TOShKENT, 19-may — Sputnik. Pentagon Rossiyaning Markaziy osiyo mamlakatlarida "Islom davlati" terrorchilik uyushmalari tarqalishi haqidagi xavfsirashlariga qo‘shilmaydi. Amerika harbiylari fikriga ko‘ra, bu singari bayonotlar "Rossiya propagandasi", xolos.
Ammo Amerika harbiy muassasasi Moskvaning bu hadiklarini "asossiz", deb hisoblamoqda.
"Rossiya AQShning Afg‘onistondagi urinishlarini yo‘qqa chiqarish uchun IShID borasida global havotirlarni avj oldirishda davom etmoqda. Rossiya har qanday imkoniyatni qidirib topib, AQSh va bizning markaziy osiyolik sheriklarimiz o‘rtasiga dushmanlik urug‘ini sochish uchun foydalanmoqda. IShIDning Markaziy Osiyoni bosib olishga urinishlari haqidagi asossiz ayblovlar propagandadan boshqasimas", — degan RIA Novostiga Pentagon matbuot-xizmati vakili podpolkovnik Kon Folkner.
Ammo muassasa vakili Afg‘onistondagi "islom davlati" terrorchilarining umumiy soni haqida gapirishdan bosh tortgan va AQSh Afg‘onistonlik hamkorlari bilan birgalikda mamlakatda "ID" sonini qisqartirish borasida o‘z ishini davom ettirishini ta’kidlagan.
Shu bilan birga Pentagon vakili Rossiya o‘z hududida terrorizmga qarshi kurash borasida yetarlicha choralar ko‘rmayotganini qo‘shimcha qilganlar.