TOShKENT, 18-may — Sputnik. MDH hududida joylashgan eng ommabop tog‘ oromgohlari beshtaligida Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston dam olish maskanlari o‘rin olgan.
TurStat reytingidan Chimbuloq (Qozog‘iston), Shaxdag (Ozarbayjon), Saxkadzor (Armaniston), Chimon (O‘zbekiston) va Qorako‘l (Qirg‘iziston) oromgohlari o‘rin olgan. Reyting uchun ma’lumot to‘plashda, mehmonxonalardagi onlayn bron tizimi statistik ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Narxi qimmat bo‘lmagan dam olish maskanlar asosan Qorako‘lda va Chimonda yashash va ovqatlanish harajatlari hisoblangan holda, bir kunlik hordiq narxi 70 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, narxi eng qimmat bo‘lgan tog‘li dam olish maskanlar ro‘yxatida Chimbuloq (bir kunlik hordiq narxi 100 dollardan ortiq), Shaxdag (o‘rtacha narxi 90 dollar) hamda Saxkadzor (o‘rtacha narxi 80 dollar) joy olgan.
TurStat e’tirof etishicha, odatda, tog‘ dam olish maskanlarda sayyohatchilar o‘rtacha 7 kun dam olishadi. Dam olish dasturiga tog‘ sayllari (trekking), tog‘li yo‘llarda avtomashina, velisoped yoki kvadrotsikl haydash yoki otda yurish, shuningdek, basseyn, sauna, SPA hamda trenajor zallarida vaqt o‘tkazish o‘rin olgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.