TOShKENT, 1 fev — Sputnik. AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo AQSh kompaniyalari Belarusga to‘liq neft bilan ta’minlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
“AQSh Belarusga o‘z suveren davlatini yaratishga yordam berishni istamoqda. Energoresurlarni ishlab chiqaruvchilarimiz sizlarni raqobatbardosh narxlarda 100 foiz neft bilan ta’minlashga tayyor”, - dedi Pompeo jurnalistlarga Minskda.
Pompeo Yevrosiyo safari doirasida Minskka tashrif buyurdi.
Neft masalasi
Hozirgi vaqtda Minsk faqat Rossiyadan neft sotib olmoqda. Biroq yangi shartnomalar bo‘yicha muzokaralar qiyin kechmoqda. RIA Novosti’ manbaa ma’lum qilishicha, Belarus neftni qayta ishlash zavodlari bozor narxida sotib olishni istamayotgani sababli tomonlar kelisha olmayapti. Rossiyadan yetkazib beriladigan neft narxi 2019-yil shartlarda yillik 24 million tonna hajmda boshqalarnikidan kamida 1,6 milliard dollarga kam bo‘ladi.
Shartnomalar tuzilmagani sababli, Rossiya 1-yanvardan boshlab Belarus neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berishni to‘xtatdi, Minsk esa neft mahsulotlarini eksport qilishni to‘xtatdi. Bir necha kundan keyin yetkazib berish qisman tiklandi, ammo tomonlar hanuz yakuniy kelishuvga erisha olmadilar.
Lukashenko bir necha bor Belarus muqobil ta’minot manbalarini izlayotganini ta’kidlagandi. Xususan, o‘tgan hafta u AQSh, Saudiya Arabistoni va BAA bilan muzokaralar haqida gapirdi. Belarus neftning birinchi partiyasini Norvegiyadan olganligi haqida xabar berilgandi.
Lukashenko ta’kidlashicha, Minsk Rossiya neftidan voz kechmayapti, biroq shu tarzda iqtisodiy foyda ko‘rish maqsadida neft yetkazib berish turini kengaytirmoqchi (diversifikatsiya).