Dron, viski va oyoq qismiga skotchlab yashirilgan telefonlar: bojxona tekshiruvi

© © Sputnik / Amir IsayevKPP
KPP  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro bel va oyoq qismlariga skotchlab yashirilgan holda 48 dona uyali aloqa vositalarini respublikaga olib kirayotganida to‘xtatib qolindi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan taqiqlangan yoki sifati kafolatlanmagan tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan bir nechta holatlar aniqlandi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Sobaka kinologicheskoy slujbi  - Sputnik O‘zbekiston
Seks-o‘yinchoqlar, kolbasa, o‘rgimchak: yo‘lovchilar bagajida topilgan eng g‘alati narsalar

Jumladan “Yallama” chegara bojxona postiga “Neksiya” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan Z.A. ismli fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirilishi taqiqlangan hamda belgilangan meyorlardan ortiqcha bo‘lgan narxi 5,3 mln. so‘mlik 1 dona uchuvchisiz uchish apparati, 1 dona elektroshoker, 14 shisha konyak va viskilarni noqonuniy ravishda respublikaga olib kirayotgani aniqlandi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan X.T.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida esa og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan hamda tegishli  meyordan ortiqcha bo‘lgan qiymati 6,8 million so‘mlik 19 turdagi, 342 dona ko‘zoynaklarni yashirib olib kirish holati aniqlandi.

"Mazkur post xodimlarida shubha uyg‘otgan yana bir fuqaro A.Sh.  xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, bel va oyoq qismlariga skotchlab yashirilgan holda qiymati 2,4 million so‘mlik 48 dona uyali aloqa vositalarini respublikaga olib kirayotganida to‘xtatib qolindi", - deyilgan xabarda.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvi olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0