TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi Mirziyoyevning 14 yanvar kungi ma’ruzasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.
Partiya yig‘ilishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan.
Tadbirda siyosiy partiyalar faoliyatini yanada rivojlantirish, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish yuzasidan ham takliflar bildirilgan. Ularning muammolarini eshitish, turmush sharoitlarini yaxshilashga doir dasturlar ijrosini ta’minlash lozimligi qayd etilgan.
Tadbirda shuningdek, rahbarlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish lozimligi, mansabdorlar qat’iy intizomga rioya qilishlari kerakligi, ularning boshqaruv samaradorligini kuchaytirilishi kerakligi haqida gapirilgan.