G‘arb AQSh bakteriologik urushga tayyorlanayotganini tasdiqlamoqda

© Sputnik / Mixail Kireyev / Mediabankka o‘tishBiotexnologicheskaya kompaniya Biocad v Sankt-Peterburge
Biotexnologicheskaya kompaniya Biocad v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy tahlilchi Aleksandr Xrolenko yevropalik olimlar tomonidan amerika laboratoriyalarining sobiq SSSR mamlakatlaridagi faoliyati haqida qilgan xulosalari haqida ma’lumot berdi

Mikrobiologiya va evolyutsiya genetikasi sohasida faoliyat yurituvchi nemis va fransuz mutaxassislari Pentagonni biologik qurolning yangi turlarini yaratishda gumonlamoqda.

Olimlarning maqolalari Science jurnalida 5-oktabr kuni "Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari, yoxud biologik qurolning yangi tizimi?" sarlavhasi ostida chop etilgan. Va bu birinchi tashvishli signal emas.

Oplodotvorennie yaysekletki mishi v chashke Petri gotovi dlya eksperimenta.  - Sputnik O‘zbekiston
MDHning uch mamlakatida Pentagon labaratoriyalari qayta ta’mirlanmoqda

Sal oldin Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya va Xitoy chegarasida amerika biologik laboratoriyalari soni oshayotgani, ularda o‘ta xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan keng spektrli tadqiqotlar olib borilishi haqida xabar bergan edi. Vazirlik shuningdek, AQSh maxfiy laboratoriyalarida 73 nafar gruzin fuqarolari halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Sal oldin Gruziyaning sobiq davlat xavfsizlik xizmati vaziri Igor Giorgadze Moskvada o‘tkazilgan matbuot-anjumanida odamlar ustidan o‘lim eksperimentlari o‘tkaziladigan Richard Lugar nomidagi laboratoriya faoliyatini o‘rganish zarurligi haqida aytgan edi.

RF Qurolli Kuchlari radiatsiya, kimyo va biologik himoya qo‘shinlari rahbari general-mayor Igor Kirillov AQShning Gruziya hududidagi qonunga xilof faoliyatini tasdiqlagan edi.

Pentagon: O‘rta Osiyodagi "ID" tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsamas

Bu MDH davlatlarida biologik xavf darajasini yangicha baholash imkonini beradi.

Endi esa katta obro‘ga ega bo‘lgan ilmiy jurnallardan biri - Science (ilm rivojiga ko‘maklashuvchi Amerika uyushmasi nashri)dagi maqolalarga qaytsak.

Nemis va fransuz mikrobiologlari va genetiklari tadqiqotlari shuni isbotlaydiki, Pentagonning Insect Allies dasturi ("Ittifoqdosh-hasharotlar") kattagina biologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lib, ulardan harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin.

Ikki yil ichida "saxiy hasharotlarga" 27 million dollar tikilgan, ammo AQSh qishloq xo‘jaligi uchun ushbu loyiha foydasi ravshan emas.

Shubhali ittifoq

Insect Allies – Pentagonning gen injeneriya va mikrobiologiya sohasidagi ko‘psonli dasturlarining biridir. G‘arbiy yevropalik tadqiqotchilar ta’kidiga ko‘ra, genetik texnologiyalar laboratoriya turlarini aniq turlar xromosomalariga kiritish orqali agronomik maqsadlarga yetishadi.

Ammo ushbu metodning tezligi va egiluvchanligi chegaralangan - modifikatsiyalangan xromosomalar vertikal ravishda bir avloddan ikkinchisiga o‘tishi uchun vaqt kerak.

Bevosita "maydon"ning o‘zida xromosomalar tezlikda o‘zgarishi uchun AQSh tadqiqot dasturi sun’iy ravishda yaratilgan yuqumli genetik modifikatsiyalashgan viruslarni tarqatishga ixtisoslashadi (gorizontal gen injeneriya).

Insect Allies dasturi genetik agentlarni (yuqtirish uchun) yetkazib berish uchun laboratoriya hasharotlaridan foydalandi va bu ekotizimda chuqur o‘zgarishlarga hamda epidemiyalarga olib kelishi mumkin. Germaniya va Fransiya olimlari "Ittifoqdosh-hasharotlarni" dushmanona maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan biologik ishlanma, deb biladilar. Ularning fikricha bu biologik qurol to‘g‘risidagi Konvensiyani buzmoqda.

