Analitika

Frantsuzcha globallashuv: Parijda Makron va Mirziyoyev nima haqida gaplashishadi

© AFP / FRANCOIS GUILLOTObщiy vid na Parij
Obщiy vid na Parij - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maxsus mediametrik tadqiqotlar eksperti Igor Nikolaychuk Mirziyoyevning Parijga amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashrifi mamlakatning xalqaro imidjiga qanday yutuqlar olib kelishi mumkinligi haqida oʻz fikrlarini bayon etdi.

Oʻzbekiston diplomatiyasi yangi siyosiy mavsumini Yevropa taqdimoti bilan ochishni rejalashtirmoqda. 

Oʻzbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev 2018 yil oktyabrida Frantsiyaga tashrif buyurmoqchi. Bu prezident lavozimiga kirishgandan beri Yevropaga birinchi tashrifi boʻladi.

Vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Frantsiya ekstraditsiya toʻgʻrisida shartnoma tuzishni muhokama qildi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu tarixiy tashrifga faol va professional tarzda tayyorgarlik koʻrmoqda.

Bunga misollar. “Chorvoq” erkin turistik zonasining bosh rejasini ishlab chiqadigan Frantsiya kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazildi. Xususan, 26 avgust kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Thales Alenia Space kompaniyasi vitse-prezidenti Erik Imbert bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Respublika vakillari Thales Alenia Space sunʼiy yoʻldoshlarni yigʻish boʻyicha sanoat obʼyektlariga borishdi. Tomonlar kosmik tizimlar, shu jumladan turli maqsadlarda sunʼiy yoʻldoshlari uchirish va boshqarish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha Oʻzbekistonda texnologik bazani tashkil qilish loyihalarini hamkorlikda bajarish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Rabochiy ustanavlivayet radiator otopleniya v podʼyezde jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Frantsiya kompaniyasi Oʻzbekistonda kommunal xizmatlarni yaxshilash bilan shugʻullanadi

Undan oldin, 22 avgustda, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi oʻz qarori bilan Madaniyat vazirligi qoshida Frantsiya madaniyat markazini tashkil etishni tasdiqlagandi.

Bundan tashqari, bosh vazirning oʻrinbosari Aziz Abduxakimov Parijda Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha Frantsiya alyansi mintaqaviy direktori Mikael Fuente bilan uchrashdi. Unda Oʻzbekiston oliygohlarida frantsuz tili kaferalarini tashkil qilish, maxsus maktablar sonini va frantsuz tilini oʻqitish soatlarini koʻpaytirish, shuningdek taʼlim muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmalarni ishlab chiqishni muhokama qilishdi. 

Shuningdek, Frantsiyada Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij akademiyasi rektori Jil Peko bilan muzokara oʻtkazdi. Unda taʼlim sohasida hamkorlikni mustahkamlash va ikki davlat taʼlim vazirliklari oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida yangi bitim va dasturlarni imzolashdi.

Tomonlar Frantsiya universitetlaridan birining filialini Toshkentda ochish, Oʻzbekistonda oliygoh rektorlarining birinchi sammitini oʻtkazish, shuningdek oʻqituvchilar va talabalar almashinuviga kelishib oldilar.

23 avgustdagi xabarga koʻra, Frantsiyaning CIFAL kompaniyasi Oʻzbekistonga atom energetikasini rivojlantirish borasida koʻmak bermoqchi. Jumladan, ushbu kompaniya oʻzining tinch atom sohasida mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha oʻzining tajribasini va yangi izlanishlarini taqdim etishga tayyor.

Issiqlik stantsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Frantsiya kompaniyasi Sirdaryoda yangi IES quradi

CIFAL qayd etishicha, “Oʻzatom” agentligiga Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasi loyihasi boʻyicha Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan texnik, tijorat va moliyaviy muzokaralarini oʻtkazishga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, Frantsiya kompaniyasi Oʻzbekiston va Rossiya tomonlari bilan kelishilgan holda loyihani moliyalashtirish masalalarini hal qilishda ishtirok etishi mumkinligini taʼkidlab, atom stantsiyasini qurish va ishga tushirish uchun jihozlarni tashlashga yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Keyingi xulosani asoslash uchun men ataylab “butun roʻyxatni sanab oʻtdim”: Mirziyoyev Parij safariga tayyorgarlik koʻrish ishlari Frantsiya tomoniga qulay boʻlgan namunaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Frantsuzlar 15 yil davomida “alohida kontragentlar” bilan faqat ikkita – madaniyat, ayniqsa frankovofiya va xorijiy bozorlarga oʻzining yuqori texnologiyalarini sotish mavzusini muhokama qiladilar.

Kosmik tizimlar va yadroviy energetika texnologiyalari sohasida Frantsiya mutaxassislari oldinda, biroq muhim tashqi iqtisodiy taʼsiri hozircha yoʻq. Bu yerda Oʻzbekiston tanlovi xatosizdir.  Oʻzbekiston hamkorlari Frantsiya farmatsevtlari yonidan oʻtib ketishdi. Bu darajadagi ishbilarmonlar butun Markaziy Osiyo manfaatlari yoʻlida koʻp miqdorda dori ishlab chiqaruvchi zavodni qurishga quvonch bilan investitsiya kiritishardi.  

