TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo yoshlar Kengashini tuzish to‘g‘risidagi tashabbusini Markaziy Osiyo davlatlari yoshlar masalalari bo‘yicha vazirlik, idora va tashkilotlar qo‘llab-quvvatlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalarining yoshlar masalalari bo‘yicha faoliyat olib boradigan vazirlik va tashkilotlari rahbar va xodimlari, yetakchi yoshlari, san’at vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi.
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan forum doirasida fan va ta’lim rivojida yoshlarning o‘rni; Markaziy Osiyo mintaqasida madaniy hamkorlik; Yoshlar turizmi — Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishida yetakchi kuch yo‘nalishlarda davra suhbatlari tashkil etildi.
"Markaziy Osiyo mintaqasida madaniy hamkorlik" mavzuyidagi davra suhbati O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston davlatlarining madaniyat sohasi mas’ullarining san’at va madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.
"Yoshlar turizmi — Markaziy Osiyo mintaqasining rivojlanishida yetakchi kuch" mavzuyidagi davra suhbatida esa O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston vakillari tomonidanyoshlar turizmi bo‘yicha hamkorlik va muammolar muhokama qilindi.
Davra suhbatlaridan so‘ng,forum yakunlariga bag‘ishlangan Xalqaro press-klub va Yoshlar press-klublari qo‘shma sessiyasi o‘tkazildi.
Forum yakunida Markaziy Osiyo yoshlar masalalari bo‘yicha vazirlik va tashkilotlarning 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi imzolandi. Dasturga ko‘ra, ilm-fan va ta’lim, tadbirkorlik, madaniy-gumanitar, yoshlar turizmi, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Ta’lim va fan sohasi bo‘yicha hamkorlik:
— Markaziy Osiyo Yoshlar Forumini o‘tkazish(O‘zbekiston, har yili);
— Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh yetakchilarining xalqaro anjumanini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);
— "Markaziy Osiyo yoshlari: hamkorlik istiqbollari va hamkorlikning yangi manzillari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy yoshlar anjumanini o‘tkazish(O‘zbekiston, har yili);
— "Central Asia Youth Hackathon" AT-loyihalar xalqaro tanlovini o‘tkazish(Qozog‘iston, har yili);
— Robototexnika bo‘yicha "Central Asia Youth Robot Challenge" Markaziy Osiyo chempionatini o‘tkazish (Qozog‘iston, har yili);
— Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh tadbirkorlarining "Startupstan" loyihalar tanlovini tashkil etish (Tojikiston, har yili);
— Markaziy Osiyo mamlakatlari talabalarining sammitini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);
— Yoshlarni millatlararo va dinlararo hurmat ruhida,ideologiya, terrorizm chaqiruvlari va xavflari, separatizm, ekstremizm, narkosavdo va transchegaraviy jinoyatlarga qarshitarbiyalash bo‘yicha qo‘shma tabirlar o‘tkazish (Markaziy Osiyo Yoshlar Forumida ishtirok etgan mamlakatlarda,har yili).
— "Jash-Bulak" forum-oromgoh tashkil etish(Qirg‘iziston, har yili);
— San’at va madaniyat sohasidagi loyihalarni muhokama qilish va amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo yoshlarining ijodiy davrasi uchun yagona hamkorlik maydonini (saytni) yaratish (O‘zbekiston);
— Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh kinoijodkorlarining «PROlogue» xalqaro kinofestivalida ishtirokini ta’minlash(O‘zbekiston, har yili);
— Markaziy Osiyo yosh ijodkorlarining festivalini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);
— Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi doirasida mamlakatlarning yoshlar turizmi ko‘rgazmasini tashkil etish (O‘zbekiston, har yili);
— Markaziy Osiyo mamlakatlariga yoshlar media-turlarini tashkil etish (O‘zbekiston, har yili);
— Madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar taqvimini doimiy ravishda shakllantirish va yangilash (O‘zbekiston, har yili);
— Yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida Markaziy Osiyo kitob fondini shakllantirish (Qozog‘iston, har yili);
— Chegara hududlarida yoshlar konsolidatsiyasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish (Qirg‘iziston, har yili);
Sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlik:
— Futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo yoshlarining o‘rtoqlik chempionatini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);
— Havaskorlar o‘rtasida basketbol (stritbol) bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatini o‘tkazish (Qozog‘iston, har yili);
— Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlarining marafonda ishtiroki (Tojikiston, har yili);
Birinchi Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qozog‘istonning "Jas Otan" yoshlar qanoti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Forum yakunida esa Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi Deklaratsiyasi imzolandi.
Markaziy Osiyo Yoshlar Forumiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yoshlar simfonik orkestri hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining "O‘zbekiston yoshlari kuni"ga bag‘ishlangan qo‘shma konserti yakun yasadi.