Norboyeva yaratilayotgan ish o‘rinlari, turkman ayollari bilan biznes va kuchli bo‘lish siri haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel Komiteta jenshin Uzbekistana Tanzila Narbayeva
Predsedatel Komiteta jenshin Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ayollari yetakchisi Tanzila Norboyeva so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbek ayollari orasida faollashuv kuzatilmoqda. Kechagi "jur’atsizlik" ularni sekin bo‘lsa-da, tark etmoqda. Buning boisi esa yangi rahbar boshchiligida ulkan islohotlar maydoniga aylangan O‘zbekistonda ayolga bo‘lgan e’tibor va munosabatning tubdan qayta ko‘rib chiqilishida

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi yoshlar kechagilardan keskin farq qiladi. Ularda oila qurish borasida yangicha tendensiya paydo bo‘lgan. Bugungi yoshlar oila qurish borasida shoshmashosharlikka kamroq yo‘l qo‘ymoqda.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

- Tanzila Kamalovna, suhbatimiz davomida o‘zbek ayollari orasida faollashuv kuzatilayotganini aytdingiz. Ular bugun bandlikni, karyerani tanlayotgan ekan, farzand ko‘rish darajasida pasayish kuzatilmayaptimi?

- Ha, bu ko‘rsatkich pasaymoqda. Bilasizmi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritganimda, 1995-yildan 2000-yilgacha ish olib borganmiz, o‘sha vaqtda chaqaloqlar tug‘ilishi ko‘rsatkichida keskin yuqorilash kuzatilgandi. Ayollar, hatto farzandini keyinchalik ta’minlab bera olish-olmasligini o‘ylamagan holda dunyoga keltirardi. Va bunday bolalar kerakli ta’limni, qo‘shimcha qandaydir mashg‘ulotlarni, ular pullik bo‘lgani uchun ololmas edi. Qolaversa, oziq-ovqat masalasi ham muammo bo‘lardi...

Hozirga kelib, hayotning o‘zi bolaga ko‘proq "investitsiya" kiritishni talab etmoqda. Va O‘zbekistondagi yosh oilalar farzand ko‘rish, ularning soni borasida ko‘proq o‘ylashni boshladi. Bugungi kunda 7 nafar farzandni dunyoga keltirgan oilalarni deyarli uchratmaysiz.

Yoshlar asosan 3 yoki 4 nafar farzandda to‘xtalmoqda. Shunday bo‘lsada, mamlakatimizda tug‘ilish darajasi o‘ta yuqoriligicha qolmoqda.

- Ijtimoiy tarmoqlarda, O‘zbekistonda ayol vazirlar soni kam, rektorlar orasida ayollar yo‘q, degan postlarni uchratib qolamiz. Gender tenglik borasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p, shundaymi?

- Siyosiy partiyalarimizda ayollarimiz uchun 30%lik kvotalar mavjud. Mana shu o‘rinlarga ayol siyosatchilarni ilgari surish huquqi yo‘q emas, bor. Lekin oldingi yillarda bu holat qanday ro‘y berganligini bilasizmi? Deylik, mana siyosiy partiyamiz vakillarining 30%i ayollar bo‘lishi kerak. Kimning nomzodini ilgari suramiz, deyilgan va ro‘yxat mana shu asnoda tuzilgan. Kim to‘g‘ri kelsa, o‘shaning nomzodi kiritilavergan.

Deputat bo‘lishga arziydimi u yoki yo‘q, bu haqda o‘ylab ham ko‘rilmagan. Eng muhimi, nomzodi ilgari surilgan bunday ayollar bilan hech kim ishlamagan.

O‘zbek ayoli tabiatan tortinchoq, uyatchan emasmi, shunday bo‘lardiki, u erkak nomzodlar orasida tortinib, saylovda yutqazgan. Deputatlarimiz orasida ayollar 17% foizni tashkil qilishi sababi ham shunda.

Senatorlar faoliyatidan bir kun - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Inoyatovdan tortib Quronboyevgacha - Oliy Majlis Senatidan bir kun

Fikrimcha, qonunchilik bizga taqdim etayotgan ushbu 30% kvotadan ayollarimiz munosib foydalanishlari mumkin. Shu bois, joriy yilda siyosiy partiyalarimiz bilan faoliyatni yo‘lga qo‘ydik. Hozirda to‘rtta siyosiy partiyalar uchun 2086 nafar ayoldan iborat ro‘yxatni shakllantirganmiz. Kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarigacha bir yil vaqtimiz bor. 

Hozir bu ayollarni tayyorlash bo‘yicha alohida dastur ustida ish olib bormoqdamiz. Bu ayollarimizning siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga yo‘naltirilgan aniq maqsadli dastur bo‘ladi.

