Saudiya Arabistoni va Rossiya neft ekspertlarini qattiq xafa qildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie stanki-kachalki
Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venadagi OPEK + formatidagi “neft ittifoqi” yig‘ilishidan oldin, Rossiyada ahvol yomon va bundan ham battarroq bo‘ladi degan nazariya tarafdorlari bir muncha umidlari bor edi.

Ivan Danilov, Venadagi OPEK + formatidagi “neft ittifoqi” yig‘ilishidan oldin, Rossiyada ahvol yomon va bundan ham battarroq bo‘ladi degan nazariya tarafdorlari bir muncha umidlari bor edi. Bu Fors ko‘rfazidagi mamlakatlardagi ichki siyosiy, geosiyosiy va moliyaviy vaziyatdagi o‘zgarishlar va, birinchi navbatda, Saudiya Arabistonidagi o‘zgarishlar ittifoqning neft bozoriga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsatishini imkonsiz qilishi muqarrarligidir.

OPEK slanes nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

Ushbu umidlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bir necha dalillar va omillarni keltirdilar. Bizning ba’zi g‘arbiy raqiblarimiz buni ochiqchasiga ta’kidlashgan bo‘lsa, ba’zilari xufiyona. Birinchidan, g‘arbiy ommaviy axborot vositalari va ularga ko‘plab tahlilchilar qo‘shilgan holda, Saudiya Arabistonining "Saudi Aramco" davlat neft kompaniyasining aksiyalarini birlamchi ommaviy taklif qilishdan keyin Ar-Riyodda OPEK + alyansidagi hamkasblariga, shu jumladan Rossiyaga ham, xiyonat  qilish uchun jiddiy rag‘batlantiruvchi  omil paydo bo‘lishi mumkin degan tezisni faol ravishda targ‘ib qila boshladilar. Maqsad oddiygina - o‘z neft qazib olish sur’atlarini oshirish, kompaniya aksiyalari qiymatining o‘sishini taxminlash va shuning asnosida uning kapitallashuvini oshirish. 

Ushbu mantiqning oddiy misoli sifatida Bloomberg agentligining "Aramco aksiyalarini birjada joylashtirilishi Saudiya Arabistoni uchun yanada ko‘proq neftni qazib olishga turtki bo‘ladi” sarlavhalik materialdan iqtibosni keltirsa bo‘ladi.

Emblema Severo-atlanticheskogo alyansa - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya nashri Rossiyaning NATOga kirishi muhimligini tushuntirdi

"Jami tushumni va daromadni oshirish – bu Saudiya Arabistoni Qirolligi uchun aksiyalarni har qanday  ikkilamchi sotuvi manfaatdorligini oshirish yo‘lidagi eng maqbul yo‘l. Bu, ehtimol,neft qazib olishni ko‘paytirishni anglatadi. Endi, Saudi Aramco nihoyat birjada savdo qiladigan kompaniyaga aylanib borayotgan paytda, ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida xarakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Demak, davlat neft giganti aksiyasi narxi rahbarlar va aksiyadorlar uchun asosiy omil bo‘lib qoladi. Endi, asosiy e’tibor aksiya narxi va optimallashtirishga qaratilgan paytda, monarxiya kelgusidagi aksiyalar sotuvidan anchagina daromad ko‘rishi mumkin, Aramco da esa istiqbolda o‘z tushumlari va daromadini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning exg yaxshi usuli - neft qazib olishni ko‘paytirish. Bu OPEKning norasmiy yetakchisi, va biz yangi stimullar OPEKga nisbatan istiqbollariga ta’sir qiladi deb kutib qolishimiz mumkin”, - deb xabar berdi Amerika moliyaviy sektorining nashriy vakili.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda qancha neft qolgan va u qachon tugaydi?

