TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Afg‘onistonda Kobul g‘arbida o‘tkazilayotgan tadbirda mamlakat bosh vaziri Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.
Voqea joyida bo‘lgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, hujum Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla bo‘lgan joyda amalga oshirildi. Abdulla Abdulla jabrlanmagan. Afg‘oniston bosh vaziri va bir qancha yuqori lavozimli shaxslar soqchilar tomonidan noma’lum tomonga olib ketildi.
Tadbir Kobul g‘arb qismida Dashti Bari hududida o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Tadbirda Abdullohning yana bir sherigi, bosh vazir o‘rinbosari Muhammad Muhakkik, shuningdek Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xomid Karzay, Salohuddin Rabboniy, Islomiy jamiyat partiyasining rahbari va general Abdurashid Do‘stumning o‘g‘li Batur Do‘stum bo‘lgan.
Oliy Kengashi rahbari Muhammad Karim Xalilining nutqi vaqtida otishma boshlandi.
“Hujumdan so‘ng tadbir yopildi”, - deb ma’lumot berdi manba.
Ta’kidlanishicha, ayni damda Kabulda otishma bo‘lmoqda. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Hujum amalga oshirilgan hudud politsiya va harbiylar tomonidan o‘rab olingan.