Ifloslantiruvchi to‘laydi: O‘zbekistonda yangi strategiya tasdiqlandi

© © SputnikPark Dunyoi afsona posle otkritiya, arxivnoe foto
Park Dunyoi afsona posle otkritiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Strategiya doirasida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimi yaratiladi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. 2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Eksperimentalniy proyekt po ustanovke podzemnogo musorosborochnogo punkta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yerosti chiqindi yig‘ish punkti o‘rnatildi

Qaror bilan 2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi tasdiqlandi.

Strategiya doirasida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimi yaratiladi.

Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari uchun 57 ta yangi avtopark quriladi va 44 ta avtopark ta’mirlanadi.

2022 yildan 2025-yilgacha shaharlarning ko‘p qavatli turar joy sektorida 5 turdagi alohida belgili konteynerlar o‘rnatish asosida qattiq maishiy chiqindilar saralab yig‘iladi.

Musor na poligone tverdix bitovix otxodov - Sputnik O‘zbekiston
Ohangaron tumanida chiqindi poligonidan biogaz olib, elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Obodonlashtirish obyektlarida “Toza shaharda bahor” va “Toza shaharda kuz” yoshlar aksiyalari, Butunjahon atrof muhit kuniga bag‘ishlangan “Toza shahar” ekologik aksiyalari o‘tkaziladi.

“Ifloslantiruvchi to‘laydi” Strategiyaning asosiy prinsiplaridan biridir. Unga muvofiq, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar chiqindilarni hosil qiluvchilar tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Strategiyani amalga oshirish uchun jami 2 mlrd 188 mln 200 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi.

Strategiya quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- birinchi bosqich (2019-2021 yillar) – qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik bazasini va iqtisodiy tartibotlar mexanizmlarini takomillashtirish;

Parijdagi musor qutilari - Sputnik O‘zbekiston
Qishloqda ham chiqindi tashlash joyi zarur

- ikkinchi bosqich (2022-2028 yillar) – qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish bo‘yicha infratuzilmani rivojlantirish.

Ikkinchi bosqichda quyidagilarga erishish belgilangan:

- aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar bilan qamrab olishni 100 foizga yetkazish;

- hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarning kamida 60 foizini qayta ishlashni ta’minlash;

- o‘ziga xos qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 25 foizgacha oshirish;

- poligonlarga ko‘mish uchun yo‘naltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini 60 foizgacha kamaytirish;

- yopilgan poligon yerlarini to‘liq rekultivatsiya qilish;

- qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarida muqobil energiya manbalaridan 35 foizgacha foydalanish;

Chiqindini qayta ishlash - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chiqindi to‘plash tizimi achinarli ahvolda

- poligonlar holati monitoringini (yer osti (sizot) suvlari va atmosfera havosining holati ustidan nazorat) 100 foizgacha ta’minlash.

Qaror bilan Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqiladi.

Ko‘p kvartirali turar-joy sektorlarida qattiq maishiy chiqindilar alohida olib chiqib ketish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0