O‘zbekistonda chiqindi to‘plash tizimi achinarli ahvolda

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishChiqindini qayta ishlash
Chiqindini qayta ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yili 100 million tonna sanoat chiqindilari, 35 million kub metr maishiy ro‘zg‘or chiqindilari hosil bo‘ladi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash tizimi achinarli ahvolda va uni tubdan modernizatsiya qilish lozim, dedi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov.

Uning aytishicha, bugungi kunda har yili 100 million tonna sanoat chiqindilari, 35 million kub metr maishiy ro‘zg‘or chiqindilari hosil bo‘ladi.

"Bu chiqindilarni utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan tizimli korxonalarni mavjud emasligi natijasida respublika miqyosida 2 milliard tonna chiqindi to‘planib qolgan. Chiqindilar to‘planadigan va qayta ishlaydigan aksariyat chiqindixonalarning holati achinarli ahvolda. Mazkur ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartirishda esa, chiqindilarni utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan korxonalarni tizimli tashkil etish, ularga soliq imtiyozlari berish alohida ahamiyat kasb etadi", — dedi nomzod.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2012-yil o‘rtalaridan boshlab chiqindini alohida to‘plash tajribasi qo‘llanilmoqda. Masalan, qattiq maishiy chiqindilar quyidagi turlarga bo‘lingan holda to‘planishi lozim: plastmassa, metall, qog‘oz, biologik va shisha chiqindilar.

Chiqindi to‘playdigan punktlar chiqindini alohida to‘plash uchun farqlanuvchi rang, yozuv va belgiga ega maxsus konteynerlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.

O‘zbekistonda Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka nomzodlar to‘rt nafarni tashkil etadi. O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" Sarvar Otamuratov, "Adolat" Narimon Umarov nomzodini ilgari surgan. O‘zbekiston XDP Hotamjon Ketmonov nomzodini tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0