Agar vaziyatga beparvolik bilan qarasangiz va amerikalik jurnalistlar xaqida yomon fikrda bo‘lsangiz, ularni toksik stereotiplarda ayblashingiz mumkin. Faqatgina shu xol moliyaviy ko‘rsatkichlarni qisqa muddatli (garchi bu amalga oshmasa ham) yaxshilanishini uzoq  muddatli daromadlardan afzalroq ko‘rayotgan Saudiya rahbariyatini shunchalar mas’uliyatsiz ko‘rsatish  xohshini tushuntirishi mumkin. Ilgari iqtisodiy  jixatdan zararli slanes neftini bozordan yo‘q qilish maqsadida bozorni arzon neft bilan to‘ldirish urinishi amalgan oshirilgan va buning natijalari Ar-riyodga yoqmaganini gapirmasak ham bo‘ladi.

Enda yana bir muhim jihatni hisobga olish kerak. Aramco aksiyalarini London yoki Nyu-York birjalarida joylashtirishga urinishlar bo‘ldi, biroq sanksiyalar xavfi, Saudiya aktivlarini hibsga olinishi xavflari, Amerika qonunchilarining tashabbuslari  (NOPEC deb ataluvchi akt Amerika hukumati erishishi mumkin bo‘lganki, aksiyalarni musodara qilishga imkon beradi) va boshqa siyosiy ziddiyatlar, kompaniya qimmatli qog‘ozlarini Saudiya birjasiga joylashtirilishiga olib keldi. Va joylashtirishda asosan mahalliy fuqarolar va Fors qo‘rfazi va Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlari investitsiya jamg‘armalari ishtirok etdi. Amerka va G‘arb investorlari chekada qolishdi, g‘arb OAVlari esa “yashil tentaklik” va iqlim uchun kurashish to‘lqini asnosida, g‘arb pullari Saudiya kompaniyasiga tushmasligi uchun faol (garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasa ham) ish olib borishgan.  Bu holatda Ar-riyod OPEK + Rossiya neft alyansining kelgusi ishida dushmanlarining mantig‘iga amal qilganda g‘alati bo‘lar edi.

Prezidenti Fransii i SShA Emmanuel Makron i Donald Tramp Tramp v Parije, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
“Miya o‘limi”: Tramp Fransiya yetakchisining NATO haqidagi so‘zlarini tanqid qildi

Ikkinchi umid - OPEK + faoliyatidagi diplomatik xatolar, janjal va ziddiyatlar paydo bo‘lishidan edi. Bu, Saudiya Arabistonida neft va Rossiya bilan muzokaralarga ma’sul vazirni o‘zgarishidir, va Rossiyaning hamkor davlatlaridagi har bir siyosiy o‘zgarish har doim ekspert va jurnalistik doiralarida umid o‘yg‘otadi: va-nihoyat, yangi rahbarlar Rossiya bilan do‘st bo‘lish va hamkorlik qilish  kerak emasligini anglashadi. Amalda esa, buning aksi yuz beradi, va bu “Rossiya o‘layotgan, uning iqtisodi parchalanib ketgan, diplomatik izolyatsiyada qolgan” iddaosiga ishonganlarni hayratga soladi va xafa qiladi.

Nufuzli "Wall Street Journal" moliyaviy nashri Venadagi Rossiya-Saudiya muloqoti qanday o‘tganligi xaqida o‘z manba’lari taassurotlarini keltirdi: "Ertasi kuni shahzoda Abdul-Aziz ibn Salmon OPEKdan tashqari o‘nta mamlakat ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuvni rossiyalik hamkasbi Aleksandr Novak bilan uchrashish uchun to‘xtatdi. OPEK zalidagi manba’ning so‘zlariga ko‘ra, zalda bo‘lgan ikki shaxs (Rossiya tomonidan gaz kondensatlarni) ozod qilish va Rossiya tomonidan mustaqil baholash mobaynida kelib chiqqan tushunmovchiliklarni bartaraf etishni muhokama qilishgan. "Qaytib chiqishganda ular jilmayardilar ", dedi manba.

