Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda

© SputnikKudrat Voxidov, Nasiba Nurjanova i Sardor Adizov -studenti MIFI iz Uzbekistana
Kudrat Voxidov, Nasiba Nurjanova  i  Sardor  Adizov -studenti MIFI iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbirlari Rossiyada o‘qish taassurotlari va kelgusidagi rejalarni bilib olish maqsadida Moskvadagi MIFI milliy tadqiqot yadro universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talablari bilan uchrashdi.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Bu yil o‘zbekistonlik talabalar Rossiyaning atom tarmog‘iga kadrlarni tayyorlash ta’lim dargohi - Moskva MIFI Milliy tadqiqot yadro universitetida tahsil olishni boshlashdi.

Tarixga yaqin

MIFI universiteti Rossiya poytaxti markaziga yaqin joyda “Kolomenskoe” parki oldida joylashgan.

Metrodan o‘quv korpuslariga o‘tish yo‘li aynan shu hiyobon orqali o‘tadi.

Har kuni ertalab tinglovchilar shu yo‘ldan o‘tganda shoh Aleksey Mixaylovichning qayta tiklangan saroyini ko‘rib o‘tishlari mumkin.

MIFI tashkil etilganligiga uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, atigi sal 70-yildan ko‘p, biroq o‘tgan davrda o‘q-dorilar institutidan milliy tadqiqot universitetgacha kengaydi, hatto uning tarkibida o‘zining yadroviy reaktori ham bor.  

© SputnikVoxid Kudratov, Nasiba Nurjanova i Sardor Adizov -studenti MIFI iz Uzbekistana
Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Voxid Kudratov, Nasiba Nurjanova i Sardor Adizov -studenti MIFI iz Uzbekistana

Uch bosqich va qiyin tanlov: MIFIga qanday kirish mumkin

Rossiyalik maktab o‘quvchilariga MIFIga kirish oson emas – bir o‘ringa 10 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonlik talabalar o‘rtasida tanlov bir necha bosqichda o‘tkazilib, u ham juda qiyin – bir joyga o‘ntalab nomzodlar qatnashdi.

Talabalarni birdaniga bakalavr va magistratura o‘quv dasturlariga qabul qilishdi.

Birinchi kurs talabasi Nasiba Nurjanova so‘zlariga ko‘ra, bakalavriyatga imtihon MIFIdan kelgan komissiya qabul qildi. Test sinovlari o‘zi esa YeGE shaklida o‘tkazildi.

Magistrantlar tanlovi esa O‘zbekiston fanlar akademiyasi boshchiligida bahor mavsumida boshlangan deydi o‘zbekistonlik talablar Sardor Adizov va Vohid Qudratov. Keyin MIFI tomonidan kirish imtixon qilindi. O‘zbekistonlik talablar talabalik guvohnomaga ega bo‘lish uchun uch bosqich sinovdan o‘tishdi.

© SputnikVoxid Kudratov i Sardor Adizov - studenti MIFI iz Uzbekistana
Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Voxid Kudratov i Sardor Adizov - studenti MIFI iz Uzbekistana

“MIFIda qabul qilingandek, imtihonlar qat’iy tartibda o‘tkazildi. Birinchi yozma, ikkinchi - og‘zaki”, - deb javob berdi birinchi kurs magistranti Vohid Qudratov.

Rossiyada ta’lim va vatandagi istiqbollar

Birinchi semestr qiyin o‘tdi, biroq qiziqarli bo‘ldi deb taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi talabalar.

“Umrimda birinchi sessiya bo‘ladi, albatta hayajonlayapman, ammo tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Hali sezmadik nimaligini. O‘zbekistonda olgan bilimlarimiz hozircha yetmoqda, shuning uchun o‘qishda uncha qiyinchiliklar ko‘p emas”, - deydi Nasiba.

Xobbi va hordiq uchun vaqt qolmayapti, bakalavr uchun bir kunda o‘rtacha 6 ta para, birinchi dars 8:30da boshlanadi.

© SputnikNasiba Nurjanova - studentka MIFI iz Uzbekistana
Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Nasiba Nurjanova - studentka MIFI iz Uzbekistana

“Bu yerda juda yaxshi o‘qituvchilar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar ko‘p, MIFI bunda birinchi kurs talablariga har tomonlama yordam bermoqda. Masalan, paralardan keyin bizda kimodan qo‘shimcha mashg‘ulot bo‘ldi”, - dedi Nasiba.

MIFIning eng muhim diqqatga sazovor joyi – atom reaktoriga talabalar yetib borishmadi.

“Bu korpusga kirish huquqini hali qo‘lga kiritish kerak”, - deb tushuntirishdi talabalar.

© SputnikVoxid Kudratov - student MIFI iz Uzbekistana
Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Voxid Kudratov - student MIFI iz Uzbekistana

O‘qishning birinchi oylari tez o‘tib ketdi deydi Vohid. Bakalavrlardan farqli ularoq, magistrlarda sessiya o‘tib bo‘ldi, shu sababli ularning ishi ancha yengil.

“Vaqt qanday tez o‘tganini bilmay qolasan. MIFIdagi ilmiy muhit, albatta ilm bilan shug‘ullanishni davom etishga undaydi, biroq ungacha biz atom sohasida tajriba to‘plashimiz, hammasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz kerak”, - deydi u.

Magistraturaning birinchi kurs talabasi Sardor Adizov o‘zi uchun magistraturadan so‘ng aspiranturaga o‘qishga kirishga qaror qildi, kelajakda esa Toshkentda yaqinda ochilishi rejalashtirilgan MIFI filialida ishlashni orzu qilmoqda.

Talabalar bilan “O‘zatom” bilan mehnat shartnomalarni imzolash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Davlat kompaniyasi vakillari muntazam ravishda tinglovchilar bilan uchrashmoqda.

“Hozir shartnoma tayyorlanmoqda, yaqin vaqtlarda barcha hujjatlarni imzolaymiz”, - deb qo‘shimcha qildi Vohid.

© SputnikSardor Adizov - student MIFI iz Uzbekistana
Rossiya O‘zbekiston AES uchun mutaxassislarni qanday tayyorlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Sardor Adizov - student MIFI iz Uzbekistana

O‘zbekistonlik talablarda kelajakka ishonch bor - respublikaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji o‘sib bormoqda, quriladigan AES - atom elektroenergiyasini ishlab chiqarishni to‘g‘ri hajmda ta’minlashning eng samarali usuli hisoblanadi, ya’ni oldinda ish juda ko‘p.

O‘zbekistonda birinchi atom elektrostansiyasi “Rosatom” davlat korporatsiyasi o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikda barpo etiladi. Loyihani 2028-yilgacha bajarish rejalashtirilgan. AES 2,4 GVt quvvatli ikkita blokdan iborat bo‘lib, nafaqat davlatning katta qismini arzon elektrenergiya bilan ta’minlaydi, balki qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyatini beradi.

Stansiyadan tashqari, respublikada ushbu soha uchun kadrlarni tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi. Xususan, yaqin yillarda respublikada ochilishi rejalashtirilgan MIFI universitetining O‘zbekistondagi filialida mutaxassislar tahsil oladi.  

Yangiliklar lentasi
0