Dasturning maqsadi ayollarimizni jamiyatda o‘zini tutishga, auditoriya oldida chiqish qilish sirlarini o‘rgatish. Ya’ni ayollarimiz o‘zimizdagi siyosiy jarayonlardan tortib, jahon siyosatini o‘rganadi, o‘z ustida ishlaydi va jamoatchilik ishlarida faol bo‘ladi.

O‘zbek ayollari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi bir partiya ayollarning siyosiy faolligini oshirish uchun kurashmoqchi

Ya’ni bir yil ichida parlamentdagi o‘rinlarga nomzodi ilgari surilayotgan ayollarimiz ushbu siyosiy muhitda o‘zlarini qulay his qila boshlaydi. Biz, xotin-qizlar qo‘mitalarining aybi, O‘zbekiston ayollarini siyosiy jabhadagi faoliyatga umuman tayyorlamaganligimizda. Afsuski, siyosiy jabhaga tayyor bo‘lgan ayollar bizda hozircha yo‘q.

...Yana bir gapni qo‘shimcha qilmoqchiman, masalan, siyosiy partiyalarda ayollarimiz uchun 30% kvota berilgan bo‘lsa-da, o‘sha joyni shunchaki to‘ldirish uchun u yoki bu ayolni o‘tqazib qo‘yish kerak, degan fikrga mutlaqo qarshiman. Chunki bu o‘rinlarni o‘z ishining iste’dodli tashabbuskori bo‘lgan ayollar egallamoqlari darkor.

Va bunda gap faqat ayollar borasida borayotgani yo‘q, farqi yo‘q, xoh u erkak, xoh ayol bo‘lsin haqiqiy iqtidorli rahbarlar kelishi kerak deputatlik o‘rinlariga.

Shaxsan men O‘zbekistonda jinsi bo‘yicha "sig‘dirmaslik" holatlarini umuman his qilmaganman O‘zbekiston Hukumati ayollarni juda qattiq qo‘llab-quvvatlaydi.

- Nima deysiz, balki quyi bo‘g‘inlarda, deylik tumanlarda ahvol boshqachadir? Ya’ni ayollar o‘z ish joylarida yetarlicha qo‘llab-quvvatlashni his etishmas?

- Balki. Bilasizmi, bu o‘sha joylardagi erkak rahbarga xos bo‘lgan stereotiplarga bog‘liq. Ya’ni ular, garchi ayol kishining zakovati, iste’dodini yuqori baholasalar-da, ular uchun ayol birinchi navbatda - ona. Bilasiz, hozir O‘zbekiston o‘zi uchun zarbdor besh yillik e’lon qilgan. Barcha sohalarda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois, ehtimol, o‘sha erkak rahbarlar ayollarni ayashar balki. Fikrimcha, erkaklar ham ish, ham oilani birdek olib keta oladigan ayollarni payqasalar, albatta, tan berishardi.

- Tanzila Kamalovna, ayollarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish borasida xotin-qizlar qo‘mitasi qanday ishlarni amalga oshirayotgani haqida gapirsangiz.

- 2018-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston prezidentining "Xotin-qizlarni va oila institutini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Bu tarixiy Farmon, hech mubolag‘asiz bu kunda Xotin-qizlar qo‘mitasi qaytadan tug‘ildi, deb aytish mumkin. Sababi, bunga qadar bo‘lgan hujjatlar ayollar bilan manzilli ishlash imkoniyatini bermas edi.

Ushbu farmonda belgilab berilganidek, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish amaliyotini qo‘llay boshladik.

O‘zbekistonda yordamga muhtoj bo‘lgan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar soni 47 ming nafarni tashkil etadi.

Biz bu ayollarga, agar ular boshpanaga muhtoj bo‘lsa, kvartira masalasida yordam beramiz, boshlang‘ich 25% badalni to‘lab beramiz. Ikkinchidan, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatamiz. Uchinchidan ishga joylashishlariga yordam beramiz. 

Bilasizmi, ayollar bo‘lmasa. iqtisodiyot to‘xtab qolardi. Ayollar - bu harakatga undovchi ulkan kuch. Ayollarning salohiyati, ko‘nikmalarini inobatga olgan holda, undan foydalanmaslik to‘g‘ri bo‘lmas edi. Yaqin yillarga qadar O‘zbekiston ayollari asosan ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, huquqshunoslik sohalarida band bo‘lib kelishgan. Lekin oxirgi 2-3 yilda biz ayollarimiz texnika va fermerlik sohalarida o‘ta faol ekanligini kuzatayapmiz.

