Kreml aloqada: Putinning telefonini eshitish mumkinmi?

© Sputnik / Michael Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora s patriarxom konstantinopolskim Varfolomeyem iz svoyey rezidensii v Ankare
Prezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora s patriarxom konstantinopolskim Varfolomeyem iz svoyey rezidensii v Ankare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirol va prezidentlar o‘rtasidagi telefon aloqa qanday tashkillashtirilgan? RIA Novosti ushbu savolga javob topdi

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Yaqinda Ukraina prezidenti Potr Poroshenko Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan chegara voqeasidan so‘ng rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga telefon qilib tusha olmaganidan nolidi. Moskva bu xabarni tasdiqladi: yetakchilar o‘rtasida telefon muloqoti haqiqatdan ro‘y bermagan va Kreml tomonidan yaqin vaqtda rejalashtirilmayapti ham.

Yuriy Shvitkin - Sputnik O‘zbekiston
Kerch bo‘g‘ozidagi holat AQSh tomonidan sahnalashtirilgan - Shvitkin

Bu hodisa sabab, davlat va hukumat rahbarlari o‘rtasida telefon muloqoti qanday o‘tishi, bu muloqotlar qay darajada himoyalangan va xuligan-prankerlar qanday qilib vaqti-vaqti bilan dunyodagi eng muhim shaxslarga telefon qilib tusha olishlari to‘g‘risida qizg‘in muhokamalar yana avj oldi.

RIA Novosti bu savollarga javob topdi.

Prezidentlar bir-biriga telefon qilib tusha olmasliklari mumkinmi?

Poroshenko Putinga "telefon qilib tusha olmagani" davlatlararo munosabatlar amaliyotida kam bo‘lsa-da, uchrab turadi. Bu yerda gap tabiiyki, Ukraina prezidenti raqam tergani emas, balki Rossiya prezidenti go‘shakni ko‘tarmagani yoki bosib qo‘ygani haqida bormoqda.

Yuqori martabali amaldorlar o‘rtasidagi telefon muloqotlari oldidan qator majburiy bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi va bunday suhbatlarga jonli muzokaralardan kam bo‘lmagan darajada tayyorgarlik ko‘riladi.

"Telefon orqali muloqot qilish" taklifi qoidaga muvofiq manfaatdor tomondan diplomatik kanallar orqali – TIV yoki uning chet eldagi vakolatxonasi, ya’ni elchixona orqali yuboriladi", - deb hikoya qiladi RIA Novostiga o‘n yil davomida – SSSR prezidenti Mixail Gorbachov va Rossiya prezidenti Boris Yelsin rahbarligida Kreml protokol xizmatini boshqargan Vladimir Shevchenko.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
“Ahmoq”dan “kampir”gacha: siyosatchilar bir-birlarini qanday “siylashadi”

Bunday taklifni bildira turib, aloqa vaqti va suhbat mavzusi ko‘rsatiladi. Garchi diplomatik etikada majburiy etib ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, muhokama qilinishi kutilayotgan taxminiy savollar misol tarzida keltirilishi mumkin.

"Rahbarlarning kotibalari tomonidan beriladigan "Qaysi masala bo‘yicha?", - degan savolni protokol xizmatidan eshitmaysiz, bu aniq, deya miyig‘ida kuladi Shevchenko va umuman olganda, so‘nggi yillarda diplomatik etika to‘g‘risidagi tasavvurlar juda o‘zgarganligini ta’kidlaydi.

"Abonent xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida"

Muloqotning nafaqat mavzusi, balki qo‘ng‘iroq vaqti ham kelishiladi. Agar taklif etilayotgan vaqt suhbatga chorlanayotgan tomonni qoniqtirmasa, ikkinchi tomon o‘z variantini aytadi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin: grafik tig‘izligi, yetakchining muloqot doirasidan tashqaridaligi, uning salomatligi holati. Lekin aslida bularning barchasi qo‘ng‘iroqni boshqa kunga o‘tkazish yoki muloqotdan voz kechish uchun bir sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Aslida, sabablar tushuntirilmagan holda ham “afsuski, muloqot amalga oshirila olmaydi”, deya telefon qo‘ng‘irog‘idan voz kechish mumkin.

