Siyosat

MDH poytaxtlari IIO rahbarlari oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi

© MVD UzbekistanaPravooxraniteli stolits SNG obsudili sotrudnichestvo
Pravooxraniteli stolits SNG obsudili sotrudnichestvo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yigʻilishda Toshkent shahar IIBB hamda MDH davlatlari poytaxt ichki ishlar organlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid qator masalalar koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Toshkent shahrida MDHga aʼzo davlatlar poytaxt ichki ishlar organlari/politsiyasi rahbarlarining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV xabar qildi.

Flagi stran-uchastnits SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda MDH poytaxtlari IIO rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Yigʻilishda Toshkent shahar IIBB hamda MDH davlatlari poytaxt ichki ishlar organlari hamda politsiyasi boʻlinmalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tajriba almashish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi va terrorchilik faoliyatiga qarshi kurashish, sayyohlarning xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlanishicha, ishtirokchilar terroristik va ekstremistik tusdagi jinoyatlarning sodir etilishiga aloqador shaxs va tashkilotlarning faoliyatini aniqlash va bartaraf etishga oid umumiy kelishilgan profilaktik, tezkor-qidiruv va maxsus tadbirlarni oʻtkazishga kelishishgan.

Bundan tashqari, mamlakatlarning poytaxt ichki ishlar organlari/politsiya oʻrtasida sud va tergovdan qochib yurgan, bedarak yoʻqolgan, shaxsi aniqlanmagan jasadlar, odam savdosi hamda oʻqotar qurollar, avtomashina va giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan shugʻullanayotgan shaxslar boʻyicha doimiy ravishda maʼlumot almashish masalalari boʻyicha bir bitimga kelishishgan.

MVD Uzbekistana i Indii dogovorilis sovmestno borotsya s terrorizmom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Hindiston IIV birgalikda terrorizmga qarshi kurashishga kelishib oldi

Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov MDH doirasida qabul qilinayotgan tashabbuslarning deyarli barchasi aynan poytaxt boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilayotganini qayd etgan. Uning soʻzlariga koʻra, poytaxt ichki ishlar organlari va politsiya xodimlarining saʼy-harakatlari bilan har yili ogʻir, oʻta ogʻir va shov-shuvlarga sabab boʻluvchi jinoyatlarning koʻp qismi fosh etilib, bartaraf etilmoqda.

Ishtirokchilar yigʻilishga doimiy amalda boʻlgan kengash maqomini berish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashdi. Toshkent shahar IIBB va Tojikiston IIV Dushanbe shahri boʻyicha boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Xabarda mehmonlar Toshkent shahar IIBB hovlisida MDHga aʼzo davlatlar poytaxtlarining huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi hamkorlik va doʻstona aloqalarning mustahkamlanishi ramzi sifatida daraxtlar ekishgani qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda MDH poytaxtlari IIO rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0