Bahodir Qurbonov samolyoti Orenburgdagi harbiy aerodromga qo‘ndi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaMinistr oboroni Uzbekistana general-mayor Baxodir Kurbanov pribil v Orenburg dlya nablyudeniya voyennix ucheniy «Sentr – 2019»
Ministr oboroni Uzbekistana general-mayor Baxodir Kurbanov pribil v Orenburg dlya nablyudeniya voyennix ucheniy «Sentr – 2019» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” harbiy mashg‘ulotini kuzatish uchun Orenburgga yetib keldi

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. 19-sentabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarini kuzatish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahriga yetib keldi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy samolyoti Orenburg shahridagi harbiy aerodromga kecha kechqurun qo‘ngan. Mehmonni Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi kutib olgan.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaMinistr oboroni Uzbekistana general-mayor Baxodir Kurbanov pribil v Orenburg dlya nablyudeniya voyennix ucheniy «Sentr – 2019»
Bahodir Qurbonov samolyoti Orenburgdagi harbiy aerodromga qo‘ndi - Sputnik O‘zbekiston
Ministr oboroni Uzbekistana general-mayor Baxodir Kurbanov pribil v Orenburg dlya nablyudeniya voyennix ucheniy «Sentr – 2019»

Bu yilgi “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida O‘zbekiston harbiy kontingenti ham ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish vazifalarini hamkorlikda bajarish bo‘yicha kompleks mashqlar amalga oshiriladi. Unda O‘zbekiston vakillari Tojikiston harbiylari bilan birgalikda shartli ravishda o‘z milliy hududlarida harakat qiladi.

Kuch – birlikda: “Markaz – 2019” xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi

Eslatib o‘tamiz, harbiy mashg‘ulotlarning asosiy qismi 20-sentabr kuni Orenburg viloyatidagi “Donguz” poligonida o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0