TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yoshlarga imkon markazi samarali faoliyat yuritmoqda, deb xabar qilgan o‘zining Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston Yoshlar yetakchisi Qahramon Quronboyev.
Uning aytishicha, bu xabar O‘zbekiston bo‘ylab barcha yoshlarni qiziqtirib qo‘ygani bois, markazga ko‘plab murojaat va so‘rovlar kelib tushmoqda.
Postda markazga murojaat qilib, ish topgan qashqadaryolik Hamidulla Eshqobilovning fikri keltirib o‘tilgan.
"Yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashayotgan imkon markazining faoliyati haqida radioda eshitganimda avvaliga ishonmadim. So‘ng mazkur markazga ish so‘rab murojaat qildim. Qurilish sohasi bo‘yicha uquvim borligi uchun markaz tomonidan mavsumiy ishga joylashtirildim", — deydi Hamidulla.
Ta’kidlanishicha, Hamidulla hozirgi ishidan juda xursand.
Mavsumiy ishlarga joylashish borasida to‘liq ma’lumot imkon.uz saytida keltirilgan.