar yig‘ilgan. Ularga 250 nafar mahalliy politsiya xodimlari va Afg‘oniston Mudofaa vazirligining yordamchi kuchlari qarshilik ko‘rsatmoqda.

Shimoli-sharqiy zonada joylashgan Afg‘oniston Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari, "Pomir" 217-armiya korpusi matbuot kotibi Xadi Jamol Sputnik Tojikistonga xabar berishicha, hozirda Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari va askarlari Nusayga yo‘naltirilgan.

"Toliblar chiqish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda yashirinishmoqda. Yashirinib, g‘oyib bo‘lishmoqda. Jangovar samolyotlar ularni topa olmayapti. Mahalliy aholi qasos olinishidan qo‘rqib, ularni qayerdaligini aytmayapti. Hukumat kuchlari ham alohida sabablarga ko‘ra hujum qilishdan chekinishmoqda. Agar buyruq bo‘lsa, biz ularni har qanaqasiga yo‘q qilamiz", deb izoh beradi.

Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Tolibon 90-yillardagi Birlashgan tojik muholifati (OTO) "merosi" qoldiqlari bilan qurollangan.

"Ularning aksariyati tuman tashqarisidagi lagerlarda mashg‘ulot o‘tashgan va hozirda xalq uchun bosh og‘riqqa aylandi. So‘nggi kunlarda bizda faqat urush va o‘q otishlar ro‘y berapti", - deydi Sputnik Tojikistonga Nusay tuman ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Abdug‘affar Gardish.

Oltinchi martdan yettinchiga o‘tar kechasi to‘qnashuvlar natijasida kalashnikov o‘qlari maktab binosi hamda Ro‘zvoy va Zinarog qishloqlari aholisi uylariga tegdi. Jabrlanganlar bo‘lmadi.

Premyer-ministr Afganistana Abdulla Abdulla - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi

Ruzvay shahrida istiqomat qiluvchi sobiq jurnalist Haydarshoh Nasibovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 3-4 oy ichida daroning narigi tomonida toliblar va hukumat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kuchaydi. Ba’zida o‘qlar Tojikiston hududiga ham o‘tadi.

"O‘ylashimcha, ular bizni qasddan o‘qqa tutmayapti. Ammo o‘q ovozlari odamlarni qo‘rqitmoqda. Qanday bo‘lmasin, daydi o‘q bizga tegishi haqida tashvishdamiz", -  deydi u.

Gardish uning so‘zlariga qo‘shiladi: "Ular tajribasiz jangchilar. Ular shunchaki otishsa bo‘ldi. Ular professional emas, shuning uchun o‘qlari Tojikiston tomon uchadi. Ularning maqsadi Nusay tumani markazini egallashdir, Xudo saqlasin, ular hech narsaga erisha olmaydi", - dedi ma’muriyat o‘rinbosari.

Tolibon paydo bo‘lishi tarixi

"Tolibon" Afg‘onistonni 1996-yildan 2001-yilgacha "boshqargan", ammo Nusayda va Badaxshon bo‘ylab ko‘rinmagan. Badaxshon provinsiyasi Panjshir, Parvan va Taxar provinsiyalarining bir qismi bilan "Tolibon" va "Al-Qoida" boshchiligidagi terroristik tashkilotlar uyushmalariga qarshilik ko‘rsatish bazasi hisoblangan. Ammo AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Qobul hukumati kelgach "Tolibon" va uning xalqaro sheriklari, masalan, "Al-Qoida", "Turkiston Islom Harakati", "O‘zbekiston Islomiy Harakati", "Jamaat Ansarulla" yacheykalari va Yaqin Sharqda "IShID" paydo bo‘lgach, ushbu terroristik tashkilotga tegishli guruh ham Badaxshonda o‘ziga uya qurgan.

Otrad boyevikov IGIL - Sputnik O‘zbekiston
"ID" va "Al-Qoida" birlashishi mumkin, deb ogolantirmoqda ShHT

"Badaxshon qirg‘ini" degan nom ostida shov-shuv bo‘lgan va ushbu hududda birinchi marta toliblar paydo bo‘lganidan dalolat bergan ilk hodisa 2010-yilning 6-avgustida Karon va Munjon tumanlarida sodir bo‘lgan - unda Xalqaro ko‘mak missiyasining o‘n nafar shifokori o‘ldirilgan edi.

