Neft, viza va kosmos: Rossiya va Saudiya Arabistoni 20 tadan ortiq hujjat imzoladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishSaudi Arabia Russia
Saudi Arabia Russia - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yuqori darajadagi strategik hamkorlik dasturi doirasida ikki mamlakat energetika vazirliklari o‘rtasida energiya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Ar-Riyozda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v Saudovskuyu Araviyu - Sputnik O‘zbekiston
Tarixiy tashrif: Putin Saudiya Arabistoniga keldi

Tomonlar yigirmadan ortiq hujjat imzoladi. Ular orasida neft qazib oluvchi mamlakatlarning uzoq muddatli hamkorligi to‘g‘risidagi bitim, Roskosmos va Saudiya kosmik komissiyasi o‘rtasida kosmonavtika va GLONASS global navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimini moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonot imzolandi.

Bundan tashqari, Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida strategik hamkorlik dasturi doirasida ikki mamlakat energetika vazirliklari o‘rtasida energiya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

Moskva va Ar-Riyoz ikki davlat fuqarolariga viza berishni soddalashtirish to‘g‘risida memorandumni imzoladi.

Shuningdek, tomonlar madaniyat va sog‘liqni saqlash sohalarida anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0