Dunyoda

Frantsiya tarixida eng yosh prezident saylandi

© FABRICE COFFRINI / AFP / Frantsiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron
Frantsiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Emmanuel Makron saylovchilarning 66,1 % ovozlariga ega boʻlib, Frantsiya prezidentlik saylovlarida mutlaq gʻolib boʻldi

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. 7 may kuni Frantsiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi oʻtkazildi.

Saylovchilar ovozlarining dastlabki hisobiga koʻra, Frantsiyada "Oldinga" xarakati asoschisi Emmanuel Makron (66,1%) oʻz raqibi "Milliy front" yetakchisi Marin Le Pendan (33,9%) ikki baravar ortiq ustunlik bilan gʻalaba qozondi.

Parijda boʻlib oʻtayotgan norozilik namoyishi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Parijda oʻtgan oʻquvchilar norozilik aktsiyasida politsiyachilar koʻz yosh oqqizuvchi gaz qoʻlladi
Makron hozirgi kunda 39 yoshda. U Frantsiya tarixidagi eng yosh prezident boʻldi. Kuzatuvchilar fikriga koʻra, Le Pen gʻalaba qozonsa Frantsiyada beqarorlik yuzaga kelishidan hadiksiragan saylovchilar tufayli Makron prezidentlikka erishgan.

Makron oʻz siyosiy qarashlarida Shimoliy Amerika va Yevropa ittifoqi davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy hamda xarbiy sohalarda yaqin hamkorlik qilish tarafdori sifatida oʻzini namoyon etgan.

Yevropaning tiklanishi — Frantsiya va Yevropaning siyosiy bichimi haqida tilga olganda dunyo OAVlari oʻz xursandchiliklarini  yashirmayaptilar. Makron gʻalabasi "Yevropadagi hukmron siyosiy doiralarga juda tez quvonch keltirdi", — deb yozadi New York Times.

"Yevro valyutasi koʻtarilmoqda", deb yozadi Wall Street Journal nashriyoti. "Yevro valyutasi yuqoriga koʻtarilmoqda. Yevro siyosiy tashvishlarni ortda qoldirgan holda yuqoriga koʻtarilish uchun harakat qilmoqda", — deb yozadi nashriyot. Emmanuel Makron prezidentlik saylovidagi gʻalabasidan soʻng, "Yevro valyutasi 7 oy ichida birinchi marta dollarga nisbatan yuqori darajaga yetdi".

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0