TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Ukraina, Ozarbayjon va O‘zbekistondagi Pentagonga tegishli bo‘lgan labaratoriyalarda qayta ta’mirlash amalga oshirilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti, Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimyo va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillovga asosan.
“Lugar markazi AQShning yirik harbiy-biologik dasturining bir qismidir. Dastur doirasida Rossiya atrofida joylashgan mamlakatlarda Pentagonga taaluqli bo‘lgan bir necha markazlar faoliyat yuritmoqda. Ukraina, Ozarbayjon va O‘zbekistondagi Pentagonga tegishli bo‘lgan labaratoriyalarda qayta ta’mirlash amalga oshirilmoqda”, - dedi Kirillov.
Rossiyalik harbiy aytishiga qaraganda, Lugar markazlari faoliyatining asosiy maqsadi infeksion kasalliklar haqida barcha ma’lumotni to‘plash, patogen mikroorganizmlarning milliy kolleksiyalarini shtammlarini, jumladan vaksina va antibiotiklarga bardosh beruvchi shtammlarni ham olib chiqib ketishdir.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligida Petagonga tegishli bo‘lgan laboratoriyalarda hech qanday qayta ta’mirlash ishlari haqida eshitmaganliklarini xabar qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Gruziya Davlat xavfsizligi sobiq vaziri Igor Giorgadze Moskvada, matbuot anjumani chog‘ida AQSh prezidenti Donald Trampga Gruziyada faoliyat yuritayotgan Lugar Markazi faoliyatini tekshirishni so‘rab murojaat qilganini xabar qildi.
Giorgadze jurnalistlarga Gruziyadagi Lugar Markaziga tegishli bo‘lgan tibbiyot markazida 2015-yilning dekabr oyida - 30 kishi, 2016-yilning avgustida - 16 kishi vafot etganini xabar qildi. Bemorlarning barchasi “Geppati S”dan davolash uchun ushbu tibbiyot markazlariga yotqizilgan bo‘lgan. Laboratoriya e’lon qilgan hisobotlarda ushbu be’morlarning ismi shariflari ko‘rsatilmagan, faqat yoshi va jinsi ko‘rstilgan.