TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Fransiyaning EDF kompaniyasi Sirdaryo viloyatida issiqlik elektrostansiyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos loyihasini ishlab chiqish uchun tenderda g‘olib bo‘ldi, deb xabar qildi "O‘zbekenergo" AJga tayangan holda O‘zbekiston Hukumat portali.
Avvalroq "O‘zbekenergo" AJ 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyatida quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektrostansiyasini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.
Stansiya loyihasi o‘z ichiga har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gazli qurilma blokini qurishni oladi.
Loyihaning dastlabki qiymati 910 mln dollarni tashkil etadi, bunda 500 mln dollarlik xorijiy kreditlar ham hisobga olingan.
Yangi IESning qurilishi "O‘zbekenergo"ning mamlakat elektroenergetika sohasini 2015-2019 yillarda rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.