Fransiya G‘arbning ma’naviy zaifligi haqida gapirgan Soljenitsinni haq deb topdi

© Sputnik / A. NatruskinPisatel A. Soljenisin otvechayet na voprosi slushateley.
Pisatel A. Soljenisin otvechayet na voprosi slushateley. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rus yozuvchisi G‘arbni kutayotgan ma’naviy qashshoqlashuv haqida ogohlantirgandi. De Vilyening ta’kidiga ko‘ra, agar ilgarilari g‘arb mamlakatlari erkinlik muhofazachisi bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular AQSh irodasi va iste’molchilar jamiyatining asiriga aylangan

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Aleksandr Soljenitsinni shaxsan bilgan fransiyalik yozuvchi va siyosatchi Filipp de Vilye Le Figaro nashriga bergan intervyusida rossiyalik yozuvchi tomonidan aytilgan G‘arbning ma’naviy zaifligi haqidagi gapini to‘g‘ri, deya topdi.

Predstavitel MID RF o situatsii na Koreyskom poluostrove - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV vakili: “Bizga yana hujum qilishni xayolingizga ham keltirmang”

Siyosatchi Fransiyadagi Vandey inqilobi sharafiga ochilgan yodgorlikning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Soljenitsinning nutqini yodga oldi.

Rus yozuvchisi G‘arbni kutayotgan ma’naviy qashshoqlashuv haqida ogohlantirgandi. De Vilyening ta’kidiga ko‘ra, agar ilgarilari g‘arb mamlakatlari erkinlik muhofazachisi bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular AQSh irodasi va iste’molchilar jamiyatining asiriga aylangan.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ilgarilari NATO erkin dunyo ramzi bo‘lgan, endilikda esa hammasi tubdan o‘zgargan. "Endilikda Rossiya har qanday inqilobiy g‘oyalarda xalos bo‘lgan. U erkin dunyo timsoliga aylandi. Ko‘plab jihatlar bo‘yicha jim bo‘lib qolgan G‘arb, qullikdagi dunyo darajasigacha tushdi. Biz amerikancha siyosiy-nizo koloniyasiga aylandik", - dedi Vilye.

Bundan tashqari, fransuz siyosatchisi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni olqishlab, Rossiya yetakchisining mamlakatning fuqarolik, madaniy va ma’naviy hayotini tiklashga oid harakatlarini yuqori baholagan va aynan shu tufayli Putin Rossiya xalqi tomonidan tan olinganligini e’tirof etib o‘tgan.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
Putinning murojaati: dunyoni larzaga solgan ikki soat

Putin tufayli Rossiya endi Xitoy va Hindiston bilan xalqaro tizim yuragidan o‘rin oldi, AQSh bosimi tufayli G‘arb ovozi eshitilmay qolgan bir qutbli blokka qarshilik ko‘rsatmoqda, deb qo‘shimcha qildi de Vilye.

Siyosatchi, shuningdek, Rossiya nomiga e’lon qilinayotgan yevropa sanksiyalarini ahmoqlik, deb hisoblashini, nega deganda ular, Yevropani Rossiyadan uzoqlashtirayotganini, Yevropaning kelajagi AQShda hal qilinmasligi lozimligi haqida gapirgan.

"Rossiya Xitoy va Yevropa o‘rtasida juda muhim bog‘lovchi halqa bo‘lishi kerak", - deb hisoblaydi farnsuz siyosatchisi.

Yangiliklar lentasi
0