Islom Karimovning birinchi mobil telefoni  namoyish etildi

© NokiaNokia Mobira Cityman 1987
Nokia Mobira Cityman 1987 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fotosuratda ko‘rinib turgan telefon afsonaviy Nokia kompaniyasining 1987-yilda ishlab chiqarilgan modeli – Mobira Citymanni tanish mumkin.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkent shahrida joylashgan aloqa tarix muzeyida O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimovning birinchi uyali aloqa apparati namoyish etildi, Surxondaryo hokimligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Ushbu telefon apparati orqali Islom Karimov 1992-yilning 26-avgustida O‘zbekiston tarixida birinchi uyali aloqa suhbatini amalga oshirgan.

Fotosuratda ko‘rinib turgan telefondan afsonaviy Nokia kompaniyasining 1987-yilda ishlab chiqarilgan modeli – Mobira Cityman, (yoki Nokia Cityman) telefonini tanish mumkin.

© NokiaNokia Mobira Cityman 1987
Islom Karimovning birinchi mobil telefoni  namoyish etildi - Sputnik O‘zbekiston
Nokia Mobira Cityman 1987

Nokia Mobira Cityman 900 telefon apparati 1987-yilda Finlandiyaning afsonaviy kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu telefon orqali 1987-yilning 9-aprelida Mixail Gorbachev Xelsinkidan Moskvaga qo‘ng‘iroq qilgan edi.

© NokiaNokia Mobira Cityman 1987
Islom Karimovning birinchi mobil telefoni  namoyish etildi - Sputnik O‘zbekiston
Nokia Mobira Cityman 1987

Nokia  Mobira Cityman o‘z davrining eng ilg‘or apparati bo‘lgan: telefon yangi  NMT900  aloqa standartida ishlagan, uning og‘irligi 760 gramm bshlgan. Bundan oldingi mobil telefonlar og‘irligi 5 kg atrofida bo‘lgan.

Aynan ushbu telefonning monoblok shaklidagi ko‘rinishi (form-faktor) kelajakda barcha uyali aloqa apparatlari uchun standartga aylanadi. Telefonda qo‘ng‘iroq qilishdan tashqari ilk bor sms yuborish funksiyasi paydo bo‘ladi. 

© NokiaNokia Mobira Cityman 1987
Islom Karimovning birinchi mobil telefoni  namoyish etildi - Sputnik O‘zbekiston
Nokia Mobira Cityman 1987

O‘sha vaqtda uning narxi 5000 $ atrofida, aloqa xizmatlari narxi esa: chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun daqiqasiga - 2 $, kirish qo‘ng‘iroqlariga - 1$ bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0