Biz o‘tgan yil davomida kuzatib kelgan iqlim kun tartibining avj oldirilishi, energiyani dekarbonizatsiya qilish va energiya almashinuvi deb ataladigan munozarani bashorat qiladigan darajada mashhur qildi, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Aleksandr Sobko.
O‘z navbatida, zanjir bo‘ylab ushbu jihatlar muhokama qilinadigan yana bir mavzuni aktuallashtirdi: "neft" kompaniyalarini quyi uglerodli energiya manbalari sohasiga qanday transformatsiya bo‘lishi, Hatto optimistik taxminlar ham "neft cho‘qqisi" o‘n-o‘n besh yil ichida keladi, shundan keyin talab asta-sekin pasaya boshlashini nazarda tutadi.
Ko‘plab neft kompaniyalari uchun bu transformatsiya uchun o‘z sababi bor: ularning har holda ishlab chiqarishda maqbul arzon neft zaxiralari, taqqoslanadigan vaqt oralig‘ida tugaydi. Ammo bunday keng ko‘lamli o‘zgarish juda inert va sekin harakatlanadigan jarayon, shuning uchun nima qilish kerakligini xozirdan o‘ylash kerak.
Ammo shu bilan birga kuyidagini tushunish kerak: neft sanoatining bir qismi ushbu yo‘nalishda muayan qadamlar qo‘yganiga qaramay, hozirgi vaqtda yashil energiyaga (keng ma’noda: bu "shamol tegirmonlari" va quyosh panellari, va shuningdek, energiya saqlash va boshqa texnologiyalar) investitsiyalar neft va gaz investitsiyalar umumiy ulushining atigi bir necha foizini tashkil qiladi, ularning asosiy qismi hanuzgacha neft va gazdir.
Shu bilan birga, Greta Tunberg taklif qilgani kabi, qazilma yoqilg‘iga investitsiyalardan birdaniga voz kechish xozir mumkin emas. Agar bunday voz kechishlik ro‘y bersa, biz juda tez, deyarli bir zumda yangi neft taqchilligiga duch kelamiz: mavjud quduqlardan qazib olish, hatto an’anaviy konlarda ham, slanesni hisobga olmaganda juda tez pasaymoqda.
Shu sababli, yagona savol shundaki, kelajakda kompaniyalar yashil energiyaga qanchalik tez o‘tishadi, "yashil" ga har yilgi kapital xarajatlarning uch foizi miqdorida qoladimi (bu 15 ta yirik neft va gaz kompaniyalari uchun yaqinda o‘tkazilgan "Energy Transition: Evolution or Revolution" so‘rovnomasida keltirilgan taxminlar), yoki har yili bu yerda doimiy muntazam o‘sishni ko‘ramizmi.
Shuni ta’kidlash kerakki, uch foiz - bu shifoxonadagi o‘rtacha harorat, bu juda o‘rtacha tasvirni ko‘rsatadi: turli kompaniyalarning strategiyalarni tubdan farq qiladi. ExxonMobil va Chevron kabi Amerika neft transmilliy korporatsiyalari hozircha asosan neft va gaz sohasida (qayta tiklanadigan energiya manbalariga investitsiyalari - bir yoki ikki foiz darajasida) qolmoqda, Yevropa kompaniyalari (Shell, BP, Total) tobora ko‘proq qayta tiklanadigan energiya sohasiga kirib bormoqda (investitsiyalarning umumiy hajmidan besh foizdan o‘n besh foizigacha) va bundan tashqari, gaz bozorida o‘z ulushini faol ravishda kengaytirmoqda.
Shunga qaramay, ExxonMobil va Chevronning bozor o‘zgarishiga tayyorlanish bo‘yicha o‘z strategiyalari mavjud. Bu haqda oldinroq yozgan edik: ikkala kompaniya, ayniqsa ExxonMobil, butun dunyo bo‘ylab neft aktivlarini ommaviy sotishni uyushtirdi. Ammo bu fonda, ular milliy bozorga e’tibor qaratmoqdalar, tushum pullarini AQShda slanes nefti qazishiga sarflamoqdalar. Slanes nefti an’anaviy ishlab chiqarishga qaraganda raqobatdoshroq ko‘rinishigagina emas. Endi "an’anaviy" neft, qoida bo‘yicha, allaqachon ancha qimmat bo‘lgan dengiz nefti, shuning uchun bu yerda kimning narxi pastroq degan savol ochiq qolmoqda. Umuman olganda, kompaniyalar uchun "slanes" sarmoyaviy sikli (ikki-uch yil) bir necha baravar qisqaroq bo‘lishi muhimroqdir, shuning uchun o‘zlarining ishlab chiqarish portfelida bunday "moslashuvchan" sektorni yaratish kelajakda neft bozorida narxlar va talablarning o‘zgarishiga osonroq javob berishga yordam beradi..
Ammo, umuman olganda, takrorlaymizki, Amerika kompaniyalari hali ham asosan neft va gazga yo‘naltirilgan, chunki bu AQShda qazib olinadigan yoqilg‘idan faol foydalanish tendensiyasiga mos keladi. Yevropaga esa, aksincha, qayta tiklanadigan energetikaga allaqachon kirib borgan va ushbu tendensiyalarga muvofiq Yevropa kompaniyalari yashil energiyaga faol ravishda sarmoyalar kiritmoqdalar.
Shu bilan birga, Yevropa kompaniyalari bir necha yillardan beri gaz sohasiga (asosan suyultirilgan tabiiy gaz) alohida qiziqish bildirishmoqda. Shell allaqachon dunyodagi suyultirilgan tabiiy gazning eng katta savdogariga aylandi, Total ham hajm bo‘yicha unga yetib borapti.
