TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Tumendagi "Roshino" aeroportining xalqaro o‘tkazuv punkti sektorida O‘Zbekistondan kelgan yo‘lovchilarning qo‘l yuklari va bagaji ko‘zdan kechirilayotgan mahalda, karantin ostiga tushgan mahsulotlar: qovun, xurmo, quritilgan mevalar va yong‘oqlar aniqlandi, deb xabar qilmoqda aeroport matbuot xizmati.
"Qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Olib qo‘yilgan mahsulot meva egalarining arizasiga binoan yo‘q qilindi", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati qo‘mitasi (Rosselxoznadzor) tomonidan 2012-yilning 16-aprelida turli hasharotlar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida Rossiyaga Tojikiston, O‘zbekiston va Ozarbayjondan o‘simlik mahsulotlarining ayrim turlari: mayiz, yong‘oq, olma, shaftoli, qovun, turshak, nektarin va quritilgan mevalarni bagaj va qo‘l yuklarida olib o‘tish vaqtinchalik ta’qiqlagan.