Rossiyadagi o‘zbek mahsulotlari: Onishenko asosiy muammo haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZampredsedatelya komiteta Gosdumi RF po obrazovaniyu Gennadiy Onishenko
Zampredsedatelya komiteta Gosdumi RF po obrazovaniyu Gennadiy Onishenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gennadiy Onishenko Sputnik O‘zbekiston agentligiga bergan intervyusida o‘zbek milliy oshxonasiga munosabati haqida gapirib, nega O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hammasi ham Rossiya savdo rastalarigacha yetib bormasligini tushuntirdi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Rossiyaning sobiq Bosh sanitar vrachi, hozirda Gosduma deputati Gennadiy Onishenko O‘zbekistonga bir kunlik safarni amalga oshirdi. Sputnikka bergan eksklyuziv intervyusida u o‘zbek meva va sabzavotlari foydasi hamda o‘zbek oshxonasidan qaysi taomni sevib iste’mol qilishi haqida gapirdi.

Gar sog‘lom bo‘lay desang

Toshkentga uyushtirgan safari davomida rossiyalik vrach-epidemiolog dastlab Tibbiyot akademiyasiga qadamranjida qildi, u yerda o‘zbek hamkasblari bilan muloqotda bo‘ldi va oliygoh talabalari uchun ma’ruza o‘qidi.

Brifing Ministerstva oboroni RF po bioorujiyu - Sputnik O‘zbekiston
Onishenko MDHdagi AQSh biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash

Uchrashuv yakunida Gennadiy Grigoryevich Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bir necha daqiqa ajratdi hamda kun tartibida turgan qator dolzarb savollarga javob berish asnosida ikki davlat o‘rtasida tibbiyot va ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida gapirdi.

An’anaga muvofiq, ma’ruza yakunida mehmonga zarchopon kiydirildi va do‘ppi sovg‘a qilindi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGennadiy Onishenko v uzbekskom chapane i tubeteyke
Rossiyadagi o‘zbek mahsulotlari: Onishenko asosiy muammo haqida gapirdi - Sputnik O‘zbekiston
Gennadiy Onishenko v uzbekskom chapane i tubeteyke

Moskva delegatsiyasi tashrifining bosh maqsadi — ta’lim va ekologik dasturlar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Gennadiy Grigoryevich, Rossiyada turli tadbirlar o‘tkazilishini ta’kidladi – masalan, o‘tgan yilda qattiq chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha tanlov, shuningdek, ekologik mavzular bo‘yicha shanbalik va leksiyalar o‘tkazilgan. Bu yil esa, Onishenkoning aytishicha, "Ovqatlanish va uzoq umr" mavzusida tanlov rejalashtirilgan.

"Bizdagi bu tanlovlar xalqaro maqomga ega, o‘tgan yil Belarus va Donbassdan bolalar qatnashishgan. Umid qilamizki, kelasi yilda o‘zbekistonliklar ham qo‘shilishadi", - deb hikoya qildi deputat.

privet s kanatnoy dorogi Chimgan - Sputnik O‘zbekiston
Chimon - MDHda eng ommabop oromgohlar beshtaligiga kirdi

Rossiya delegatsiyasining Toshkentga tashrifi ham ushbu tanlovda O‘zbekistondan bolalar ishtirok etishiga bag‘ishlangan edi.

"Agar respublikadan ham bolalarishtirok etishsa, yaxshi bo‘lardi. Bu uchun stimul ham bor - g‘oliblar, qoidaga muvofiq - "Artek"da yig‘ilishadi… Bu sovet davridayoq mashhur bo‘lgan lager bo‘lib, juda zo‘r holatga keltirilgan, va hatto men, sanitar vrach sifatida qanchalik injiq bo‘lmayin, ushbu bolalar markazidagi holatni ko‘pincha aybsitolmayman", — dedi hazil aralash Onishenko.

O‘tgan yil tanlovda ikki millionga yaqin odam ishtirok etgan, "Artek"kacha 200 yetakchi yetib bora olgan, xolos.

"Ilgarilari bir davlat, bitta tajriba edi. O‘tgan hayotimizda bo‘lgan eng yaxshi tajribalarni hozirgi hayotimizga qaytarishimiz kerak", - deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Onishenko.

Tibbiyot sohasidagi kadrlar haqida gapirar ekan, Gennadiy Grigoryevich Rossiyada bugungi kunda O‘zbekistondan bo‘lgan talabalar soni ko‘pligini, ularning aksariyati tibbiy oliygohlarda tahsil olishini qayd etdi. Shu bilan birga, kelgusida respublikada Rossiya tibbiyot universitetlari filiallari paydo bo‘lishini istisno etmadi, "albatta, agar shunga zarurat va ikkiyoqlama qiziqish bo‘lsa", - deb qo‘shimcha qildi u.

Xurma Korolek - Sputnik O‘zbekiston
Tumenda O‘zbekistondan keltirilgan bir partiya mevalar yo‘q qilindi

"Bunday masala hali muhokama qilingan emas, chunki bu katta mehnat va xarajatlarni talab etadi. Bino qurish talab etiladi, kadrlar masalasini hal etish. Chunki, Rossiyadan qatnab talabalarni o‘qitish ham ish emas, bilasiz. Lekin tomonlar hal etsa, bunday filialni ochishdan naf bor, bundan ikkala davlat ham foyda ko‘radi", — deb izoh berdi Onishenko.

