"Gazprom neft" O‘zbekistonga 1 mln tonna neft yetkazib beradi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishObyekti Moskovskogo NPZ "Gazprom nefti"
Obyekti Moskovskogo NPZ Gazprom nefti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2021 yilga kelib neftni qayta ishlash majmuasi ishga tushganidan so‘ng import hajmi yiliga 5 mln tonnagacha yetkaziladi

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonga 2018-yilda "Gazprom neft" tomonidan qora oltin yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, buning texnik imkoniyatlari o‘rganilmoqda, deb ma’lum qildi Rossiya energetika vaziri o‘rinbosari Kirill Molodsov jurnalistlarga.

"Gap o‘tkazish qobiliyati va yetkazib berish imkoniyatlarida. "Gazprom neft" to‘rtinchi chorakda qanchadir miqdorda yetkazib berishi lozim edi, texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lsa nazariy jihatdan yiliga 1 million tonnagacha neft yetkazib berish mumkin. "Gazprom neft" buni inkor etmadi", — dedi Molodsov. Lekin u darhaqiqat texnik imkoniyat bor-yo‘qligiga aniqlik kiritmadi.

Ploshadka slivnix jeleznodorojnix estakad - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston uchun neft yetkazib berishni boshladi

"Gazprom neft" matbuot xizmati RIA Novostiga sinov yetkazib berishi boshlanganini tasdiqladi, lekin 2018-yilgi yetkazib berish hajmi va rejalari haqida ma’lumot bermadi.

Sentabr oyida "O‘zbekneftegaz" boshqaruvi raisi Alisher Sultonov kompaniya 2018-2020 yillar davomida yiliga 1 million tonnagacha neft import qilishni rejalashtirganini, 2021-yilda Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash majmuasi ishga tushganidan so‘ng import hajmi yiliga 5 million tonnagacha yetkazilishini ma’lum qilgandi.

"Transneft" vitse-prezidenti Sergey Andronov esa "Truboprovodniy transport nefti" korporativ jurnaliga bergan intervyusida O‘zbekiston va Qirg‘izistonga Qozog‘iston hududi orqali yiliga 500 tonna neft yetkazib berishning texnik imkoniyati mavjudligini tasdiqladi.

Dushanba kuni Qozog‘istonning "Kaztransoyl" neft-transport kompaniyasi O‘zbekistonga magistral neft quvurlari orqali Rossiya neftini yetkazib berishni boshladi. Neft yetkazib berish jadvaliga asosan, noyabrda tranzit hajmi 30 ming tonnani tashkil etadi. 2017-yil oxiriga qadar mazkur yo‘nalish bo‘yicha 80 ming tonnagacha xom ashyo yetkazib berish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0