TOShKENT, 17-yanvar - Sputnik. Ushbu yilning 19-iyun kuni Moskvada VDNXda MDH iqtisodiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ijroiya qo‘mitasi uni hozirgi paytda kapital ta’mirlanayotgan "O‘zbekiston" pavilonida o‘tkazishni taklif qilmoqda.
"VDNXda O‘zbekiston paviloni bor, menimcha, bu yil ochiladi, to‘g‘rimi? Umid qilamiz. Va VDNH tashabbusi bilan 19-iyun kuni VDNXda Iqtisodiy Kengashni o‘tkazishni oldindan rejalashtirganmiz. Biz uni MDH davlati-a’zosi pavilonida o‘tkazilishini xohlagan bo‘lar edik. Bu o‘rganish uchun bir g‘oya. Bu oson emasligini tushunaman ", dedi Sergey Ivanov, MDH ijroiya qo‘mitasi raisi va ijrochi kotibining o‘rinbosari.
Bunga O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov dedi: "Biz harakat qilamiz!"
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MDHga raisligi doirasida 2020-yilda 70 ga yaqin tadbir o‘tkazadi.
Hamdo‘stlik raisligini 2020-yilda Turkmanistondan O‘zbekistonga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror 2019-yil oktabrda Ashxabodda bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida qabul qilingan.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish, shu jumladan transport va logistika sohalarini rivojlantirish ham MDHga raislik qilayotgan O‘zbekiston uchun rivojlantirishni rejalashtirayotgan ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Bundan tashqari, Toshkent ilmiy-texnikaviy hamkorlikni muhim ustuvor yo‘nalish deb biladi, va busiz barcha tuzilmalarning samarali ishlashi mumkin emas. Alohida mavzu - mintaqaviy xavfsizlik, transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurash: terrorizm, narkotrafik va jinoyatchilik.