O‘zbekiston MDH raisi sifatida 70dan ortiq tadbirlar o‘tkazadi

© Sputnik / Valeriy MelnikovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDHda raislik davridan asosiy e’tiborni savdo-iqtisodiy va transport-logistika  munosabatlarni rivojlantirishga qaratishni maqsad qilgan.

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbkiston 2020-yil davomida o‘zining MDHda raislik davrida turli daraja va formatlarda 70ga yaqin tadbirlash o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Prosmotr zapreshennix agitatsionnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlarida terrorchilik tashkilotlarining yagona ro‘yxati tayyorlanmoqda

Ular orasida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Iqtisodiy kengash, Parlamentlararo assambleya, Iqtisodiy forum, hududlar forumi, ilmiy va ijodiy intelligensiya forumi va boshqalar, deyilgan xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston raisligi davrida MDHni rivojlantirishga qaratilgan 10dan ortiq hujjatlar tayyorlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MDHda raislik davridan asosiy e’tiborni savdo-iqtisodiy va transport-logistika  munosabatlarni rivojlantirishga qaratishni maqsad qilgan. Undan tashqari hududdagi xavfsizlik masalalari, chegara orqali o‘tish xavfi bo‘lgan terrorchilik hamda narkotik moddalarni tashish ham alohida o‘rinda turadi, degan edi biroz oldin Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0