Rossiyadan O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berilishi mintaqada xavfsizlikni kuchaytiradi

© Foto: Minoboroni UzbekistanaTankoviy biatlon - poligon Chirchik
Tankoviy biatlon - poligon Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizligi ko‘p jihatdan Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnikaviy hamkorligi muvafaqqiyatli amalga oshirilishi bilan ta’minlanadi.

Terrorizmga qarshi kurash birinchi navbatda armiya va boshqa kuch tuzilmalarini yangi qurol va harbiy texnika bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Moskva Toshkentga qisqa vaqt ichida milliy qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishga yordam bermoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston xavfsizlik sohasida ODKB, MDH va ShHT davlatlari bilan doimiy va konstruktiv hamkorlik qilmoqda.

V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu  krupneyshiy voyenniy poligon  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon ochildi

Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasining (RATS) "Terrorizmga qarshi kurash - chegarasiz hamkorlik" VII xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston poytaxti nafaqat notinch Afg‘oniston bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgani uchungina, terrorizmga qarshi kurashning muhim xalqaro markazlaridan biriga aylanmoqda.

Birinchi navbatda O‘zbekiston  mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashning real vositalariga ega - mudofaa budjeti taxminan 1,4 milliard dollarga va ishonchli ittifoqchilarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiya (Global Firepower reytingiga ko‘ra) hisoblanadi.

RATS konferensiyasida ShHTga a’zo-davlatlari, kuzatuvchi-davlatlarining vakolatli organlari xodimlari, shuningdek muloqot bo‘yicha sheriklar va BMT, MDH, YeHHT, Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch yig‘ilish (SVMDA) uchrashuvlari vakillari ishtirok etmoqda.

Maqsad - terrorizmga qarshi kurashda xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish, chunki bu dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun asos hisoblanadi.

Markaziy Osiyoda keng ko‘lamli aksilterror harakatlarining samaradorligi ko‘p jihatdan O‘zbekiston va Rossiyaning harbiy-texnik hamkorligi dinamikasiga bog‘liq.

Raqamlar va faktlar

Yaqin o‘n yillikda O‘zbekistonning qurolli kuchlarni qayta qurollantirishga sarflaydigan xarajatlari 7 milliard dollardan oshishi mumkin.

Toshkent 2020-yilgacha armiyani zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta’minlash dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bunda Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan zarba aviatsiyasi, havo hujumidan mudofaa tizimlari va zirhli transport vositalarini afzal ko‘rmoqda.

Bugun RF va O‘zbekiston harbiy-texnikaviy hamkorligi 2019-yil uchun qabul qilingan ikki tomonlama hamkorlik rejasiga asosan rivojlanmoqda.

Harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi may oyida 2025-yilgacha O‘zbekiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy harbiy texnika bilan jihozlash to‘g‘risida kelishuv tashabbusi bilan chiqdi.

Toshkent Moskvani afg‘on-o‘zbek chegaralarini jihozlashga jalb qilishi mumkin.

Ministr oboroni Uzbekistana general-mayor Baxodir Kurbanov pribil v Orenburg dlya nablyudeniya voyennix ucheniy «Sentr – 2019» - Sputnik O‘zbekiston
Bahodir Qurbonov samolyoti Orenburgdagi harbiy aerodromga qo‘ndi

Tomonlarning eng katta kelishuvlari avia texnikasiga tegishli. Xususan, iyul oyida 12 ta shartnomani amalga oshirish boshlandi, unga ko‘ra Toshkent yangi Su-30SM qiruvchilari, Mi-35M hujum vertolotlari va radiolokatsiya tizimlarini oladi.

Zarba sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Yak-130 (yuqori aniqlikdagi qurollarni ishlatishga moslashgandan so‘ng) o‘quv-samolyotlarini kelgusida sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya O‘zbekiston harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan 30 dona MiG-29 qiruvchilarini modernizatsiya qilishga yordam beradi.

Toshkent havo hujumidan mudofaa qo‘shinlariga modernizatsiya qilingan “Pechora-2M” zenit raketa majmualariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan vositalar va radiolokatsiya stansiyalarni sotib olishni rejalashtirgan. Rejalarda – P-37 radiolokatsiya stansiyasini 12A6 "Sopka-2" darajasigacha modernizatsiya qilish. O‘zbekiston MDHning havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimiga qo‘shildi.

Viktor Baranes - Sputnik O‘zbekiston
“Tayfun” zirhli avtomobil O‘zbekiston armiyasiga qanday afzallikni beradi

Yaqinda Tojikistonda bo‘lib o‘tgan qo‘shma harbiy mashqlar va MDHning havo hujumidan mudofaa qo‘shma tizimini O‘zbekiston havo hududida mashg‘ulotlar harbiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlamoqda. Bundan tashqari, Toshkent va Moskva havo hududidan o‘zaro foydalanish to‘g‘risida kelishib oldi.

