"Islom davlati" Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavf soladi

© Sputnik / Andrey SteninFlag radikalnoy islamistskoy organizatsii "Islamskoe gosudarstvo Iraka i Levanta"
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii Islamskoe gosudarstvo Iraka i Levanta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilarning taktikasi, maqsadlari, strategiyasi va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish – bu kabi savollar Bishkekda seshanba kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlari forumida muhokama qilindi.

Mutaxassislar asosiy mavzusi sifatida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi (Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) bilan vaziyatni muhokama qilishdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston kolumnisti.

Sentr Kabula - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston masalasi bo‘yicha bayonot berdi

Nima uchun terrorchilar bilan kurash mavzusi aynan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq doirasida muhokama qilinmoqda?

Xavfsizlikni ta’minlamasdan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini rivojlantirib bo‘lmaydi. Agar davlatlarda urush va notinchlik bo‘lsa, hech qanday iqtisodiy va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirib bo‘lmaydi, deb ta’kidladi "Yevroosiyoliklar — yangi to‘lqin" jamg‘armasi direktori Yuriy Anufriyev.

"Qachonlardir rivojlangan Iroq va Suriya batamom vayron qilinganligini ko‘rmoqdamiz. Xavfsizlik ta’minlanmagan bo‘lsa, qanday iqtisodiyot haqida gapirish mumkin? Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqning terrorchilikka qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqishga harakat qilyapmiz. Xohlaymizmi-yo‘qmi, integratsion uyushma kengayib boradi. Birinchi qadam — bu iqtisodiyotning rivojlanishi bo‘ldi. Endi esa harbiy-texnika sohasida ham hamkorlik rivojlanayotganligini ko‘rmoqdamiz", — dedi u.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston maxsus xizmatlari hamkorlik bo‘yicha bitimni imzoladi

Qirg‘iziston Xafsizlik Kengashi kotibi Damir Saginbayev so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik tizimisiz bo‘lgan iqtisodiy uyushma zaif bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda Yaqin Sharq va Afg‘onistonda terrorchilarning faolashuvi kuchaymoqda, ayniqsa bunda "Islom davlati" uyushmasi va u bilan aloqa bo‘lgan guruhlar asosiy rolni o‘ynamoqda. Bu omil Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Saginbayev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq ishtirochilari, ODKB, ShHT va MDH tashkilotlari a’zosi sifatida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha kelishuvlarga erishilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Saginbayev fikriga ko‘ra, katta miqdorda terrorchilik harakatlar Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga tezkorlik bilan o‘tishi kuzatilmoqda. Bu Markaziy Osiyo davlatlariga tahdid solmoqda.

"Buning yaqqol isboti Afg‘onistonda ko‘plab qurbonlar bo‘lgan terrorchilik amallarni sodir etish davom etmoqda. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Markaziy Osiyo va Xitoyning Sinszan-Uyg‘ur avtonom tumaniga hujum qilish rejalari borligini ochiqchasiga aytmoqda. Shu vaqtning o‘zida uyushma chegara zaif joylari va Afg‘oniston shimoliy tumanlaridagi chegara oldidagi vaziyat haqida ma’lumot yig‘ilmoqda", — dedi Xavfsizlik kengashi kotibi.

U boshqa davlatlar hududlarda, shu jumladan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlariga hujum qilish xavfi mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.

Xavfsizlik kengashi kotibi aytishicha, terrorchilarning ba’zilari o‘zlarining davlatlariga qaytib, u yerda yashirin guruhlar tuzishi tahdidni keltirib chiqarmoqda.

Abdullayev Ixtiyor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston DXX rahbari Tojikistonga yo‘l oldi

Qirg‘iziston-Rossiya Slavan universiteti professori Larisa Xoperskayaning ma’lumotlariga qaraganda, kelib chiqishi sobiq sovet ittifoqi davlatlaridan bo‘lgan 9 minggacha fuqaro ushbu uyushma safiga kirgan, ularning uchdan biri qaytib kelishdi.

"Shuningdek, taktika o‘zgardi — terrorchilik yacheykalarni tuzish uchun yangi hududlarni qurol bilan egallab olish. Turli yo‘llar bilan verbovka ishlari olib borilmoqda. Masalan, Rossiyada qamoqxonalarda yacheykalar tuzish maqsadida qasddan jinoyat sodir etilmoqda", — dedi u.

Islomiy davlat jangarilari Markaziy Osiyoga qaysi yo‘l bilan kelishi mumkin

Ekspert Taalatbek Masadikov ta’kidlashicha, turli hisob-kitoblarga qaraganda Afg‘on-Pokiston hududida 2 mingdan 8 minggacha "ID" jangarilar bor. Uning taxminiga ko‘ra, bu barcha kuchlar Markaziy Osiyoga yuborilishi ehtimoldan uzoq, biroq bunday vaziyatni rivojlanishini butunlay inkor etib bo‘lmaydi.

"Afg‘on-o‘zbek chegarasi juda jiddiy himoyalangan, turli tuzilmalar tomonidan bu chegarani kesib o‘tishga harakatlar bo‘lgan, biroq O‘zbekiston kuchlari muvafaqqiyatli qaytarishdi. Turkman-afg‘on chegarasi deyarli ochiq. Biroq turkman tomoni chegarani o‘tmoqchi bo‘lganlar bilan kelishishni lozim deb topadi. Afg‘on-tojik chegara tog‘li bo‘lgani uchun vaziyat qiyin, shuning uchun chegarani kesib o‘tish holatlari davom etib turibti. Shuningdek korrupsiya tufayli", — dedi ekspert.

Perviy zamestitel predsedatelya Senata Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Sodiq Safoyev: terrorchilar yoshi tobora yosharmoqda

Masadikov bir holatni keltirib o‘tdi, xususan bir necha yil avval bitta instruktor noqonuniy ravishda Pokistondan Afg‘oniston va Tojikiston orqali Qirg‘izistonga kelib, bu yerda muzokara o‘tkazgan va ortga qaytib ketgan. Buning uchun u atigi bir ming dollar to‘ladi.

"Shuning uchun davlatlarimiz yetakchilari kuchlarni birlashtirish uchun mutasaddi idoralariga topshiriq berishlari kerak. Hozir tarmoq organlarida hattoki axborot almashinuvida qiyinchiliklar mavjud", — deb qo‘shimcha qildi u.

Qanday qarorga kelishdi?

Ishtirokchilar mintaqada xavfsizlikni ta’minlashda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlari kollektiv sa’y-harakatlarining ahamiyatini yana bir bor tasdiqlab, bunda ODKBning asosiy rolini tan olishdi.

Ular Markaziy Osiyoda terrorlik xavf ortganligini ta’kidlab, terrorchilikka qarshi kurash davlat tuzilmalarining harakatlarini muvofiqlashtirishga chaqirdilar.

Forum tashkilotchilari — Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi, "Pikir" mintaqaviy ekspertlar klubi, "Alfa" terrorchilikka qarshi kurash xalqaro faxriylar uyushmasi va "Yevroosiyoliklar- yangi to‘lqin" jamg‘armasi.

Yangiliklar lentasi
0