TOShKENT, 26 avg — Sputnik. AQSh Donbassda zo‘ravonlikning kuchayishidan tashvishda va Rossiyadagi “Kavkaz-2016” harbiy mashg‘ulotlarini kuzatib bormoqda, dedi Pentagon rasmiy vakili Mishel Baldansa.
"Kavkaz-2016” mashg‘ulotlari o‘tkazilishi bois biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibmiz", — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh “Ukraina sharqida zo‘ravonlikning kuchayishi va mashg‘ulot o‘tkazayotgan Rossiya harbiy kuchlarining Ukrainaga yaqin masofada ekanligidan chuqur tashvishda”.
Pentagon vakilining ta’kidlashicha, Rossiya “Ukrainaga qo‘shin yuborishni niqoblash maqsadida harbiy mashg‘ulotlardan foydalanayotgani" Vashingtonga ma’lum.
"Biz Moskvani hududdagi keskinlikni yumshatish uchun harakat qilishga bir necha bor chaqirdik, xususan Minsk kelishuvlarini to‘liq amalga oshirishda ishtirokini so‘radik", — dedi Baldansa.