"Aeroflot" G‘alabaning 75-yilligi sharafiga veteranlarga chiptalarni bepul tarqatadi

Obuna bo‘lish
Bayramona bepul chiptalarni 2020-yilning 14-aprelidan boshlab 12-may sanasiga qadar rasmiylashtirish mumkin. Parvoz 3-12 may oraliqlarida amalga oshishi kerak. Aviachipta amal qilish muddati bir oyni tashkil qiladi.

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Ulug‘ Vatan urushi veteranlari va nogironlari G‘alaba kuni nishonlanayotgan sanalarda "Aeroflot" aviakompaniyasidan bepul aviachipta olishlari mumkin. luchit Bu haqda Rossiya milliy tashuvchisi o‘z saytida xabar bergan.

Boyatsya vashey pravdi - Putin ob ugrozax vlastey Estonii v adres sotrudnikov Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi

Chiptalar RF, MDH mamlakatlari, Boltiqbo‘yi davlatlari, Gruziyada yoki shu davlatlarning birida doimiy yashovchi Ulug‘ Vatan urushi veteranlari va nogirolariga taqdim etiladi. Shuningdek, konslager, getto va boshqa majburan ushlab turiladigan joylarda saqlangan sobiq voyaga yetmagan asirlarga ham beriladi.

Veteranlarga "ekonom" klassda bepul parvozni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Agar ro‘yxatga olish yakuni bo‘yicha reysda bo‘sh joylar qolsa, veteranlar yuqoriroq klassga o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Sobiq Ittifoq qahramonlari, Slava ordeni kavalerlari "komfort" yoki "biznes" klasslarda parvozni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, barcha veteranlarga "ekonom" klassda hamroh shaxs uchun bepul chipta olishlariga ruxsat beriladi.

Aksiya yo‘nalishi - Rossiya bo‘yicha barcha ichki reyslar, shuningdek, MDH davlatlari va Boltiq bo‘yi mamlakatlari yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bundan tashqari, veteranlar Yevropa mamlakatlari (Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Xorvatiya, Avstriya, Chexiya)ga borishlari mumkin bo‘ladi.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi

"Joriy aksiya bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish 2020-yilning 3-may sanasidan 12-may sanasiga qadar davom etadi. Chiptalarni 2020-yilning 14-aprel sanasidan 12-may sanasiga qadar rasmiylashtirish zarur bo‘ladi. Aksiya doirasida berilgan aviachipta amal qilish muddati - bir oy", - deya tushuntirishdi aviakompaniya matbuot-xizmatida.

Aksiya "Aeroflot" tijoriy boshqaruvida bo‘lgan "Rossiya" aviakompaniyasi reyslariga joriy etiladi, ammo boshqa tashuvchilar bilan tuzilgan "kod-shering" kelishuviga tatbiq etilmaydi.

"Aeroflot" eng birinchi bo‘lib Rossiya aviatashuvchilari orasida veteranlar uchun o‘z reyslariga bepul chipta taqdim etishni boshlagan. Aksiya yigirmanchi marotaba o‘tkazilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001-yildan boshlab bepul chiptalardan 90 ming nafardan ortiq veteranlar foydalanishgan.

Yangiliklar lentasi
0