TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejissor Oliver Stounga bergan intervyusi Showtime telekanali orqali namoyish etilgan, deb xabar qiladi RIA Novosti.
Intervyu davomida Putin Rossiya tashqi siyosati, AQSh bilan o‘zaro munosabatlar va Mixail Gorbachov tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar xususida to‘xtalib o‘tgan.
Quyida Rossiya prezidenti intervyusidan iqtiboslar keltirib o‘tamiz.
Amerikaning Rossiyaga nisbatan strategiyasi haqida
Putin Oliver Stounga Amerikaning Rossiyaga nisbatan strategiyasi haqida pensiyaga chiqqach batafsil so‘zlab berishga va’da qilgan.
Rossiya prezidenti shuningdek, AQSh Rossiya iqtisodiyotini yo‘q qilib, mamlakat rahbarini almashtirishni va oxir-oqibat uning yadro arsenaliga egalik qilishni xohlayotganini qo‘shimcha qilgan.
"Siyosatning bunday varianti, bunday o‘ylashlar bor gap. Agar shunday bo‘lsa, mening fikrimcha bu xato yurgizilayotgan siyosat, negaki, Rossiya bilan munosabatlarda bunday yondashuv kelajakni o‘ylamay qilingan ish hisoblanadi. 25-50 yil oldinga nazar tashlamagan odamlar mana shunday siyosat yurgizishlari mumkin. Aks holda ular Rossiya bilan munosabatlarni tamomila boshqacha yo‘nalishda qurardilar va Rossiyani o‘zining vassaliga aylantirishga harakat qilmasdilar", — deb ta’kidlagan Putin.
Gorbachovning xatosi
SK KPSS Bosh kotibi Mixail Gorbachev va uning atrofidagilar SSSR o‘zgarishlarga muhtojligini tushunardilar, ammo shu bilan birga bu o‘zgarishlar qanday bo‘lishi kerak va ularni qanday amalga oshirish mumkinligini bilmasdilar, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Ammo men bugun ishonch bilan aytishim mumkin-ki, ular qanday o‘zgarishlar kerakligi va ularni qanday amalga oshirish mumkinligini tushunmasdilar. Gorbachovning xizmati shundan iboratki, u o‘zgarishlar zarurligini his qilgan, bu bor gap, va tizimning o‘zini o‘zgartirishga harakat qilgan, muammo esa shundan iborat edi-ki, o‘sha tizimning o‘zi yaroqsiz edi", — deb aytgan intervyu davomida Putin.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartirish uchun nima qilish lozimligini hech kim bilmagani uchun o‘sha vaqtdagi yetakchilar "mamlakatni tarqalib ketish" holatiga olib kelishgan.
Putin nima uchun SSSR tarqalib ketishini 20-asrning eng yirik fojiasi, deb bilishiga izoh berdi
Rejissor Oliver Stounga bergan intervyusida Putin SSSR tarqalib ketishini nima sababdan 20-asrning eng yirik fojiasi deb hisoblashiga izoh berdi.
"Sobiq Ittifoq tarqalib ketishi yuzasidan afsusdaligim tufayli menga ko‘pincha tanqid toshlarini otishadi. Birinchidan, va eng asosiysi shuki, sobiq Ittifoq tarqalgach bir oqshom ichida 25 million nafar ruslar chet davlatda bo‘lib qolishgan va bu haqiqatan ham 20-asrning eng yirik fojialaridan biridir", — degan Putin.
"Shu bilan birga ijtimoiy muhofaza tizimimiz to‘laligicha barbod qilingan, iqtisodiyotning butun boshli sohalari to‘xtab qolgan, sog‘liqni saqlash tizimi deyarli yo‘q qilingan, armiya ham achinarli ahvolga kelib qolgan va millionlab odamlar qashshoqlik darajasiga kelib qolishgandi. Buni ham unutmaslik lozim", — deb qo‘shimcha qilgan Putin.
Al-Qoida — Vashington faoliyati mahsuli
Rossiya rahbari Stounga bergan intervyusida "Al-Qoida" — Vashington faoliyati mahsuli ekanligini aytdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tgach, terroristlar Vashington izmidan chiqishni boshlagan.
"Hamisha shunday bo‘ladi. Va AQShdagi bizning hamkorlarimiz bu haqda bilishlari lozim. Bu ularning xatosi", — deb ta’kidlagan Rossiya prezidenti.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.