Xabarovsk aeroportida 440 kg O‘zbekiston mevalari yo‘q qilindi

© Sputnik / VIKTOR TOLOChKOKak v Rossii unichtojayut sanksionnie produkti
Kak v Rossii unichtojayut sanksionnie produkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon Xabarovsk aeroportida salkam yarim tonna O‘zbekistondan olib kelingan o‘simliklar, qovun, yong‘oq va quritilgan mevalar yo‘q qilindi.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 2017 yilning boshidan buyon  “Toshkent – Xabarovsk” aviaqatnovi yo‘lovchilari yuklari tarkibida 440 kg  ta’qiqlangan o‘simlik va mevalar aniqlanib, musodara qilingan. Karantin ostiga tushgan mahsulotlarning barchasi nazorat punktining o‘zidayoq yo‘q qilingan, deb xabr qilmoqda RIA Amerpress nashri. 

Eslatib o‘tamiz, 2012-yildan buyon Rosselxonadzor tomonidan, zararli hashorotlar tarqalib ketishini oldini olish maqsadida, Rossiyaga Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistondan o‘simliklarning ayrim turi, mayiz, yong‘oq, olma, shaftoli, qovun, turshak, nektarin va quritilgan mevalar olib kirish ta’qiqlangan edi.

Lekin shunga qaramasdan  O‘zbekistondan kelayotgan yo‘lovchilar o‘nlab kilogram meva va quritilgan mevalar olib kelishda davom etmoqda. Xabarovsk aeroporti bojxona xodimlari yil boshidan buyon 32 marotaba noqonuniy holatni aniqlashgan.

Yangiliklar lentasi
0