Biroq, rejalashtirilgan tashrifning asosiy voqeasi, madaniyat va iqtisodiyot sohasida qator bitimlarni imzolanishini emas, balki Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron uchrashuvi boʻladi.

Frantsiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Frantsiya tarixida eng yosh prezident saylandi

Ikki prezident birinchi navbatda global siyosat, undan keyin esa ikki tomonlama aloqalar haqida gaplashishadi. Bu uchrashuv kun tartibining muhim qismidir.  

Bu yerda gap shundaki. Mirziyoyev anʼanaviy “urushdan keyingi”, diplomatik nuqtai-nazardan hamma narsani hisob-kitob qiladigan Frantsiyaga kelmayapti. Oʻzbekiston prezidenti yangi jahon qutbi kuchining markazidagi davlatga kelmoqda.  

Xalqaro munosabatlar tizimi keskin oʻzgarish jarayonida ekanligini ochiqchasiga eʼlon qilish vaqti keldi. “Postsovet” Yevroosiyo va Yevroatlantika oʻrtasidagi geosiyosiy mojarosi maydonida geosiyosiy uchlikni koʻrishimiz mumkin: Yevroatlantika, Kontevropa va Yevrosiyo.

Makron, aslida, Germaniya bilan bir qatorda kuchli Kontrevropa qurish borasida lokomotiv vazifasini bajarayotgan davlat yetakchisi hisoblanadi.  

Bu xalqaro munosabatlarning subʼyekti sifatida (hozircha uni Yevroittifoq deb atayotgan boʻlsada, bu anaxronizm (eskirgan hodisa) dunyoning birinchi iqtisodiyotini yaratishga davogarlik qilmoqda. Xitoy ikkinchi oʻrinni qoʻlda ushlab turadi. Yevroatlantika uchinchi oʻringa tushib qoladi, bu qutbning milliy elitalar uchun keskin va yomon oqibatlarni olib keladi. Hozircha Tramp vaziyatni ushlab turgan boʻlsada, oʻyin kuchayib bormoqda.  

Glavы MID Uzbekistana i Frantsii - Abdulaziz Kamilov i Jan-Mark Ero - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonga Frantsiya tashqi ishlar vaziri keladi

Shunday qilib, 27 avgust kuni Emmanuel Makron frantsuz diplomatlari oldida qilgan maʼruzasida, AQSH xalqaro munosabatlarida yangi modelni yaratishi – gegemonistik va Yevropa qadriyatlariga zid boʻlgan yangicha modelni yaratishga harakat qilayotganligini maʼlum qilgandi. Frantsiya prezidenti soʻzlariga koʻra, Vashington hozirgi siyosiy pozitsiyasi globallashuvning amaldagi kapitalistik modeli inqiroz alomatlari sifatida qarash kerak. Yaʼni, Makron Tramp administratsiyasi siyosatini shunchaki tanqid qilmadi, balki AQShning yetakchiligi va farofonligining asosiy manbasini shubha ostiga oldi va bunda toʻxtab qolmasdan oldinga ketdi: globallashuvning yangi kontseptsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu oʻz navbatida kapital, texnologiya va qobiliyatli kadrlarning giperkontsentratsiyasiga olib keladi.    

Mana bu yerda Shavkat Miromonovich oʻz davlatining siyosiy vaznini sezilarli darajada oshirishi mumkin va Yevropada oʻz imidjini shaklantirishi mumkin.

Ehtimol, agar Yevroosiyo aʼzosi boʻlsa, uning qaysidir manfaatlari Kontrevropa bilan bir-biriga toʻgʻri keladi. Bu yerda istiqbollar katta.

Pisatel A. Soljenitsыn otvechayet na voprosы slushateley. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Frantsiya Gʻarbning maʼnaviy zaifligi haqida gapirgan Soljenitsinni haq deb topdi

Mirziyoyev qiziq va oʻziga xos boʻlgan Yevropa siyosatini yaratishi mumkin. Buning uchun muayyan siyosiy iroda kerak boʻladi.

Oʻtgan 30 yil mobaynida Oʻzbekiston jamiyati amerikalik lobbistlar, demokratik qadriyatlarining tarafdorlari, “inson huquqlari himoyachilari” va “globallashuvning amaldagi kapitalistik modeli” boshqa atributlari bilan toʻlgan (oʻz-oʻzidan emas, bu maqsadga qaratilgan ish olib borilgan!).  

Mirziyoyev Yevroatlantika boʻyicha davlatning xalqaro imidjini shakllantirdi. Bu borada katta ish amalga oshirilgan. Biroq endi hozir boshqa, undan ham qiziqarli model paydo boʻldi.

Oʻzbekiston rahbariyati buni oʻzgartirishga harakat qiladimi? Biz oktyabrda bilib olamiz!...

Yangiliklar lentasi
0