Bozorning ushbu ishtirokchilari tabiiy gazni quyi uglerodli energiyaga olib boradigan uzoq yo‘lda "o‘tish davri" yoqilg‘isi sifatida ko‘rishlari aniq. Biroq, Total o‘zining energiya tuzilmasining 50 foizi gazga to‘g‘ri keladi, bundan tashqari, kompaniya butun dunyo bo‘ylab suyultirilgan tabii gazloyihalariga jadal ravishda investitsiya qilmoqda va sotib olmoqda. Va, albatta, yashil energetika barcha holatlarda kompaniyalarni qiziqtiradi, bu shunchaki "shamol" va "quyosh" kabi emas. Masalan, yaqinda xuddi shu Total Peugeot kompaniyasi bilan avtomobillar uchun batareyalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirayotganini e’lon qildi, investitsiyalar hajmi besh milliard dollardan oshadi. Shunga qaramay, o‘tish davrining shiddatli dasturiga qaramay, yangi energetika sohasidagi eng faol neft va gaz kompaniyalaridan biri bo‘lgan Total 2040-yilga kelib daromadning atigi 15-20 foizini berishi mumkin.
Va nihoyat, biz asosiy savolni beramiz: qaysi investitsiyalar ko‘proq foyda keltiradi? An’anaga ko‘ra, neft sanoatiga investitsiyalar juda foydali bo‘lib, bu kompaniyalarni ushbu sohada qolishga majbur qiladi. Ammo daromadning yuqori darajasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aks ettiradi, deb aytish yanada to‘g‘ri bo‘ladi. Shu sababli, investitsion qarorlar, masalan, 60 dollarga teng neft narxida bo‘lgan yuqori (ikki xonali) daromad stavkasi bilan qabul qilinadi. Bu narxlarning pasayishidan sug‘urta: agar kotirovkalar o‘rtacha pasaysa ham, kompaniyalar foyda bilan qoladilar, investitsiyalar daromadliligi esa kamayadi.
Ammo narxlar (OPEK + kelishuvlari tufayli) yuqori bo‘lganligi sababli, neft tarmog‘i yangi energiya manbalariga sarmoyalarni o‘z ichiga olgan holda yaxshi daromad olinishiga imkon beradi. Aksincha: qayta tiklanadigan energiya manbalariga investitsiyalar ko‘pincha past rentabellikga ega bo‘ladi, chunki ular kam riskli hisoblanadi, chunki kelajakda bu sog‘a faqat rivojlanib boradi va talab kamayganda aktivlarning qadrsizlanishi xavfi minimallashadi.
Ammo kelajak noma’lum. Konsensus shundan iboratki, yana besh yildan (eng pessimistik prognoz) 20-yilgacha (eng optimistik) neftga talab o‘sadi. Biroq, neft narxining o‘zi talab va taklif muvozanati bilan belgilanadi, bunda talabda ham, slanes ishlab chiqarishda ham, OPEK + kelishuvida ham noaniqliklar saqlanib qoladi. O‘rta muddatdagi muvozanat qanday nuqtada bo‘ladi? Xo‘sh, hali ham neftga sarmoya kiritganlar haq bo‘lib chiqsa-chi?
Xulosa tariqasida. Birinchidan, bu juda sekin jarayon haqida gap ketmoqda, va hatto yangi energiyaga faol investitsiya qiladigan neft kompaniyalari ham ushbu o‘tish davri uchun kapital xarajatlarining o‘n foizidan kamini ajratishga tayyor. Neftga yangi sarmoyalarni bir zumda rad etish darhol tanqislikka olib keladi.
Ikkinchidan, turli kompaniyalar neft asrining botishiga turlicha tayyorlanmoqda. Va ko‘plab omillar mavjud: kompaniyalar rahbarlari ham kelajakka nisbatan turlicha qarashlari, turli mamlakatlarda jamoatchilik fikrining bosimi va, albatta, zaxiralar tarkibi.
Bularning barchasi Rossiya uchun nimani anglatadi? Bizning neft va gaz kompaniyalarimiz hali ham daromadlarning bir qismini yangi energiya sektoriga yoki energetika sohasidan tashqaridagi sektorlarga investitsiya qilish bilan minimal tarzda shug‘ullanmoqdalar (bunday variant ham bo‘lishi mumkin), garchi bu yo‘nalishlarda oz bo‘lsa-da harakatlar bor. Foydani faqat neft sanoatiga qayta investitsiyalashga og‘ish mamlakatimizda nisbatan yaxshi resurs bazasi va mahsulot tannarxiga tobora moslashayotgan soliq tizimiga ega ekanligi bilan bog‘liq. Ammo bizda neft narxlarini maqbul darajada ushlab turish uchun neft zaxiralari ham aynan yigirma yillarga yetadi.
Shu bilan birga, davlatning o‘zi va kompaniyalar uchun xulosalar har hil. Davlat va budjet nuqtayi nazaridan, bu o‘n yildan o‘n besh yilgacha (yoki undan ham erta) biz neft daromadlariga bog‘liqligimizni minimallashtirishimiz kerakligini anglatadi. Kompaniyalarning vazifalari mutlaqo boshqacha: ular o‘zlarining neft biznesini boshqa yo‘nalishlarda diversifikatsiya qilish uchun ulgishlari kerak. Qanday bo‘lmasin, shoshilib shoshqaloq qarorlar qabul qilishning mutlaqo keragi yo‘q, ammo bu muhokamani hoziroq, mamlakatimizda ham boshlash kerak.