Saudi Arabia Russia - Sputnik O‘zbekiston
Neft, viza va kosmos: Rossiya va Saudiya Arabistoni 20 tadan ortiq hujjat imzoladi

Muzokaralar natijalarini Rossiya uchun ijobiy deb hisoblash mumkin. Alyansning qazib olishni sutkasiga 500 ming barrelga qisqartirish to‘g‘risida qarori ko‘plab tahlilchilar uchun kutilmagan xabar bo‘ldi, ammo bu mantiqan to‘g‘ri edi: neft uchun narxlarni noan’anaviy bo‘lgan, 2020-yil birinchi choragida ham narxni bir xilda ushlab turish kerak edi. "Rossiyaga kelsak, bu ko‘rsatgichdan (OPEK + pasayishi – muallif izohi) atigi 70 ming barrelga pasayishiga, ya’ni Rossiya uchun 1 chorak kvotasi sutkasiga 300 ming barrelni tashkil etadi" , - dedi Aleksadr Novak jurnalistlarga.

Taqqoslash uchun: Saudiya arabistoni tomonidan qazib olishni ixtiyoriy ravishda (ya’ni mavjud ulushga qo‘shimcha) kuniga 400 ming barrelga kamaytirilishi nazarda tutiladi.

"Neftni bir barrel uchun 20 dollarga "ko‘rishni va Rossiyaning eksport daromadlari bilan bog‘liq iqtisodiy muammolaridan zavqlanishni istaganlarning oxirgi umidlari "OPEK + Rossiya tomonidan kamaytirilish mumkin bo‘lgan hamma narsani Rossiya va OREKdan olib ketadigan Amerika slanes kompaniyalari oladi va bozor ulushi va neft narxini pasaytirvoradi" tezisidan iborat bo‘lgan.

Bir tomondan savol tug‘ilishi tabiiy: agar slanes nefti bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa yaxshi bo‘lsa, nega slanes kompaniyalari birin-ketin bankrot bo‘lishmoqda va ularning aksiya va obligatsiyalari narxi tushib ketmoqda, garchi Amerikaning qolgan fond bozori misli ko‘rilmagan suratlarda o‘smoqda? Boshqa tomondan, "slanes inqilobining qoq markazi" bo‘lmish Texasda joylashgan slanes kompaniyalarning o‘zlariga so‘z berib va ularning rahbarlari va hissadorlariga quloq solib ko‘rish kerak.

Gorashiy tanker v Omanskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
Ummon ko‘rfazida neft tankerlariga hujum qilindi – ulardan biri cho‘kib ketdi

Kanadaning BNN Bloomberg moliyaviy telekanali shunday deydi: "Texasning yangi va avval neft qazib olinmagan hududlarda faoliyatga ixtisoslashgan kompaniyalari, ko‘p yillar davomida slanes skeptiklarining inkor qilishlariga javoban endi slanes  nefti sanoati pasayishi qanchalik jiddiyligini yetarlicha baholamayotganini o‘zlari ta’kidlamoqdalar”.  Parijdagi Xalqaro Energiya agentligi (XEA) va Vashingtondagi energetik axborot boshqarmasi (Energy Information Administration) joylardagi dahshatli real holatga qaramay, kelgusida yilda AQShda qazib olishni barqaror o‘sishini taxmin qilishni davom ettirmoqda. XEA kuniga 900 ming barrel, OPEK esa bir million barrelni taxmin qilmoqda, bu esa bu yil deyarli o‘sishni takrorlashni anglatadi. Bu prognozlar AQShda neft ishlab chiqarishning qariyb yarmini tashkil etadigan Texasdagi muhitga to‘g‘ri kelmaydi. Ishlab chiqaruvchilar moliyaviy ta’minotda yetishmovchiliklarni boshdan kechirmoqdalar, zahiralar pasayib ketdi, ommaviy savdodagi qimmatli qog‘ozlarga (slanes kompaniyalari qimmatli qog‘ozlari) ishtaha yo‘q. Bu pasayishga avvalgiga nisbatan davomiylik tusini beradi".

Xulosa qilsak. Kelgusida Venadagi OPEK + shtab-kvartirasida bir necha marotaba uchrashishi ko‘zda tutilayotgan Saudiya va Rossiya energetika vazirlari keng tabassum uchun qo‘shimcha sabablar ega bo‘lish mumkinligi ehtimoldan xoli emas. Rossiya-Saudiya hamkorligidan nafratlanadiganlar uchun - qayg‘u va alam uchun yangi sabablar mavjud.

 

Yangiliklar lentasi
0