Harbiy amaliyotlar, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi uzoq yillar davom etgan davlat qurilishi tajribalari ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarga olib kelmadi: ma’muriy markazlar va harbiy bazalarga qarshi terrorchilik hujumlari davom etmoqda. "Tolibon" va boshqa terroristik guruhlar mamlakat hududi va aholisining katta qismini nazorat qiladi. AQSh o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga intilmoqda, ammo bu oson emas. Afg‘onistondagi mojaro butun Markaziy Osiyo mintaqasini beqarorlashtirishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp 25-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Vashington toliblar bilan bitim tuzilgandan so‘ng darhol AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqishni rejalashtirayotganini (29 fevralga rejalashtirilgan) aytdi. Qisqartirishning birinchi bosqichida Afg‘oniston Islom Respublikasida 8,600 ga yaqin AQSh harbiylari qoladi. Keyingi yechimlar - vaziyatga qarab.
Afg‘onistonda o‘nlab yillar davom etgan urushning ohirini umuman oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi. Uning davom etishi AQSh budjeti uchun og‘ir yukdir. Prezident Tramp o‘z askarlari hayotini, pullarini va mamlakatining yuzini saqlab qolishga harakat qilmoqda: "Bu mintaqa muammolarning inkubatori ... Agar men millionlab odamlarni o‘ldirmoqchi istagida bo‘lganimda, biz osonlikcha g‘alaba qozonishimiz mumkin bo‘lar edi, ammo men millionlab begunoh odamlarni o‘ldirishni xohlamayman."
Amerikaliklar va toliblar o‘rtasida yetti kunlik "zo‘ravonlikni qisqartirish" to‘g‘risidagi kelishuv 22-fevralda kuchga kirdi, ammo yaxshi niyatlar ko‘pincha haqiqatdan uzoqlashadi. Aybsiz afg‘onlar hamon o‘lmoqda, bundan terroristik harakatlar va qurbonlar haqida muntazam xabarlar dalolat bermoqda: Gilmend viloyatida uch ayol yo‘l bo‘yidagi minada portillab ketdi, toliblar Samangan shimoliy provinsiyasining Dara-i-Suf tumanining hokimini o‘g‘irlashgan, yetti kunlik "zo‘ravonlikni qisqartirish"ning beshinchi kunida Kobulda bosh prokuratura idorasi yaqinida kuchli portlash yuz berdi.
Bir qator ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida AQSh harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonda "Tolibon"ning* 20 jangchisini yo‘q qilgan, ammo ular bilan (beixtiyor) - 36 xavfsizlik kuchlari hodimi va 32 tinch fuqaro haloq bo‘lgan. Avvalroq, AQShning hujum aviatsiyasi Afg‘onistondagi faolligini ikki baravar oshirgan. 2019-yilda AQSh samolyotlari tomonidan 7423 o‘q-dori tushirilgan - bu so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta son.
Harbiy siyosiy qozon
BMT missiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Afg‘onistonda amalga oshirilgan harbiy harakatlar natijasida 10 mingdan ortiq odam, jumladan 3400 nafardan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan. Ayollar va bolalar orasida qurbonlar soni ko‘paydi. BMT missiyasi Afg‘onistonda tinch aholi o‘limining 8 foizi uchun xorijiy qo‘shinlar javobgar deb hisoblaydi. Tinchlik va xavfsizlikka g‘alati yo‘l.
Qaysidir ma’noda Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi "bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlari" uchun javobgarlikni koalitsiya ittifoqchilariga o‘tkazishi mumkin. Bu yerda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Germaniya muhim kuchlarga ega. Afg‘onistonda hatto Gruziyaning ham 870 harbiy hizmatchisi joylashtirilgan. AQSh boshchiligidagi Xalqaro xavfsizlikka yordam kuchlari (ISAF) olti asosiy bazada - Kobul, Bagram, Mozori-Sharif, Hirot, Qandahor va Lagmanda joylashgan. ISAF mutaxassislari asosan afg‘on hamkasblarini o‘qitadilar va ularga maslahat beradilar, ba’zan esa aksilterror operatsiyalarida qatnashadilar. Shunga qaramay, rasmiy Kobul va Tolibon o‘rtasidagi "shartiy nizo" faqat amerikaliklar tomonidan "hal qilinishiga" to‘g‘ri kelyapti.
