27 sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Oliy Majlis senatining yalpi majlisi - mas’uliyatli va muhim jarayon. Siz rasmiy jarayonlarni oynai-jahonda ko‘p ko‘rgansiz, ammo deputat va senatorlarning o‘zaro suhbati, ularning ishdagi kayfiyatini rasmiy ko‘rsatuvlarda ko‘p ham ilg‘ab ololmaysiz. Sputnik Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisidan fotoreportajni e’tiboringizga havola qiladi.
Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi ochiq deb e’lon qiliganidan so‘ng, Davlat madhiyasi yangradi. Majlisni Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev olib bordi
O‘n oltinchi yalpi majlis ishida senator Valeriy Tan ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, Tan Milliy aviakompaniyaning sobiq rahbari. U aviasozlik ishiga qirq yildan ziyod umrini baxshida etgan. Valeriy Nikolayevich O‘zbekiston Respublikasining xizmat ko‘rsatgan transport ishchisi xodimi. "Mehnat shuhrati", "Do‘stlik" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan mukofotlangan. O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan 2010 va 2015-yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi etib tayinlangan.
O‘n beshinchi va o‘n oltinchi yalpi majlislari oralig‘ida senatorlar safiga 10 nafar yangi senatorlar kelib qo‘shilgan. Ular orasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxodjayev ham bor.
Bojxona qo‘mitasi raisi general-mayor Murotjon Azimov senatda yangi tahrirdagi "Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida"gi qonun muhokama qilinishi jarayonida.
5 aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi. Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida "O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun ko‘rib chiqildi.