“Tayfun” zirhli avtomobil O‘zbekiston armiyasiga qanday afzallikni beradi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishViktor Baranes
Viktor Baranes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Komsomolskaya pravda” gazetasining harbiy sharhlovchisi iste’fodagi polkovnik Viktor Baranes “Tayfun” zirhli avtomobillarini sotib olingandan keyin O‘zbekiston armiyasi qanday afzalliklarga ega bo‘lishini aytdi.

O‘zbekiston Rossiyadan "Tayfun" (K53949) zirhli avtomobillar yirik partiyasini xarid qildi. Avtomobillarni mamlakatga yetkazib berish 2019-yilning oxiriga qadar boshlanishi ma’lum.

Baranes Rossiyada ishlab chiqarilgan “Tayfun”  zirhli avtomobillari yuqori taktik va texnik xususiyatlarga egalinini aytdi. Mashinalar shaxsiy tarkibni boshqa joyga zudlik bilan ko‘chirish uchun zarur.

Broneavtomobil KamAZ Tayfun - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston “Tayfun” zirhli avtomobillari yirik partiyasini sotib oldi

“Avtomobillarning dvigatellari kuchli, ular shaxsiy tarkibni avtomat va pulemot o‘qlaridan ishonchli ravishda himoya qiladi”, - dedi ekspert Sputnik O‘zbekiston bilan bo‘lgan suhbatda.

Qolaversa, maxsus texnologiyalar yo‘lda mashina portlagan vaqtda yo‘lovchilarning sog‘-salomat qolishiga imkon beradi. Bunga avtomobilning “qorin” deb ataluvchi nodir qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.

Ushbu mashina juda yaxshi to‘siqlardan o‘ta olish qobiliyatiga ega va bu mamlakatning turli mintaqalarida zudlik bilan amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan harakatlar uchun zarur.

Mazkur texnikani xarid qilib, O‘zbekiston o‘zining jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Ekspertning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ekspert: broneavtomobili "Tayfun" poluchayut mejdunarodnoe priznanie
Yangiliklar lentasi
0