Xuddi shu yili toliblar Badaxshonda Qori Faxruddin ismli o‘zlarining soyadagi gubernatorini tayinlanganliklarini e’lon qildilar, ammo u 2014-yilda o‘ldirildi va o‘rniga Varduj tumanida tug‘ilgan Qori Fasexuddin tayinlandi. 2018-yilga kelib toliblar asosan butun Badaxshon bo‘ylab tarqaldilar, ammo ular Darvozda yo‘q edi (hozirgi Afg‘oniston-Tojikiston chegarasida joylashgan Badaxshonning beshta tumani tarixiy nomi - tahr.).

Versiyalarning biriga ko‘ra, Nusay toliblarining aksariyati o‘sha hududda tug‘ilgan va ilgari bir guruhning majohidlari bo‘lgan, ammo hokimiyatdan va daromadlar taqsimlanishidan chetlatilgach toqqa ketishgan.

RF prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin "Al-Qoida", Gorbachov va Rossiyani o‘z vassaliga aylantirishga urinayotgan AQSh haqida

Ular 80-yillarda Darvozdagi jangarilarni boshqargan Gulbiddin Hikmatorning vakili Eshan Burhonuddin guruhidagi mujohidlar bo‘lgan. Ashraf G‘anining birinchi prezidentligi davrida ularning davlat xizmatidagi qarindoshlari ishdan bo‘shatildi. Jihoddan keyin ularning qo‘lida qolgan qurol va o‘q-dorilar tortib olindi. Aynan shu holat nima qilarini bilmay yurgan jangarilarni qo‘liga qurol olishga va hukumat qo‘shinlari bilan to‘qnashuvlarga borishga majbur qildi.

2015 yildagi voqea - hukumatning Xugaz qishlog‘idagi Sandak yerlarini Nusay aholisiga bo‘lib berish qarori - ularning sabr kosasini to‘ldirdi. Mahalliy aholi qurol bilan norozilik bildirdi. Voqea Badaxshondagi "Tolibon" harakatining nominal gubernatori Qori Fasexuddin viloyat ustidan qo‘mondonlikni olib, tashkilotni kuchaytirganda yuz bergan edi.

2018 yilda "Tolibon"ning kichik bir guruhi Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida harbiy operatsiyalarni boshladi. Mahalliy oqsoqollar ulardan shashtidan qaytishlarini so‘radi, chunki ayni paytda ular Tojikistonga tobe ekanligini va agar qo‘shni ko‘prikni yopadigan bo‘lsa, izolyatsiyada qolishlarini tushuntirishdi. Ajablanarlisi, jangarilar haqiqatan ko‘prikka tegmadilar.

Ucheniya ShOS Mirnaya missiya - Sputnik O‘zbekiston
“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

Gap 2004-yilning 6-iyulida prezident Emomali Rahmon va shahzoda Aga Xon IV tomonidan ochilgan Ruzvay-Nusay o‘tish joyi haqida bormoqda. Ushbu ko‘prik orqali Afg‘onistonga tovarlar yetkazib beriladi, birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar, mahalliy bozorda esa har hafta o‘ta qizg‘in kechadigan chegara oldi savdosi o‘tkaziladi. Ammo, Nasibovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda to‘qnashuvlar boshlanganda ko‘prik va bozor yopilgan.

Bu toliblarning Nusayga qaytganligi birinchi natijasi edi. 2019-yilda ular bir necha kishini, shu jumladan, Zaydulla ismli halq jangchilari qo‘mondonini o‘ldirdilar va tuman markazida hujum boshladi. Ular qatoriga yillar davomida hujumni kutgan norozi odamlar ham qo‘shilishdi.

Abdug‘affor Gardishning so‘zlariga ko‘ra, dastlab guruhda avtomatlardan boshqa qurol bo‘lmagan, lekin hozir ular minomotlar, DShK avtomatlari va granatomotlar bilan qurollangan.

"Maxsus xizmatlarimizning ma’lumotlariga ko‘ra, qurollarning aksariyati sobiq majohidlardan qolgan. Ular Nusayning Xurkad qishlog‘ida (Tojikiston fuqarolik urushi paytida qolgan) yashirin joylarda saqlangan. Toliblar bu yashirin joylarni topib qurollarini olib ketishgan", - deydi tuman ma’muriyati o‘rinbosari.

Afg‘onistonning Badaxshonidagi manzarani kuch tuzilmalari boshqacha tasvirlaydi. Ularning fikricha, Nusay toliblari Tolibonning asosiy yetakchilaridan biri Juma Tolbon bilan birlashgan Qori Fasehuddinga bo‘ysunadi.

Tolibon shu tariqa dunyoning eng baland nuqtalari - Hindiqush, Qorakorum, Kunlun va Tan-Shan tutashgan "dunyo tomi" bo‘ylab tarqalmoqda.

Yangiliklar lentasi
0