Vladimir Shevchenkoga ko‘ra, "xizmat doirasidan tashqarida bo‘lgan abonent" aloqada ma’no ko‘rmasa, uni behuda va hatto, zararli, deb hisoblasa shunday bo‘lishi mumkin. Xususan, Vladimir Putin ham Petr Poroshenkoning saylov kampaniyasida ishtirok etishni xohlamasligini bildirib muloqotni rad etishini ma’lum qilgan edi.

Sadullo Murodilloyev i Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov siyosiy arbob sifatida jahonda qanday obro‘ga ega bo‘lgan? - Xos soqchi xotiralari

"Telefon muloqotni tasdiqlatish jarayoni bir necha soat emas, balki bir necha kunni olishi mumkin — hammasi muayan holatga bog‘liq”, — deydi o‘tmishda Rossiyaning Janubiy Koreya, Yaponiya, Norvegiyadagi elchisi, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan va ayni vaqtda MGIMO diplomatiya kafedrasi mudiri bo‘lgan Aleksandr Panov.

"Muayan holat" — bu davlat rahbarlari ish grafigi zichligi, muloqot bo‘yicha kelishmovchiliklarga, shuningdek rahbarlarning shaxsiy munosabatlari: do‘stona-ishonchli, neytral, zo‘rma-zo‘raki yoki hatto dushmanona bo‘lishiga bog‘liq.

Shunday bo‘lsa-da, Rossiyaning kelishmovchiligi ko‘p bo‘lgan mamlakat yetakchilari bilan ham muloqotlar muntazam bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda.

Aleksandr Panov va Vladimir Shevchenko ham shuni ta’kidlaydilarki, yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning rahbarlar qaynoq liniya rejimida zudlik bilan muloqot qilishlari kerak bo‘lgan alohida, favqulodda vaziyatlarga mutlaqo aloqasi yo‘q. Favqulodda holatlarda ular tezda, dastlabki muhokamalarsiz muzokaralarga kirishadilar. Bunday kanal Kreml va Oq uyni, ilgarilari esa – "katta yettilik"”ning barcha yetakchilarini bog‘lab turardi. Bundan tashqari, Moskva va Vashington o‘rtasida matn rejimidagi qaynoq liniya doimo ochiq.

Liniyadagi odamlar

Davlat rahbarlari telefon orqali muloqotni hech qachon bir o‘zlari olib bormaydilar. Hatto ikkala yetakchi ham bir tilda erkin so‘zlasha olsalar-da, protokol har ikkala tomondan tarjimonlar bo‘lishini talab etadi.

"Bugungi kunda deyarli barcha rahbarlar tillarni biladilar: Angela Merkel rus tilida gapiradi va tushunadi, Vladimir Putin nemis tilida erkin so‘zlasha oladi va ingliz tili borasidagi bilimlari ham yomon emas. Ammo maysazorda yakkama-yakka suhbatlashish bilan telefon orqali bo‘ladigan muhim muloqotni solishtirib bo‘lmaydi, albatta.

Zasedanie Genassamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Internetda Poroshenko BMTda “adashib qolishi” kulguga qoldi

Jumlalarning aniqligiga ko‘p narsa bog‘liq: omadsiz jumla, yuzaga kelgan ikki xil ma’noli gaplar juda yoqimsiz oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin”, - deydi Vladimir Shevchenko.

Tarjimon o‘z rahbarining gaplarini yashin tezligida (odatda sinxron emas, balki ketma-ketlikda) tarjima qilishi, rahbari aytgan g‘aliz jumlalarni to‘g‘irlashi ham kerak bo‘ladi. Buna u bor mas’uliyatni o‘z gardaniga oladi.

