TOShKENT, 7 noya – Sputnik. “Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan shaxslar orasida besh nafar ayollar bo‘lgan, deb xabar qildi Tojikistondagi "SSSR" gazetasi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Otishma vaqtida ikki nafar ayol o‘ldirildi, qolganlari – qo‘lga olindi va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan so‘roq qilindi.
Jinoiy guruhida omon qolgan ayollar So‘g‘d viloyatining Istaravshan shahrida tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi.
Bu ayollar Afg‘oniston hududida xudkush-terrorchi sifatida IShID* maxsus jamloqlarida uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rgan.
Bundan avval Tojikiston IIV matbuot kotibi Umarjon Emomali tojik-o‘zbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan jangarilar barchasi Tojikiston fuqarolari bo‘lganligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr kechasi 20 nafarga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60 km masofada, o‘zbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5 ta avtomat o‘qotar qurolni egallab olishgan edi.
O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yo‘q qilinib, 5 tasi qo‘lga olingan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan "ID" jangarilari ular teraktni rejalashtirishganini tan olganlar. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot