O‘zbekistonga yana nechta AES kerak?

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishRovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske.
Rovenskaya atomnaya elektrostansiya v Kuznetsovske. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elektr energiyasi – bu ish o‘rinlari degani. O‘zbekistonda barchani ish bilan ta’minlash uchun yana nechta AES kerak? – ekspert fikri.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘zbekiston rivojlanishi uchun yana qancha elektr quvvati-yu nechta AES qurish kerak? Ushbu savolga rossiyalik sharqshunos, siyosatchi Dmiriy Verxoturov javob berdi.

Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston AES uchun maydoncha tanlash masalasini muhokama qildi

Yaqinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga bo‘lgan tashrifi chog‘ida GM Uzbekistan zavodidan 10 mingta ish o‘rni tashkil qilishni talab qildi. Sabab - bugungi kunda Andijon aholisi orasida ishsizlik darajasi 30%ni tashkil qilmoqda. Bu 400 ming kishi degani. Ulardan 283 mingi ish qidirib xorijiy davlatlarga ketgan bo‘lsa 134 mingi o‘z yurida qolmoqda. Ularga ish o‘rinlari kerak.

Dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkin-ki, zamonaviy sanoat korxonasida bir ish o‘rnini ta’minlash uchun yiliga 40 ming kVt/soat energiya kerak bo‘ladi. Masalan Rossiyaning janubiy viloyatlarida har bir ishchiga yiliga aynan shuncha miqdorda elektr energiyasi to‘g‘ri keladi. Markaziy hududlarida esa – 45,4  ming kVt/soat energiya kerak.

AQShda esa har bir ishchiga yillar energiya xarajati - 55,2 ming kVt/soatni, Avstriyada – 46 ming kVt/soatni tashkil qiladi. Muayan mamlakat va hudud uchun ushbu ko‘rsatgich, iqlim sharoiti, sanoat murakkabligi va boshqa ko‘rsatgichlardan kelib chiqqan holda turlicha bo‘lishi mumkin.

“Shuni aniq aytish mumkin-ki, odamlarni sanoat sohasida band qilish uchun - sohani yetarli miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlash kerak. Energiya ta’minotiga kafolat bo‘lmasa – investorlar ham o‘z loyihalarini boshlamaydi”, - deydi ekspert.

Oddiy hisob-kitob bilan aniqlanganda, kelajakda Andijon viloyatida 400 ming ish o‘rinlari yaratish uchun esa yiliga 16 milliard kVt/soat elektr energiyasi kerak. Bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan jami elektr energiyasining 26% yoki 4/1 qismi degani. Bunga erishish uchun Andijonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmini keskin oshirish kerak. Masalaga butun O‘zbekiston miqyosida qaraladigan bo‘lsa, yanada ko‘proq elektr energiyasi kerak bo‘ladi.

Rektor NIYaU MIFI Mixail Strixanov i glava Agentstva po razvitiyu atomnoy energetiki Uzbekistana («Uzatom”) Jurabek Mirzamaxmudov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi MIFI bitiruvchilari O‘zbekiston atom sohasini rivojlantirishga yordam beradi

O‘zbekistonda “Rosatom” O‘zbekistonda qurayotgan birinchi AES 2028-yilda  qurib bitkaziladi. Uning ikkita blokining umumiy quvvati - 2,4 gigavatt-soatni tashkil qiladi. Bir yilda ushbu elektr stansiya 17,4 milliarda kVt/soat energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Shartli ravishda, qurilayotgan AES 435 ming kishini ish bilan ta’minlaydi, deyish mumkin.

Mehnat vazirligi e’lon qilgan statistikaga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda ishsizlarning umumiy soni 1 mln 368,6 ming kishini tashkil qildi.

Albatta, ushbu fuqarolarning barchasi ham sanoat sohasida ishlamaydi va buning iloji ham yo‘q. Respublikaga qishloq xo‘jaligi ham, xizmatlar sohasi ham kerak.

Agar ushbu ishsizlardan deylik 30 %  - 410 ming kishi, kelajakda sanoat sohasida ishlasa ularga yiliga 40 ming kVt/soatdan energiya kerak bo‘ladi. Qolgan 70 %  - 960 ming kishi boshqa sohalarda ishlasa – ularga 13 ming  kVt/soatdan energiya kerak bo‘ladi.  Hisoblab chiqqanda yaqin yillar ichida O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishni 28,8 milliard kVt/soatga (+47 %) oshirish ehtiyoji paydo bo‘ladi.

Ya’ni O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun kamida yana bitta atom elektr stansiyasi kerak bo‘ladi. Xorijda ishlaydigan o‘zbekistonliklar qaytib kelganidan so‘ng (ular albatta qaytib keladi)  ularga ham ish o‘rinlari kerak bo‘ladi. Buning ustiga O‘zbekiston aholisi soni ildam o‘sib borayotganini ham unutmaslik kerak.

“Mening fikrimcha, O‘zbekistonga umumiy yilllik quvvati 87,3 mlrd kVt/soat bo‘lgan yana 8-10 ta VVER-1200 turdagi energoblok kerak bo‘ladi. Bu 5ta AES degani.O‘shanda barcha ishsizlarni yetarli darajada ish bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi”, - deb xulosa qiladi Verxoturov.

O‘zbekiston kelajakda, baribir, elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo‘lidan boradi. Tabiiy sharoit, darolar suvi, tabiiy gaz va ko‘mir resurslari kamayishini hisobga olgan holda, atom elektr stansiyalari – uzoq muddatli istiqbolda, eng ishonchli elektr manbai bo‘lib qoladi.

Albatta AES qurish, undan foydalanish -  bu oddiy ish emas. Ushbu soha har bir texnik shart o‘ta jiddiy yondashuvni va unga amal qilishni talab qiladi.

Yangiliklar lentasi
0