Shu bois davlat rahbarlarining telefon muloqotlarida tarjimonlar roli beqiyosdir.

Bu sex veteranlarining xotiralariga ko‘ra, ular uchun Brejnev bilan ishlash oson bo‘lgan – u hech qachon ichidan gap to‘qib chiqarmagan, oldindan tayyorlangan matnni o‘qigan, bu matnning bir nusxasi tarjimonda ham bo‘lgan.

Agar Rossiya prezidenti muloqotni Kremldan yoki podmoskovyedagi qarorgohidan olib borsa, tarjimon odatda o‘z ish kabinetida - TIV binosida o‘tiradi. Liniyada boshqa shaxslar — aloqa sifati va uzluksizligiga javobgar texnik mutaxassislar, xavfsizlik xizmati zobitlari bo‘lishi mumkin.

Apparat ortidagi kim?

Ilk telefon qo‘ng‘irog‘i 1876-yilning 10-mart sanasida Buyuk Britaniyada aloqaning bu turi kashfiyotchisi Aleksandr Bell va uning yordamchisi Tomas Vatson o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, o‘sha vaqtdan buyon telefoniya xizmati shu turda uzatiladigan axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan ham takomillashtirilib kelingan.

Rossiyaga telefonlar 19-asr oxirida kirib kelgan. 1881-yilda Gatchinsk saroyida ilk "shohona" apparatlar o‘rnatilgan, kelgusi yilda Qishki saroy ham telefoniyalashtirilgan.

Nokia Mobira Cityman 1987 - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning birinchi mobil telefoni  namoyish etildi

Oktabr inqilobidan keyin lenin hukumati Petrograddan Moskvaga ko‘chib o‘tgan va 1918-yilda Kreml 100ta raqamga ega kommutator bilan jihozlangan.

Uzoq vaqtlargacha davlatning yuqori martabali shaxslari oddiy kishilar singari oddiy apparatlardan foydalanganlar. Tabiiyki bunday aloqa hech qanday muhofazaga ega bo‘lmagan, suhbatlar esa qoidaga muvofiq eshitib borilgan – ayniqsa hukumat idoralarida.

Qirol davrida "tinglash" bilan rasman saroy politsiyasi xodimlari shug‘ullangan bo‘lsalar, sovet davrida – maxsus xizmatlar va ulargina emas. Xususan, Iosif Stalinning kotibi Boris Bajanov kunlarning birida o‘z rahbarini kreml abonentlari suhbatlarini tinglayotgan vaqtida ko‘rib qolganini esga olgan. Bu 1923-yilda Lenin hayotligida ro‘y bergan. 1930-yillarda Stalin oddiy shahar raqamiga ega bo‘lgan va unga istalgan kishi telefon qilib tushishi mumkin bo‘lgan. Adashib tushganlar ham bo‘lib turgan.

Sal keyinchalik hukumatga qarashli ATS-1 va ATS-2lar, "kremlevka", "vertushka", va maxsus himoyalangan kanallar paydo bo‘lgan...

Hozirda davlat rahbarlari va hukumat foydalanadigan aloqa liniyalari moslamalari suhbatni tinglashga va unga aralashishga yo‘l qo‘ymaydigan ko‘pbosqichli himoyaga ega.

Bunda ovoz yetkazuvchi analog signal raqamliga aylanib, murakkab kriptografik kalit ko‘rinishini oladi va seans vaqtida bir necha marotaba va turli vaqtlarda boshqasiga o‘zgaradi. Barcha kalitlar tasodifiy raqamlar uslubi orqali kompyuterlar bilan generatsiya qilinadi, qolaversa terish algoritmi ham "harakat" davomida o‘zgaradi.

KPP  - Sputnik O‘zbekiston
Dron, viski va oyoq qismiga skotchlab yashirilgan telefonlar: bojxona tekshiruvi

Signal jiddiy himoyalangan aloqa tarmog‘idan chiqaverishda shifrlanadi va aloqaning narigi tomonida rasshifrovka qilinali. Agar liniyaga sanksiyalanmagan ulanish sodir bo‘lsa, seans avtomatik ravishda uziladi.

