Dunyo atom elektr stansiyalari – falokatlar, o‘tmish va hozirgi holat

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishRovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske.
Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil iyun holatiga dunyoda 449 ta yadro reaktorlar ekspluatatsiya qilinmoqda. Eng ko‘pi AQShda 98 ta, Fransiyada – 58 ta, Xitoyda – 46 ta reaktor mavjud.

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. RIA Novosti dunyo atom elektr stansiyalari haqida tahliliy ma’lumot tayyorladi.

Atom elektr stansiya (AES) – yadro reaktorida og‘ir elementlar (asosan uran-233, uran-235, plutoniy-239) yadrolari nazoratga olingan reaksiyasi asosida hosil bo‘ladigan, uning issiqligidan elektr energiyani ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan tizimlar, qurilmalar, jihozlar va binolar majmui hisoblanadi.

Atomnaya stansiya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi ilk AES qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi

AESning oddiy issiqlik elektr stansiyalarga nisbatan afzalliklaridan biri bu stansiyalar, yadroviy reaktorlar malakali ekspluatatsiya qilinsa, atrof muhitga zarar qilmaydi.

AES deyarli har doim energiya iste’molchilari yaqinida quriladi. Ular yaqin aholi punktiga nisbatan shamol osti tomonda barpo etiladi.

Stansiya atrofida sanitar-himoya zonasi va kuzatuv zonasi tashkil qilinadi, u yerda aholi istiqomat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kuzatuv zonada atrof muhitga ta’sirini doimiy nazorat qilish uchun nazorat-o‘lchov qurilmalari o‘rnatiladi. Uzoq vaqt davomida yonilg‘ini almashtirmasdan ishlash xususiyati tufayli AESlarni chekka hududlarda ulardan foydalanish imkoniyatini beradi. AES ekspluatatsiya muddati 25-30 yil.    

Birinchi AES

Dunyoda birinchi AES sobiq ittifoqda Kaluga viloyati Obninsk shahri oldida qurilgan.

Bo‘lajak AES reaktorini yaratish taklifi ilk bor 1949-yil noyabrda ilmiy atom loyihasi rahbari Igor Kurchatov tomonidan yig‘ilishda aytilgan.

Reaktor Davlat fizika-energetika instituti xodimlari tomonidan loyihalashtirilgan.

1951 yil sentabrda AES qurish bo‘yicha ishlar boshlandi. 1954-yil 9-mayda Igor Kurchatov ishtirokida reaktorning faol zonada yonilg‘i kanallar ishi boshlanib, uranni janjirli o‘zlashtiruvchi bo‘lish reaksiyasi amalga oshirildi.

Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga yana nechta AES kerak?

1954 yil 27-iyunda Obninsk AES birini sanoat energiyani berdi. 1954-yil oktabrda AESning to‘liq loyiha 5 megavatt quvvatiga o‘tkazishdi.

Birinchi AES 48-yil ekspluatatsiya qilindi. 2002-yil 29-aprelda stansiya reaksiya batamom o‘chirildi. AES o‘z missiyani bajardi, yadro energetika rivojlanishini boshlab berdi. 

2006 yilda Obninsk AES bazasida tarmoq yodgorlik majmua yaratildi. 2016-yilda Obninsk jahon atom energetikasi muzeyini tashkil etish haqida memorandum imzolandi.

Dunyoda ikkinchi AES 1956-yilda Buyuk Britaniyaning Kolder-Xoll shahrida ishga tushirildi. Uning quvvati 469 megavatt bo‘lgan. Uchinchi AES 1957-yil AQShda Shippingport shahrida qurildi.

1974 yilda dunyoda birinchi atom issiqlik elektr stansiya (ATES) ishga tushirildi. U elektroenergiya va issiqlik ishlab chiqarishga mo‘ljallangan (bug‘ va issiq suv, aholi turar joy va sanoat obyektlarini issiq suv ta’minoti bilan ta’minlash).

1960 yil ikkinchi yarmida ko‘plab yirik AESlar qurilishi boshlandi.

AES falokatlari

1986 yil 26-aprelda Ukraina SSR hududida joylashgan Chernobil AESi to‘rtinchi energoblokida portlash yuz berdi. Avariya oqibatida reaktor butunlay ishdan chiqdi va atrom muhitga ko‘p miqdorda radiofaol moddalar tarqaldi. Bu yerning shimoliy qismidagi ko‘plab davlatlar, ayniqsa davlatlar – Rossiya, Ukraina, Belarus hududi radiaktiv ifloslanishiga olib keldi. Rossiya, Ukraina va Belarusda qariyb 8,4 million aholi radiatsiya ta’siriga uchradi.     

Seminar MAGATE v Tashkkente - Sputnik O‘zbekiston
MAGATE Toshkentda AES xavfsizligi bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda

Chernobil AES falokatidan so‘ng, yadro energetikasining jozibadorligi sezilarli ravishda kamaydi. Qator mamlakatlarda, o‘zida an’anaviy yonilg‘i-energetika resurslarga ega bo‘lgan (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya) yangi AES qurish deyarli to‘xtab qoldi.

XXI asr boshida neft va gaz narxi ko‘tarilishi va global iqlim issib ketilishi borasida tashvishlar dunyoni “atom qayta tug‘ilishi” haqida gapirishga majbur etdi. Shu vaqtga kelib, Rossiya va xorijda inson omilini to‘liq olib tashlash uchun atom stansiyalarining xavfsizlik tizimi maksimal darajada takomillashtirildi.

Butun dunyoda atom energetikasi rivojlanishi navbatdagi sekinlashuvi - 2011-yil 11-martda Tinch okeanida 9,0 bal kuchli zilzila va uning ortidan sunami oqibatida Yaponiyadagi Fukusima-1 AESda avariya bo‘ldi.

Sunami zarbasi AESda tashqi elektr tejash qurilmalar va zaxira dizel generatorlarni ishdan chiqardi. 2013-yil dekabrda AES rasmiy ravishda yopildi.

AES bugungi kunda

Bugungi kunda dunyo nafaqat yadro energetikasidan keng foydalanishga qaytdi, balki ko‘plab yangi davlatlar o‘zlarining yadroviy sanoatini rivojlantirish rejalarini e’lon qilishdi.

Kudrat Voxidov, Nasiba Nurjanova  i  Sardor  Adizov -studenti MIFI iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda

Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil iyun holatiga dunyoda 449 ta yadro reaktorlar (umumiy quvvati 397 650 megavatt) ekspluatatsiya qilinmoqda. Yana 54 ta yadro reaktorlarni qurilishi ketmoqda.

2019 yilda e’lon qilingan rasmiy hisobotga ko‘ra, 2018-yilda AQShda 98 ta reaktor, Fransiyada – 58, Xitoyda – 46, Yaponiyada – 39, Koreada – 24, Hindinstonda – 22, Kanada – 19, Buyuk Britaniya va Ukraina – 15 tadan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Rosatom ma’lumotiga qaraganda, Rossiyada umumiy hisobda 10 atom stansiyalarda sanoat foydalanishda 35 ta energoblok mavjud. Rosatom Rossiyada yana 6 ta yangi energoblok qurmoqda. Shuningdek, xorijiy davlatlarda 36 ta energoblok, shu jumladan Turkiyada “Akkuyu” AES, Belarusda AES, ikkinchi navbatda Xitoyda “Tanvan” AES va boshqalar qurilishini olib bormoqda.  

Yangiliklar lentasi
0