O‘zbekiston 2020-yilda MDH raisligidagi Konsepsiyasini taqdim etdi

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2020-yil davomida o‘zining MDHda raislik davrida turli daraja va formatlarda 70ga yaqin tadbirlar o‘tkazadi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi davridagi konsepsiyasini taqdim etdi.

O‘zbekistonning raisligi davrida oldinga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kompleks va izchil choralar amalga oshiriiladi.

MDHning rivojlanishi

Hamdo‘stlikni yanada rivojlantirish va MDH ishtirokchi davlatlarining integratsiyasini chuqurlashtirish maqsadida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishingan chora-tadbirlarni hayotga tadbiq qilishni hamda Tashkilot tuzilmalari faoliyatining zamonaviy voqelikka moslashishini ko‘zda tutuvchi yangi tahrirdagi Hamdo‘stlikni yanada rivojlantirish Konsepsiyasini qabul qilishni tezlashtirish bo‘yicha ishlar faollashtiriladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (SNG). - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHda raisligi davridagi to‘rtta ustuvor vazifani aytib o‘tdi

O‘zbekiston Hamdo‘stlik xalqlari hayot darajasini yaxshilash uchun qulay sharoitlarni yaratishdagi MDHning rolini yanada kuchaytirish va tashkilotning nufuzini mustahkamlash maqsadida ko‘p tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi ishlarni faollashtirishda bor imkoniyatlarni ishga soladi.

O‘zbekiston tomoni MDHdagi raislik vazifalarini Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari, tuzilmalari hamda MDH Parlament Assambleyasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda amalga oshiradi va o‘z raisligi davrida Tashkilotga a’zo davlatlarning ko‘magiga hamda taklif etiladigan tadbirlarda ularning faol ishtirok etishiga umid bildiradi.

Tashqi siyosat

Tashqi siyosat sohasida siyosiy muloqotlar amaliyoti saqlab qolinadi, jumladan, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha, MDH ishtirokchi davlatlarining xalqaro tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari borasida maslahatlashuvlar o‘tkazish davom ettiriladi.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH raisi sifatida 70dan ortiq tadbirlar o‘tkazadi

Parlamentlararo hamkorlik

Parlamentlararo hamkorlik sohasida Hamdo‘stlik nizomidagi vazifalarni amalga oshirishda parlamentariylarning rolini mustahkamlash maqsadida “parlament diplomatiyasi”, xususan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi doirasida hamkorlikni faollashtirish uchun mavjud barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

Iqtisod

Iqtisodiy hamkorlik sohasida sa’y-harakatlar MDHning 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun Iqtisodiy rivojlanish strategiyasini va uning birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Tadbirlar rejasini tayyorlashga, o‘zaro savdoda qulay sharoitlar yaratishga, jumladan boxjona tartibini soddalashtirishga, savdodagi mavjud istisno va cheklovlarni, xususan texnik to‘siqlarni bartaraf etishga hamda ishtirokchi davlatlar hududlari o‘rtasidagi aloqlarni rivojlantirishga, jumladan MDHning 2030-yilgacha bo‘lgan mintaqalararo va chegaradosh hududlar hamkorligi Konsepsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishga yo‘naltiriladi.

2020 yilda O‘zbekistonda turli yo‘nalishlar bo‘yicha hududlararo hamkorlikni faollashtirish maqsadida MDH hududlari Forumi o‘tkaziladi.

Pavilon №66 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
MDH iqtisodiy kengashi VDNXning "O‘zbekiston" pavilonida bo‘lib o‘tadi

Transport

Transport sohasida yangi transport marshrutlarini tashkil etish, MDH davlatlarining tranzit salohiyatidan keng foydalanish bo‘yicha aniq choralarni nazarda tutuvchi Tashkilot ishtirokchi davlatlarining 2030-yilgacha hamkorligining Ustuvor yo‘nalishlarini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Huquqni muhofaza qilish va terrorizmga qarshi kurashish

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va maxsus xizmatlarning hamkorligi sohasida terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashishda 2019-2023 yillarda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Davlalararo qo‘shma chora-tadbirlar dasturini, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zo‘rovonlik ko‘rinishlariga qarshi kurashishda MDH ishtirokchi davlatlarining Hamkorlik dasturini hamda Tashkilot ishtirokchi davlatlarining axborot xavfsizligini ta’minlash Strategiyasini amaliy bajarish borasida maqsadli ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

Pravooxraniteli stolis SNG obsudili sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston
MDH poytaxtlari IIO rahbarlari o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi

Harbiy hamkorlik

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi harakatlar hamkorlikning erishilgan darajasini saqlab qolish va rivojlantirishga, shuningdek MDH ishtirokchi davlatlarining 2025-yilgacha bo‘lgan harbiy hamkorligi konsepsiyasini tayyorlash yo‘li bilan yangi istiqbolli yo‘nalishlarni taraqqiy ettirishga va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Ilm-fan va innovatsiya

Ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlik sohasida MDH ishtirokchi davlatlarining 2030-yilgacha bo‘lgan Hukumatlararo innovatsion hamkorlik dasturini tayyorlash bo‘yicha ishlar tashkil etiladi. Mazkur dasturning amalga oshirilishi ilmiy-texnologik ishlanmalar va ixtirolardan samarali foydalanish, uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini amalga oshirish va innovatsion loyihalarni amalga chiqarish uchun resurslarni jamlash imkonini beruvchi ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. Jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida information hamkorlik to‘g‘risida Bitimni qabul qilish bo‘yicha ishlar faollashtiriladi.

Madaniyat

Madaniy-gumanitar sohadagi harakatlar yoshlar siyosati, madaniyat va sport, fan va ta’lim, sog‘likni saqlash hamda turistik aloqalarni kengaytirish jabhasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratiladi.

2021-2030 yillar uchun mo‘ljallangan yoshlar hamkorligi, turizm hamda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha uchta Strategiyalarni tayyorlash borasidagi ishlar tashkil etiladi.

Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 75-yilligini nishonlash

Aksiya Bessmertniy polk v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
"Aeroflot" G‘alabaning 75-yilligi sharafiga veteranlarga chiptalarni bepul tarqatadi

MDH davlat rahbarlari kengashining 2017-yil 11-oktabrdagi 2020-yilni Hamdo‘stlikda 1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 75-yilligi yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorini bajarilishi tinchlik, hamfikrlik va do‘stlik muhitini, shu jumladan MDH yoshlari o‘rtasidagi mustahkamlashga yo‘naltirilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi.

1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 75-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar Rejasini bajarish, jumladan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, harbiy-ilmiy ishlar bo‘yicha xalqaro tanlovlar, badiiy va hujjatli film kinofestivali hamda harbiy orkestrlarning musiqiy festivali va boshqa qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.

Quyida O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari vazifalari bilan to‘liq tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0