"Bunday sharoitlarda liniyaning narigi tomonida apparat oldida kim ekanligini qo‘shimcha ravishda tekshirishga hojat yo‘q, - maxsus aloqaga kirish sanoqli odamlargina ega", - deydi Aleksandr Panov.

Yovuz niyatlilar va hazilkashlar

Jiddiy himoya choralariga qaramay, vaqti-vaqti bilan janjallar yuzaga kelib turadi.

2015 yilda WikiLeaks ommaga e’lon qilgan hujjatlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Yevropa davlatlari rahbarlari telefon muloqotlarini muntazam ravishda eshitib borgan.

Xususan, Germaniya federal kansleri va Fransiya  prezidentlari telefon muloqotlarini.

Ikki yil oldin amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden ham bu haqda xabar qilgan. AQShning sobiq prezidenti Barak Obama har gal ittifoqdosh davlatlar yetakchilari ortidan kuzatish amaliyotiga nuqta qo‘yilganini aytib, ishontirgan.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya prezidenti rossiyalik telefon xuliganlariga kulgi bo‘ldi

Bu kabi holatlar rahbarar himoyalanmagan yoki yomon himoyalangan kanallardan, yoxud eskirib qolgan, ya’ni buzg‘unchilar tera oladigan doimiy kalitlar qo‘llaniladigan himoya tizimidan foydalanganlarida yuzaga kelishi mumkin. Kreml aloqachilari tomonidan qo‘llaniladigan kriptografik kalitni buzish uchun bir yarim yil kerak bo‘ladi, bu kalit esa atigi bir necha daqiqa amal qiladi va shundan so‘ng yangisiga almashtiriladi.

"Rossiya prezidenti telefon muloqotlaridagi himoyani buzish va eshitishning bugun imkoni yo‘q”, - deydi ishonch bilan Vladimir Shevchenko.

Rossiya prezidentiga telefon xuliganlari ham hazil qila olmaydi. Bu borada uning chet eldagi hamkasblari istisno, albatta.

2005 yil oxirida ispan radiostansiyasi Boliviyaning yangi saylangan prezidenti Evo Morales ustidan hazil qilgan edi. Pranker o‘zini Ispaniya bosh vaziri Xosu Luis Rodriges Sapareto etib tanishtirib, prezidentni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan.

2008-yilda bir juft kanadalik kulgu ustalari AQShning Respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzodi Sara Peylin ustidan hazil qilishgandi. Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi etib o‘zini tanishtirgan va respublikachilarning saylovoldi dasturlari, shuningdek, Sarkozining xotini Karla Brunini muhokama qilishgan edi.

Rossiya yetakchisida bunday hodisalar ro‘y berishi mumkin emas, chunki TIV va Kreml ma’muriyati prezidentga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlarni ishonchli filtrlaydi, deb tushuntiradi Shevchenko.

Lekin bu vaziyatning aksi ro‘y berishi mumkin – prankerlardan biri Kremldan qo‘ng‘iroqni imitatsiya qilishi ehtimoli mavjud. Shevchenkoning fikricha, Vladimir Putinning jahondagi mashhurligi bunga sababdir.

Rossiyalik prankerlar Vovan (Vladimir Kuznetsov) va Leksus (Aleksey Stolyarov) xuddi shunday qilishgan, ular Putin nomidan britaniyalik qo‘shiqchi Elton Jonga Rossiyadagi LGBT-hamjamiyati muammolarini muhokama qilish uchun qo‘ng‘iroq qilishgan. Yigitlarning bu qilmishi uchun Putinning o‘zi kechirim so‘ragan, u Elton Jon bilan "rostakamiga" telefonlashgan.

Vovan va Leksus davlat rahbarlari bilan ham hazillashib, ularni chuv tushirishgan. Masalan, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni.

Yangiliklar lentasi
0