Soiskatel zapolnyayet anketu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash tizimi joriy etiladi

Ish bilan ta’minlash masalasiga kelsak, haqiqiy ahvol haqida aytadigan bo‘lsam, mehnat organlarida ro‘yxatga olinganlar soniga nisbatan ishsizlar soni uch barobar ko‘p. 

Yana o‘sha gap, ayollarimizning uyatchanligi, qayerga borishni bilmasligi va mentalitet tufayli, ular ish so‘rab qayergadir murojaat qila olishmaydi.

Hozir mana shunday ayollarning ro‘yxatini tuzayapmiz. Men hozir bu haqda ishonch bilan ayta olaman, O‘zbekistonda 9 mingta mahalla bo‘lsa, har birida ishsiz ayollar soni bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilgan.

Ro‘yxatdagi ayollarning muammosi nimada, u nimaga muhtojligini aniqlab, har kuni ularga manzilli yordam ko‘rsatib kelmoqdamiz. Rostini aytish kerak, to‘planib qolgan muammolar salmog‘i juda katta. Shu paytgacha mamlakatda faoliyat yuritgan Xotin-qizlar qo‘mitalarining birontasi ayollardan ularning dardini so‘ramagan.

Faqatgina davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari bilan, ya’ni u kishi bizlarni o‘z ishimizga boshqacha nazar solishga majbur etganlaridan so‘nggina odamlarning uylariga kirib borib, masala nimada ekanligiga oydinlik kirita boshladik. Buni tan olamiz.

Agar biz qo‘mita qoshida qabul kunlarini yo‘lga qo‘yganimizda ham, aminmanki, ayolarimiz kelmagan bo‘lardi. Shu bois, biz uyma-uy yura boshladik. Ular bilan gaplashib, ulardan hol so‘rab, odamlarni dardini yorishga o‘rgatdik.

Ayollar bandligini ta’minlashga kelsak, viloyatlardagi hududlarda korxonalar bilan faoliyatni yo‘lga qo‘yganmiz. Ularda albatta, vakant joylar bo‘ladi. Ro‘yxatimizda bo‘lgan ishsiz ayollarni o‘z hududida joylashgan korxonalarga ishga joylash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Predsedatel Sentralnogo soveta Soyuza molodeji Kaxramon Kuranbayev - Sputnik O‘zbekiston
Quronboyev ishsiz yurgan yoshlarga Imkon markazi yordam berishini aytdi

Bundan tashqari, qo‘mitamiz ham ish o‘rinlarini tashkil qilishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Joylarda mahallalarda bo‘lganimizda o‘z holiga tashlab qo‘yilgan egasiz bino-inshootlar e’tiborimizni tortgan edi. Ular hech kimga kerak emasdi. Biz o‘sha tashlandiq binolar bor hududlarda biznesni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan erkak yoki ayol tadbirkorlarni topib, ularga ishni tashkillashtirishda yordam berapmiz. Ular ta’mirlash ishlarini amalga oshirsa, biz kredit olish masalasida yordam berayapmiz hamda tezda u tadbirkorga ishlashni xohlaydigan ayollar ro‘yxatidan ishchi xodimlarni biriktirmoqdamiz.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkor ayollari bilan hamkorlikni kengaytirish rejamizda bor. Mana yaqinda, qozog‘istonlik dugonalarimiz kelib ketishdi. Ular bizning tadbirkorlarimiz bilan 13ta shartnoma imzolashdi. Tez kunlarda turkmanistonlik va qirg‘izistonlik ayollar bilan biznes-forum o‘tkazilishi kutilmoqda. Mana shunday ishlar boshlandi.

- Muhim qarorlar qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi, kezi kelganda, mas’uliyatni zimmangizga olasiz. Aytingchi, kuchli va o‘ziga ishongan ayol bo‘lish osonmi?

- Balki, bu oddiy tuyular, lekin boshlagan ishlarimiz yurishganini va ayollarimiz yuzida quvonchni ko‘rsam, ular tomonidan prezidentimizga, davlatga va qo‘mitamiz faoliyatiga bildirilayotgan minnatdorliklarni eshitsam, g‘ayratimga g‘ayrat qo‘shiladi. Charchoq neligini his etmay qolaman. Odamlar bilan ishlash menga kuch baxsh etadi. Ishsiz o‘zimni yomon his etsam kerak. Men aynan qo‘mitadagi faoliyatimni nazarda tutmayapman, lekin qayerda bo‘lmasin, albatta, ishlashim kerak. Menda energiya juda ko‘p. (tabassum qiladi)

- Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur, Tanzila Kamalovna!

Yangiliklar lentasi
0