O‘zbekiston quruqlikdagi qo‘shinlari 420 dona tank, 1 215 dona piyoda askarlar uchun mo‘ljallangan jangovar mashina, 137 dona o‘ziyurar artilleriya quroli, 98 dona raketa majmualari bilan qurollangan. Ushbu mashinalarning aksariyati modernizatsiyaga muhtoj, bu Rossiya yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, yangi kelganlari ham bor: O‘zbekiston Rossiyada sotib olingan KamAz-53949 “Tayfun-K 4x4” zirhli texnikasini namoyish etdi.

Qurol-aslaha bo‘yicha yirik shartnomalar harbiy kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni oldindan belgilab beradi.

Na poligone Gurumsaray startovali mejdunarodnie voyennie ucheniya Sentr-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Kuch – birlikda: “Markaz – 2019” xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi

Moskva Toshkentga qurolli kuchlarning yuqori malakali ofitserlar korpusini shakllantirishda yordam bermoqda - 300 dan ortiq o‘zbek harbiylari Rossiya Federatsiyasining harbiy oliygohlarida tahsil olmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlik bu savdo predmeti emas. Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitoblarni maksimal qulay shartlarda amalga oshirmoqda, shu jumladan Toshkentga imtiyozli kredit berish asosida. O‘zbekiston 2016-yildan boshlab Rossiya qurollarini Rossiyaning ichki narxlarida oladi (ODKB va Bojxona ittifoqidan tashqaridagi bunday imtiyozlarga ega bo‘lgan yagona MDH davlati hisoblanadi).

Ikki mamlakat o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik reja asosida rivojlanmoqda va tahdid va chaqiruvlar ko‘lamiga to‘la mos keladi. Keyingi o‘n yillikda Moskva Toshkent uchun qurol va harbiy texnikaning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lib qoladi.

Tashqi tahdidlar

O‘zbekiston mudofaa qobiliyatining o‘sishi Markaziy Osiyodagi xavotirli vaziyat, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va afg‘on giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-noyabrda MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mutaxassislarning tezkor samarali hamkorlik qilishi muhimligini ta’kidladi.

Aynan kuni kecha bir guruh qurollangan terroristlar O‘zbekiston chegarasidagi, Dushanbe shahridan 60 km g‘arbda, 4-sonli “Ishqobod” chegara postiga hujum qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev nablyudayet za ucheniyami na poligone Forish - Sputnik O‘zbekiston
Putin Mirziyoyev bilan birga “Markaz-2019” harbiy mashg‘ulotlariga tashrif buyurishi mumkin

Shu yilda Rossiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘z hududida 13 ta terrorchilik yacheykalarni fosh qildi.

Suriyada islomiy-jangarilar uchun umidsiz holat ularni boshqa davlatlarga borishga majbur qilmoqda. "IShID" va "Tolibon" ning katta kuchlari (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terrorchilik tashkilotlar) hozir Afg‘onistonning shimoliy chegaradosh viloyatlarida joylashgan.

Xalqaro xavfsizlik tizimi jiddiy sinovdan o‘tmoqda. Terroristlar moslashuvchanlikni namoyish etib, yangi sharoitlarga moslashmoqda, kiber texnologiyalar va xakerlik hujumlarini o‘zlashtirmoqda.

O‘zbekiston muhim bo‘g‘in bo‘lgan ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ham Markaziy Osiyo yo‘nalishida takomillashmoqda.

Chegara postiga hujum qilgan terrorchi-ayollar qayerda tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq O‘zbekiston poytaxtida RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev afg‘on muammosini mamlakat prezidenti va hamkasblari bilan muhokama qilingandi. Bu ish davom ettiriladi.

Markaziy Osiyo, Rossiya va Afg‘oniston chegara xizmatlari rahbarlari 2020-yil mart oyida O‘zbekistonda yig‘iladi. Kelgusi yil aprel oyida esa Armanistonda MDH chegara qo‘shinlari qo‘mondonlar kengashining yig‘ilishida afg‘on masalasi ko‘rib chiqiladi.

Yaqin uch yil ichida ShHT MATT boshqa xalqaro antiterror tashkilotlari bilan hamkorlikni faollashtirish va qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlar amaliyotini tiklashni rejalashtirmoqda. Har qanday strategiya chindan faqat qo‘shin va quroldan jangovar foydalanish amaliyoti bilan tekshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0