Foydali palov, ta’qiqlangan vino va zararli turshaklar

Turli oziq-ovqatlar borasida o‘zining shov-shuvli va tanqidiy bayonotlari bilan mashhur Gennadiy Onishenko o‘zbek oshxonasining faxri - palov haqida maqtovlarini ayab o‘tirmadi. Unga ko‘ra, bu taom, agar u meyorda, qolaversa ko‘k choy bilan birgalikda iste’mol qilinsa foydadan xoli emas.

"Palov - bu bayramona taom. Buning uchun O‘zganning malla guruchi, zira, zirk kerak... Hammasi qoidaga muvofiq bajarilsa - bu sog‘liq uchun foydali.  Albatta, palovni meyorda iste’mol qilishganda", — deydi u, Moskvada bugungi kunda ko‘plab joylarda palov tayyorlanishi va bu taom juda ommabopligini qo‘shimcha qilgan holda.

Gennadiy Onishenko turli yillarda Rospotrebnadzor rahbari sifatida o‘zi ta’qiq qo‘ygan mahsulotlarga to‘xtalar ekan, u yoki bu iste’mol mollari birinchi navbatda qalbakiligi uchun "qora ro‘yxat"ga tushganligini aytdi.

Kak v Rossii unichtojayut sanksionnie produkti - Sputnik O‘zbekiston
Xabarovsk aeroportida 440 kg O‘zbekiston mevalari yo‘q qilindi

"O‘sha vaqtda soxtalashtirilgan iste’mol mahsulotlari hajmi ortib ketgan va ular qo‘yilgan talablarga mutlaqo javob bermasdi. Masalan: Moldova hududida yetishtirilgan uzumdan 20 million dekalitr vino ishlab chiqarish mumkin edi. Rossiya bozorida esa bu ichimlik miqdori 40 million dekalitrni tashkill qilgan - asosiy qismi soxta mahsulot bo‘lgan", — deya eslatdi Rossiyaning sobiq Bosh sanitar vrachi.

Onishenkoning fikricha, unga Gruziyada haykal o‘rnatishlari kerak – pnega deganda, u o‘zining ta’qiqlari va kontrafaktlarga qarshi kurashgani bilan o‘ta noyob vinochilik madaniyatini saqlab qolishga yordam bergan.

"Gruziya hududida yaxshi vinoni xarid qilish imkoni yo‘q, hammasi soxta mahsulot edi. Hozir esa hammasi izga tushdi va gruziya vinosi rossiya bozoriga qaytdi", - deb qo‘shimcha qildi u.

Onishenkoga ko‘ra, o‘zbek mahsulotlarini bu muammoga taqqoslab bo‘lmaydi, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zbek mahsulotlari Rossiyada juda yetishmaydi.

Onishenko sovet davrida O‘zbekiston faqat paxta yetishtirgani va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kam yetishtirilgani haqida eslatib o‘tdi.

"Noyob o‘zbek dehqonchilik madaniyati, xudoga shukrki, hozirda tiklanmoqda. Lekin o‘zbek poliz mahsulotlari va mevalari bizlarda yetishmaydi. Albatta, ko‘proq bo‘lishini xohlardik. Men, misol uchun o‘zbek qalampirini yaxshi ko‘raman - u achchiqroq. Va albatta, behi, xurmo, shaftoli va boshqa mahsulotlarni... Yana g‘o‘zapoya o‘tinida pishirilgan tandir nonlar juda mazali bo‘ladi, ta’mi boshqacha bo‘ladi", - deb qayd etdi Onishenko.

Onishenkoga ko‘ra, agar O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgan taqdirda, bu o‘zbek meva-sabzavotlarining eksporti salmoqli oshishiga turtki bo‘lar edi.

Sobranniy urojay pomidorov  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtirib Yaponiyaga sotmoqchi

"Yagona bozor bojxona to‘siqlarisiz o‘zaro mahsulot almashish imkoniyatini yaratadi. Gar Rossiya va O‘zbekistonda sifatsiz mahsulotlar aniqlansa, ularga nisbatan tegishli choralar qo‘llaniladi", - deb tushuntirdi Rossiya parlament vakili.

Yaqinda OAVlarda tarqalgan, O‘zbekistondan keltirilgan bir necha partiya quritilgan mevalar yo‘q qilinishi bilan bog‘liq xabarlarga izoh berar ekan, Rossiyaning sobiq bosh sanitar vrachi O‘zbekistondan Rossiyaga mahsulotlar olib kirilishi ta’qiqlanmagani, ammo qat’iy sanitar talablar mavjudligi, va shular asosida aniq holat bo‘yicha qarorlar qabul qilinishini ta’kidladi.

"Gap shundaki, olib kirilayotgan mahsulotlarda, yong‘oq yoki quritilgan mevalarda kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkin. Agar o‘tkazilgan tekshiruvlar buni isbotlasa, bu singari xavfli mahsulotlar viruslar tarqalmasligi uchun yo‘qotiladi. Ammo o‘zbek mahsulotlariga qarshi markazlashgan ta’qiq yoki cheklovlar yo‘q", - deb tushuntirdi Onishenko.

Yangiliklar lentasi
0