Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtirib Yaponiyaga sotmoqchi

© Sputnik / Aleksandr KondratukSobranniy urojay pomidorov
Sobranniy urojay pomidorov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Eko-kultura” sabzavot kompaniyasi O‘zbekistonda pomidor yetishtiruvchi teplitsalar quradi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatida maydoni 314 gektar bo‘lgan teplitsalar ishga tushadi. Ushbu loyihani ishga tushirish uchun “Eko-kultura” kompaniyasi sarmoyasi 472 mln dollarni tashkil qiladi, AgroInvestor portali xabariga asosan.

Gosudarstvennie flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolaydi

Shuningdek kompaniya 1000 gektar maydonda mevalar yetishtirishni rejalashtirgan: gilos, abrikos, olcha, shaftoli va boshqalar. Bu loyihaning umumiy qiymati $ 92 mln.

Rossiya kompaniyasi shuningdek meva-sabzavotlarga quritish va muzlatish kabi ishlab berishni yo‘lga qo‘yadi  hamda saqlash xonalari quradi.

“Eko-kultura” tayyor mahsulotining 40 %ni Rossiyaga, 60 %ni – Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropaga eksport qilishni rejalashtirgan.

“O‘zbekistonda yaxshi investitsion iqlim: davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash, sarmoyadorlar uchun imtiyozlar – yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Undan tashqari bu yerda yaxshi ob-havo sharoiti hamda arzon ish kuchi bor. Bu yerda mahsulot  tan-narxi Rossiyaga qaraganda 10%ga kma bo‘ladi” , - deydi kompaniya rahbari Aleksandr Rudakov.

“Eko-kultura” – Rossiyaning  eng yirik agroxoldingi bo‘lib, uning Stavropol, Krasnodar, Lipesk va Leningrad viloyatlarida 200 gektar teplitsalari bor. Kompaniya 2023-yilga qadar teplitsalar maydonini 500 gektarga yetkazishni rejalashtirgan. Kompaniya loyihalarini Rosselxozbank va Sberbank moliyalashtirmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0