Ohangaron tumanida chiqindi poligonidan biogaz olib, elektr energiyasi ishlab chiqariladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMusor na poligone tverdix bitovix otxodov
Musor na poligone tverdix bitovix otxodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha natijasida 16 megavatt yoki 10 mingta xonadon iste’moli uchun yetarli elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur yo‘nalishdagi ishlar hali yetarli emasligi, yana qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi.

Goroda Rossii. Magas - Sputnik O‘zbekiston
Chiqindilarni saralab jamlash majburiy bo‘ladi

“Aholini chiqindi tashish xizmati bilan 100 foiz qamrab olish uchun yana 500 ta maxsus texnika sotib olish, sohada davlat-xususiy sheriklik yo‘nalishini keng joriy etish, aholidan to‘lovlarni Majburiy ijro burosi tomonidan yig‘ish bo‘yicha topshiriqlar berildi”, - deyiladi xabarda. 

Xabarga ko‘ra, Ohangaron tumanida Janubiy Koreyaning “Sejin” kompaniyasi bilan hamkorlikda 55 million dollarlik loyiha boshlangan bo‘lib, ushbu loyiha natijasida chiqindi poligonidan biogaz olib, 16 megavatt yoki 10 mingta xonadon iste’moli uchun yetarli elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

“Sohada dunyo tajribasida keng qo‘llanilayotgan “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili asosida yangi tartib joriy qilish kerak. Ya’ni mahsulotdan hosil bo‘ladigan chiqindini utilizatsiya qilish uni ishlab chiqaruvchi korxonalar hisobidan qoplanishi lozim. Bu xarajatlarning odamlarga og‘irligi tushmasligi kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hududlarni ifloslantirganlik uchun javobgarlikka tortishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi.

 

Yangiliklar lentasi
0