TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Toshkentda sinov tariqasida birinchi yerosti chiqindi yig‘ish punkti o‘rnatildi, deb xabar berdi "Novosti Uzbekistana".
Bu O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Uchta konteynerdan iborat chiqindi yig‘ish qutilari Yashnobod tumanidagi To‘ytepa ko‘chasida o‘rnatildi.
Chiqindilar sig‘imi 500 kilogrammga yaqin bo‘lgan maxsus konteynerlarda to‘planadi.
Chiqindi konteynerga vertikal quvur orqali lyuklar yordamida tushadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yerosti konteynerlari estetik ko‘rinish, markazlashgan elektr va gaz ta’minotiga ehtiyoj yo‘qligi, chiqindi yig‘ishning qulayligi bilan ajralib turishini ta’kidlashmoqda.
Bu loyiha O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham joriy etilishi rejalashtirilgan.