O‘zbekistondagi ilk AES qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi

© Wikipedia / HullieAtomnaya stansiya
Atomnaya stansiya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining To‘dakul suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida joylashgan 3 ta maydonda olib borilgan.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistondagi ilk AES Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydonga quriladi.

“O‘zatom” agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida O‘zbekiston hududida Atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha  hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv va mazkur hamkorlik doirasidagi “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish maqsadida 2018-yilning avgustidan shu yilning mart oyiga qadar AES qurilishi uchun ajratilgan tahminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi amalga oshirildi

Dlya Uzbekistana uvelichena kvota na obuchenie v magistrature MIFI - Sputnik O‘zbekiston
O‘zatom abturiyentlar uchun muhim xabar e’lon qildi

Xususan, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining To‘dakul suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida joylashgan 3 ta maydonda  olib borilgan

“Tadqiqotlar natijalari, muhandislik-texnika va iqtisodiy ahamiyati hamda  O‘zbekiston Respublikasi hududida AES qurilishini  amalga oshirish  loyihasini nazorat qiluvchi Respublika ishchi guruhining  qo‘shma majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi  huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish Agentligining ilmiy – texnik va ekspertlik kengashi  Qarori, shuningdek, mutaxassisilar, xalqaro ekspertlar xulosalariga asoslanib,  AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida  Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi”, - deyiladi xabarda.

Atom energetikasi bilan O‘zbekistonning kelajagi - Sputnik O‘zbekiston
Atom elektr stansiyasi qurilishi O‘zbekistonga nima beradi

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunda  tanlangan maydonni tasdiqlash hamda litsenziyalash borasida muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi davom ettirilmoqda.  

Loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish va  loyihaviy yechimlarni  ishlab chiqish maqsadida, joriy yilning 17-may kuni “Atomstroyeksport”  (“Rosatom” Davlat korporatsiyasining muxandislik bo‘limiga tegishli AJ)  bilan tenik loyihani ishlab chiqish uchun muhandislik-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolandi, mazkur jarayonning Dasturini ishlab chiqish hamda hodimlar va texnika mobilizatsiyasi (taqsimoti)  bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0