Tolibon bilan muhim bitim imzolanishi arafasida Vashington amaldagi Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani va Bosh vazir Abdulla Abdulladan ilgari va’da qilingan inauguratsiyalarni (ikkalasi ham o‘zlarini yaqinda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining g‘oliblari deb hisoblaydi) toliblar bilan muzokaralarni buzmaslik uchun o‘tkazmaslikni so‘radi. Ushbu harakatlar Amerika tinchlik o‘rnatish sxemasining o‘ta zaifligidan dalolat beradi.
Garchi Vashington, Kobul va Tolibon* faqat bir tomonlama manfaat topishga va vaqtdan yutishga harakat qilar ekan, 29-fevraldagi muzokaralarning salbiy natijasini taxmin qilishi qiyin emas.
Tolibon mafkurasini (o‘rta asr zo‘ravonligi) demokratik meyorlarga kiritish (hokimiyatni ajratish to‘g‘risida kelishuv) deyarli imkonsizdir. Bundan tashqari, AQSh-Tolibon kelishuvi umumiy manzaraning bir qismidir. Afg‘onistonda yana 30 ga yaqin terroristik guruhlar, jumladan, IShID * faollashayotgan qismlari. Agar Tolibon mo‘’jizaviy ravishda parlamentga kirsa, boshqa qurolli guruhlar "maydonda" o‘z o‘rnini egallaydi, bunda ISAF kuchsizdir.
Qo‘shni davlatlarga tahdid
Amerika koalitsiyasi Afg‘onistondagi urushni rasman 2014-yilda tugatdi, va u yerda 2015-yil 1-yanvardan beri NATOning noharbiy missiyasi faoliyat yuritmoqda. AQSh armiyasi va rasmiy Kobul 2018-yil ostonasida qonuniy hukumat nazorati ostida yashaydigan aholining nisbati 2020-yilga kelib 80% gacha ko‘tarilishini va’da qilishgan edi.
Haqiqat boshqacha ko‘rinishda. "Tolibon" baland ovozda bayonot bermasa-da, yildan-yilga mamlakatda nazorat hududlarini kengaytirmoqda, joylarda o‘ziga xos ma’muriyat analoglarini yaratmoqda, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solmoqda, soliq va sud funksiyalarini amalga oshirmoqda. Eng muhimi, u mamlakatning 37 millionlik aholisining yarmidan ko‘pini (taxminiy baho) nazorat qilmoqda.
Pentagon va uning ittifoqchilarining 19-yillik operatsion faolligi davomida e’lon qilingan strategik maqsadlarning hech biriga erishilmadi. AQShning mintaqada davomiy qolishiligining natijasi xavfsizlikni yanada buzilishi bo‘ldi. Bugungi kunda Afg‘onistonda yangi urushlar avjiga chiqmoqda va bu O‘rta Osiyodagi qo‘shni davlatlar - O‘zbekiston va Tojikiston uchun tinchlikni va’da qilmaydi. Afg‘oniston Islom Respublikasining chegaradosh shimoliy hududlarida muntazam ravishda terroristlarning milliy armiya va politsiya kuchlari bilan to‘qnashuvlari bo‘lib turipti.
Vashington Amerika qo‘shinlari olib chiqilishidan oldin allaqachon Kobulga harbiy yordamni qisqartirishni boshladi. AQSh Mudofaa vazirligi yanvar oyida Afg‘oniston havo kuchlariga ko‘p maqsadli UH-60 Black Hawk vertolotlari va yengil (aksil-isonchi) AC-208 hujum samolyotlari sonini uch baravarga kamaytirishga qaror qildi. Natijada, Kobul 159ta vertolot o‘rniga 53ta va 32ta samolyot o‘rniga 10ta oladi, farq juda katta.
Afg‘onistonning barcha xavfsizlik kuchlari - milliy armiya va milliy politsiyaning 352 ming hodimi AQSh budjetidan ta’minlanadi, ASFF jamg‘armasi 4,8 milliard dollarga teng. Vashington respublika qo‘shinlarini ta’minlash, infratuzilma, harbiy texnika va o‘qitish xarajatlarini moliyalashtiradi. Agar amerikaliklar o‘zlarining moliyaviy yordamlarini susaytirsalar, o‘zlari qurgan demokratik davlat, afg‘on armiyasi va politsiyasi o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Xalqaro terrorchi guruhlarning ikkinchi nafasi ochiladi.
* Tolibon, IShID - Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.