Pentagon - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon Rossiyaning kutilmagan harbiy mashg‘ulotlaridan tashvishga tushdi

Bu xulosalar Gruziyaning Lugar markazidagi kasallanish darajasi yuqoriligida va tajriba o‘tkazilayotgan ko‘ngillilar orasida ro‘y berayotgan ommaviy o‘limlarda (2015 yilning dekabr oyida 24 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan) ham o‘z tasdig‘ini topadi. Gruziyada ilgarilari mavjud bo‘lmagan tropik hasharotlar paydo bo‘lgan va ularning yashash maydoni shimolga tomon, Rossiya hududiga siljimoqda.

SShA peredayut Respublike Uzbekistan oborudovanie po uskorennoy diagnostike tuberkuleza - Sputnik O‘zbekiston
Amerika O‘zbekistonga silni tezkor aniqlash laboratoriya uskunalarini taqdim etdi

Aytgancha, amerika patentlaridan biri (№ 8967029) havoda zaharlangan hasharotlarni tarqatish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchar apparatga berilgan.

Bunday qurilma yordamida "dushman qo‘shinlari yo‘q qilinishi yoki AQSh harbiylari uchun xatarsiz ravishda safdan chiqarilishi mumkin". Kimoviy va biologik retsepturalarni patentlashtirilgan vosita tomonidan yetkazib berish diapazoni juda keng va amerikaning "aloqasiz urush" konsepsiyasiga juda monand tushadi.

MDH hududida AQShning o‘nlab biolaboratoriyalari qurilgan va o‘z tadqiqotlarini olib borishmoqda. Yevroosiyoda global biologik urush xavfi qismlardan iborat bo‘lsada, lekin mavjud.

"Sof o‘lim" yonimizda

MDH kengliklarida joylashgan AQSh biolaboratoriyalarining himoya darajasi va milliy nazorat choralari haqida ko‘plab fikr-mulohazalar bildirish va hatto jurnalistlarga amerika markazlarining alohida steril sektorlarini namoyish qilish ham mumkin.

Turli mamlakat va laboratoriyalarda xuddi pazllar singari yoyib tashlangan u yoki bu harbiy-biologik ishlanmalarning yakuniy natijalari haqida joylardagi hukumat va olimlar hatto tasavvurga ega bo‘lmasliklari mumkin.

Rospotrebnadzor peredal  Uzbekistanu mikrobiologicheskiyu laboratoriyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga mobil mikrobiologik laboratoriya taqdim etdi

Mahalliy hokimiyat, qoidaga ko‘ra, barchasini inkor etadi. Ammo Pentagon – xayriya tashkiloti emas. AQShning harbiy-biologik faoliyatining moliyaviy hajmi 2017-2019 yillarda bir milliard dollarga yaqinni tashkil qiladi, ammo hech kim Pentagon bu ulkan mablag‘larni olis va epidemiologik jihatdan farovon bo‘lgan Shimoliy Yevroosiyoda genetik va mikrobiologik tadqiqotlarga sarflashidan maqsad nima, degan oddiy savolga javob bermaydi.

Gruziyadagi Lugara Markazi Qo‘shma Shtatlarning sobiq ittifoq hududidagi keng ko‘lamdagi harbiy-biologik dasturining kichik elementi hisoblanadi.

Pentagon - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon Rossiyaning kutilmagan harbiy mashg‘ulotlaridan tashvishga tushdi

Pentagon yangi va mutatsiyalashgan viruslar ta’sirini har bir regionda - Armanistonda, Ozarbayjonda, Gruziyada, Qozog‘istonda, Qirg‘izistonda, O‘zbekistonda, Tojikistonda, modovada, Ukrainada alohida o‘rganib boradi. AQSh harbiy-biologik laboratoriyalari rivojlanishda davom etmoqda.

AQSh qonunchiligiga muvofiq, biologik qurolni yaratish sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga amerika hukumati sanksiyalari bilangina ruxsat beriladi va bunda ushbu loyihalarning ishtirokchilari jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Shu asnoda, tibbiy tajribalar ko‘rinishida amerikaliklar hech qanday jazo olmasdan bakteriologik urushga tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0