TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 2017-yilning 14-aprel kuni Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, Tashqi ishlar vazirligida va boshqa darajalarda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.